— U n g a te g m a d i... A lfred an avi to m o n d a ... oxirgi to 'x ta g a n
yerim izda... daraxtda.
— O'ldimi?
— Ha. Tobutda, — dedi G enri.
U tepasida turgan shilqim kishidan xalos bo'lish uchun zarda bilan
yelkasini siltadi.
— M eni o 'z holim ga q o'ying... m azam yo'q ... K eyin... T uningiz
xayrli bo'lsin...
G enrining kipriklari pirpiradi va ko'zi yumulib boshi shilqillab tushdi.
U n i choyshabga yotqizganlarida ayoz sukunati qo'ynida baralla xurrak
otgani eshitildi.
Zum o'tm ay, bu xurrakka boshqa tovushlar, hozirgina sillasi qurigan
o d a m d a n v o z k ech ib o 'z g a o 'lk a ortid an quvib borayotgan o c h
bo'rilarning uzoqdagi uvillashi qo'shilib ketdi.
IKKINCHI QISM
Birinchi bob
JANG
Odam larning ovozi bilan chanaga qo'shilgan itlar g ‘ingshiganini
eng a w a l eshitgan urg'ochi b o ‘ri birinchi bo'lib sillasi qurib gulxan
o'rtasida o'tirgan odam dan nari ketdi. N aqd o'ljani tashlab qochishga
ko'zlari qiymagan boshqa bo'rilar qulog'ini ding qilib atrofga quloq
soldi, keyin ular ham noiloj urg'ochi bo'ri ortidan ketishdi.
Eng oldinda bo'rilar to'dasining sardori — bahaybat kulrang bo'ri
yelib borardi.
Boshqa bo'rilar ilgarilab o'zib ketishga botinganda ularga tahdidona
irillab tirqiratgan ham , qor bosgan sayhonlikda hovliq m ay yo'rtib
borayotgan urg'ochi bo'ri ortidan ergashib borishga boshqalarni majbur
qilayotgan ham ana shu kulrang bo'ri edi. U rg'ochi bo'ri faqat bitta
o 'zin in g haq-huquqi bordek, uning yoniga o'tib oldi-da bu yog'iga
to'dadan aslo chetlashm adi. U tasodifan ilgarilab ketsa sardor irillab
Do'stlaringiz bilan baham: |