davrasiga putur yetgan, endi yo'l ochiq — b em alol gulxan halqasiga
kirish m um kin edi. A yni ch og'd a alohid a-aloh id a gulxanchalar hosil
b o ‘lgan, bu gulxanchalar orasidagi y o ‘l tobora kengayib, gulxanchalar
esa kichrayib borardi.
— Ana endi m eni yengishingiz m um kin, — deb g'uldiradi G enri. —
Lekin m enga baribir, uxlagim kelyapti...
U ko‘zini ochganda qarshisida ikki gulxan orasida o ‘ziga tikilib
turgan b o ‘rini k o ‘rdi.
Oradan bir necha daqiqa o ‘tgach, (uning nazarida bir n ech a soat
o ‘tgandek edi) u boshini yana ko'tardi, atrofida qandaydir o ‘zgarish
yuz berganga o ‘xshardi — bu shunchalik aql bovar qilm as ediki, u
birdan hushyor tortdi. Darhaqiqat, nim adir yuz bergan edi. D astlab u
buning nima ekanligini anglolm adi. Birozdan s o ‘ng fahmladi: bo'rilar
g'oyib b o ‘lishgan ekan. Qordagi izlarga qarab bo'rilarning qanchalar
yaqin kelganini bilsa bo'lardi.
U yqu zo'r kelib G enri yana pinakka ketdi, lekin nogahon ch o 'ch ib
uyg'ondi.
Allaqaydan odam lar o vo zi, chanalarning g'irchillagani, itlarning
bezovtalanib g'ingshigani eshitildi. Daryo tom ond an to'rt ch og'li ch an a
kelib qarorgoh oldida to'xtadi. Bir necha kishi o'chayozgan gulxan
orasida tirishib yotgan G enrini o'rab olishdi. U n i hushiga keltirish uchun
yelkasidan olib siltashdi. G enri mast kishidek ularga m a'nosiz qarar,
uyqusirab g'o'ldirardi:
— Qizg'ish urg'ochi bo'ri... Itlarning yoniga kelardi... Dastlab itlarning
ovqatini paqqos tushirdi... keyin o'zlarini. Oxiri Billni ham ...
— Lord Alfred qani? — deya qichqirdi kelganlardan biri G enrini
siltab.
Genri bazo'r bosh chayqadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |