Oq so‘yloq qissa g ‘afurG‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi
«La ’nati bo ‘ri hech narsa qilmay qo ‘ydi. Suv ham ichmayapti, juda
Download 40.05 Kb. Pdf ko'rish
|
Jek London. Oq so\'yloq (qissa)
«La ’nati bo ‘ri hech narsa qilmay qo ‘ydi. Suv ham ichmayapti, juda
shashti past. Itlar unga y o ‘l bermay qo'yishdi. Sizni qayerga ketganin- gizni bilgisi kelyapti, men unga tushuntirib berolmayman. 0 ‘lib qolmasa deb qo'rqaman». Mett aldamayotgan edi. U nihoyatdaezilib ketgan, hech narsa yemas, o'ziga tashlanib qolgan itlarga qarshilik ko'rsatm asdi. K un-uzzukun ham m a narsani unutib pechka yonida yotar, ovqatga qayrilib qaram as, M ett bilan ishi bo'lm as, yotgani-yotgan edi. M ett uni erkalashga urinib ko'rdi, baqirib ko'rdi — foydasi bo'lm adi. Oq So'yloq xira tortgan ko'zlarini ochib qarar, so'ng yana shilqillab, boshini old panjalariga qo'yib olardi. Bir kuni kechqurun Mett stolda kitob o'qib o 'tira r ekan, birdan Oq So'yloqning zorlanib g'ingshigani diqqatini bo'ldi. Oq So'yloq quloq- larini ding qilib, eshikka qadalib qoldi. Bir daqiqa o 'tar-o 'tm as M ett qadam tovushlarini ilg'adi, eshik ochilib U idon Skott kirib keldi. U lar quchoqlashib salomlashishdi. Keyin Skott atrofga alangladi: — Qani bo'ri! — deb so'radi u hayajonlanib. Oq So'yloq pechkaning yonida turardi. U birdan o'zini otm adi, boshqa har qanday it shunday qilgan bo'lardi, balki xo'jayinidan ko'z uzmay turaverdi. — Ana xolos! — deya qichqirayozdi Mett. — Dumini likillayotibdimi?! Uidon Skott xona o'rtasiga chiqib Oq So'yloqni chaqirdi. Oq So'yloq unga o'zini otmadi lekin o'sha zahoti yoniga bordi. U qim tinib-tortinar, ko'zlarida yangi — g'ayrioddiy bir ifoda paydo bo'ldi, m ehr va sadoqat nurlari ila yoshlandi. — Siz yo'g'ingizda menga bir marta bo'lsin bunaqa qaramagandi, — dedi Mett. Uidon Skott uning gapini eshitmadi. Oq So'yloq qarshisida chordona qurib o'tirdi-da, quloqlarining orqasi, bo'yin-yelkalarini asta silab, erkalay boshladi, orqasiga beozorgina qoqib-qoqib qo'ydi. Bunga javoban Oq So'yloq ohista irillab qo'ydi. Ammo bu hali hammasi emas. O 'zidan ogoh qilayotgan tuyg'uning ayon bo'lishi uchun quvonch qay tariqa yordam berdiykin?! D a fa ta n Oq So'yloq bo'ynini ch o'zib boshini xo'jayinining quchog'iga yashirdi, bu ahvolda uning faqat ikkita qulog'i ko'rinardi. U endi qattiqroq irillar va xo'jayinining pinjiga tobora mah- kamroq suqilardi. Yigitlar ko'z urishtirib olishdi. Skottning ko'zlari charaqlardi. — Ana xolos! — deya xitob qildi lol qolgan Mett. So'ng so'zini davom ettirdi, — men doim aytganman, bu it emas, bo'ri deb. Bag'rin- gizga bosing yaxshilab endi. Uni sevish va ardoqlashga o'rgatgan xo'jayini kelib Oq So'yloq juda tez sog'aya boshladi. Kulbada u yana ikki kecha-yu ikki kunduz yotdi, so'ng peshayvonga chiqdi. Itlar uning jasoratini unutib yuborishgan, keyingi paytda ojiz va kasal ekanidan xabarlari bor edi — peshayvonga chiqdi deguncha har tom ondan unga qarab huriy boshlashdi. — Ana to 'p o lo n -u mana to'polon! — deya to'ng'illadi m am nun qiyofada Mett ostonada turib. — Ular bilan adi-badi aytishib o'tirm a, qashqir! Ularning bir dodini bergin. Qani, yana, yana!.. Oq So'yloq daldaga muhtoj emasdi. Suyukli xo'jayinining kelganini o‘zi kifoya. Rangin vajo'shqin hayot yanatom irlaridajo'sh ura boshladi. U jang chog'idagina zavq-shavqdan mast bo'lardi. Bu olishuvlarning hammasi bir xilda, g'anim larning mag'lubiyati va urra qochishlari bilan yakunlanardi. Itlar qorong'i tushgandan keyingina qaytib kelishar ham da itoat etishlarini bildirib qo'rqa-pisa zorlanib g'ingshir edilar. X o'jayinning pinjiga boshini suqib o 'z sadoqatini izhor etishni o'rgangan Oq So'yloq bundan buyon shu odatdan tez-tez foyda- lanadigan bo'ldi. Bu so'ngi chorasi edi, undan uyog'ini bilmasdi. Hammadan ham u boshini ehtiyot qilar, kimda kim teginsa chidab turolmasdi. Shimol o'lkasi shunday deb o'rgatgandi: tuzoqdan, ozor berish mumkin bo'lgan hamma narsadan saqlan, m ana shu narsa uning uchun qonun edi. Boshini asrash, boshini ehtiyot qilish — tabiatning asosiy talabi edi bu. Endi bo'lsa xo'jayinning pinjiga bosh suqar ekan Oq So'yloq o 'z ixtiyori bilan o'zini nochor ahvolga solardi. Shu orqali u xo'jayiniga cheksiz mehri va beminnat sadoqatini namoyish etar va bu b ilan g o 'y o : « O 'z im n i seni ix tiy o rin g g a to p s h ira y a p m a n . Xohlaganingni qil, ixtiyor o'zingda», der edi. K unlardan bir kun kechqurun yotishdan oldin, Skott M ett bilan kribbej o'ynab o'tirardi. — 0 ‘n besh-u ikki, o ‘n besh-u to ‘rt va yana ikki, — deya hisoblardi Mett. Shunda d a fa ta n tashqaridan birovning jonholatda qichqirgani va irillash eshitildi. U lar bir-biriga qarab qolishdi-da, so‘ng sakrab o'rnilaridan turib ketishdi. — Bo‘ri bitta-yarimtasini qopdi shekilli! — dedi M ett. Jon achchig‘ida chinqirgan ovozni eshitib ular tashqariga otilishdi. — Fonusni ola chiqing! — deya qichqirdi Skott yugurgancha peshay vonga chiqarkan. Mett fonusni ola uning ortidan yugurdi, fonus yoru- g'ida qorda yuz tuban yotgan kimsaga ko‘zi tushdi. 0 ‘sha odam Oq So'yloqning o 'tk ir tishlaridan himoya qilgandek yuz-ko'zini, boshini qo'llari bilan to'sib olgan edi. U shunday qilishga m ajbur edi, chunki Oq So'yloq g'azabdan quturib ketgan, qanday bo'lm asin notanish kishining kekirdagidan olishga zo'rberardi, uning ko'k paxmoq ko'ylagi, kamzulining yengi va ichki kiyimi parcha-parcha osilib yotar, g'ajib tashlagan qo'lidan tinmay qon oqardi. Skott bilan Mett buni ko'rgan zahotlari Oq So'yloqni bynidan tortib ajratib olishdi. Oq So'yloq irillab ularning qo'lidan chiqib ketishga zo'riqar, lekin xo'jayinini tishlamasdi, aksincha uning bitta baqirishidan darhol uni o'chdi. M ett o'sha kimsaning turishiga yordamlashib yubordi. O 'rnidan turayotganda u qo'lini tushirgan edi, Mett uning shumshuk basharasini ko'rib qichqirib yuborayozdi-da, ortiga tisarildi. Bu X ushro'y Smitt edi. U chiroq nuridan ko'zlari qisilib atrofga alanglardi. Oq So'yloqni ko'rib, o'takasi yorilganidan uning aft-basharasi qiyshayib ketdi. Shu choq Mett qorda nimadir yotganini ko'rib qoldi. Fonusni yaqin- lashtirib etigining tum shug'i bilan zanjir va yo'g'on tayoqni tepib qor ichidan chiqardi. Uidon Skott tushunarli, degandek boshini sarak-sarak qildi. Birontasi churq etmasdi. Mett Xushro'y Smitning yelkasidan ushlab o ‘girdi-da ketiga qarab bir tepdi. X ushro'y Smit orqa-oldiga qaramay qochdi. Xo'jayini Oq So'yloqni silab-siypab o'zicha tushuntirardi: — Seni olib ketmoqchi bo'ldimi, a? Sen bunga yo'l qo'ymagansan, trimi?! Shunaqa gaplar, bu showoz chuchvarani xom sanagan ekan-da! — Jon-poni chiqib ketgan bo'lsa kerak, o'ziyam, — deya iljayib qo'ydi M ett. Oq So'yloq hamon irillashdan to'xtam asdi, biroq, sekin-asta hur- paygan junlari tekis bo'lib yoyildi va g'azabnok irillash q a’rida eshitil- may qolgan beozor ohanglar yanayam tiniqlashib, tobora balandroq eshitila boshladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling