O’q otar qurollardan yaralanganda ichki a’zo kasalliklari. 302-a guruh talabasi

Download 1.32 Mb.
bet4/7
Sana11.03.2023
Hajmi1.32 Mb.
#1261124
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
AbuBakr xdt

Gemostatik zotiljam mikrosirkulyatsiyaning mahalliy buzilishidan, gemostaz buzilishidan va bemorni uzoq muddat harakatsiz holatda bo'lishida o'pkaning himoya xususiyatlari pasayishidan, o'pkada ventilyatsiya buzilishidan kelib chiqadi.

Atelektatik zotiljam patogenezi bo'yicha aspiratsion zotiljamga o'xshash, bronxlar obstruksiyasi natijasida oraliq to'qimalar jarayonga qo'shilib atelektazlar hosil qiladi. Mayda atelektazlar fizikal aniqlanmaydi. Yirik atelektazlarda o'tkir nafas yetishmovchiligi rivojlanishi mumkin. Undan keyin yirik o'choqli quyma zotiljam rivojlanadi.

Toksiko - septik zotiljam infeksiyani gematogen yo'l bilan kiritilishidan rivojlanib, yiringli (septiko - piyemik) metastazlanishning turlaridan biridir Yaralanishli sepsis a'zolar birining shikastlanish belgilari sifatida rivojlanadi. Mayda va ko'pgina o'choqlar bir - biriga quyilishi natijasida xarakterli o'pka abssesi klinik belgilari rivojlanadi. O'q otar qurollardan yaralanganlarda yurak - tomir tizimidagi asoratlar kuzatilish soni bo'yicha ikkinchi o'rinni egallaydi.

Yuqorida ko'rib chiqilgan tasnifga asosan birlamchi xususan jarohatlanishli o'zgarishlarga kiradi:

• Yurak yaralanishlarining bevosita oqibatlari, uning mexanik shikastlanishlari (stenokardiya, miokard infarkti, perikardit, jarohatlanishli yurak illatlari).

Ikkilamchi jarohatlanishdan keyingi kasalliklar qatoriga jarohatdan keyingi ilk bor paydo bo'luvchi va u bilan patogenetik bilvosita bog'liq bo'lgan o'zgarishlar (gipertenziv sindrom, miokardiodistrofiya, funksional koronar o'zgarishlar) yallig'lanishli jarayonlar - miokardit, endokardit, perikardit va h.k.) jarohatlanishgacha bo'lgan kasalliklar - surunkali yurak kasalliklari kechishi jarohatdan so'ng o'zgarmaydi yoki qo'zg’aladi.

Download 1.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7

Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling