Oq terakami ko’k terak


Download 23.51 Kb.
Sana13.02.2023
Hajmi23.51 Kb.
#1194812
Bog'liq
MUSIQA DARS ISHLANMA

O’qituvchi:


Assolomu aleykum xurmatli mehmonlar ustozlar, ustozlar, qadrli ota-onalar men va mening o’quvchilarim sizlarni “Sinflar aro musiqali kecha” deb nomlangan tadbirimizga hush kelibsiz deymiz. Ushbu tadbirimizda 1 – 2 – 3 sinf o’quvchilari o’zlarini musiqaga bolgan mehrini, qobilyatlarini namoish etadilar.
O’quvchilar “Barkamol avlod” deb nomlangan qo’shiq sadolari ostida valsga tushib kirib keladilar. O’bekiston Respublikasi Davlat madhiyasi yangraydi.
1-sinf o’quvchilari ijrosida “Oq terakmi ko’k terak” deb nomlangan musiqali o’yin.
Oq terakami ko’k terak
Bizdan sizga kim kerak?
O’qishi, ishi a’lo,
G’ayratli chaqqon dono.
Kattalarning dasyori
Kichiklarning dasyori
Odob, axloqda o’rnak
Quvnoq bolalar kerak,
O

q terakmi ko’k terak

Bizdan sizga kim kerak?
Quvnoq bolalar kerak
Inoq bolalar kerak.

  1. o’quvchi. Qo’shiq aytganda so’zlarning aniq va tushunarli bo’lishiga e’tibor qilamiz. Musiqa tovushlari nota bilan yoziladi. Notalar yoziladigan beshta chiziqqa “Nota yo’li” deyiladi. Bu nota yo’liga har safar nota yozishdan avval “Sripka kaliti” qo’yiladi.

  2. o’quvchi. Skripka kaliti obrazida nomoyon bo’ladi.

Men skripka kalitiman, notalarning onasi.
Men nota yolining ikkinchi chizig’ini qamrab olaman.
Ikkinchi chiziqqa “sol” tovushi yoziladi.
Shuning uchun men “sol” kaliti deb ham nomlanaman.
Shundan so’ng.
2- sinf o’quvchilari “Kitobim qo’limda” deb nomlangan qo’shiqni ijro etadi.
Kitobim qo’limda, qaranglar, qaranglar.
O’qisam so’zlari tilimda jaranglar, jaranglar.
Kitobim qo’limda, ma’nosi ko’nglimda
A, a, a, a.

Kitobim ajoyib, juda ko’p she’ri bor.

Eng yaxshi odablar, yozilgan yeri bor- she’ri bor
Kitobim qo’limda, ma’nosi ko’nglimda.


  1. sinf yigitlari “ Qari navo” o’zbek halq kuyiga raqs ijro etishadi.

3- sinf o’quvchilari. Xo’r jamoasi bo’lib “O’zbekiston kemasi” deb qo’shiqni ijro etadilar.
I
G ’unchadur orzularim,
Bir kun gulday ochilar.
Yo’llarimda yulduzlar.
Dasta gulday sochilar
Sochilar (o), sochilar (o),dasta gulday sochilar.
II
Mening orzyim nima?
Yashirmayman aytaman:
Yasasam uchar kema….
Oyga borib qaytaman.
III
Kashfiyotchi egasi
Raketaga qo’yar nom.
O’bekiston kemasi-
Johonga aytar salom!
2-sinf o’quvchi qizlari ijrosida “ Xorazm lazgi” xalqkuyiga raqs.
1-sinflar ijrosida “Ayiqpolvonlar bog’chasi” qo’shig’iga sahna ko’rinish.
I
Bizning o’rmon bog’chamiz,
Daraxtzoru keng o’tloq.
Qo’l ushlashib barchamiz,
Qo’shiq kuylaymiz quvnoq.

g’u-g’u g’u-g’u - g’u.
g’u-g’u g’u-g’u - g’u.
II
Ayni peshin chog’ida,
O’rmonning quchog’da.
O’tirvolib to’nkaga,
Asal qo’yib o’rtaga.
Mazza qilib yalaymiz,
Turib yana o’ynaymiz,
g’u-g’u g’u-g’u - g’u,
g’u-g’u g’u-g’u - g’u.
3 – sinf o’quvchilari. “Farg’onacha” o’zbek xalq kuyiga mos ritmik harakatlar bajarish.
2 – sinf o’quvchilari ijrosida. “Qadim Turon” qo’shig’I ijro etiladi.
I
Uch Humo qush,
Parvozi xush.
Osmonimda,
Makonimda.
Naqorat.
Keng Turkiston,
Menga makon.
El qadrdon,
O’zbekiston.
II
Samosi sof,
Chaqnar oftob.
Bag’ri kengdir.

Do’sti tengdir.


Naqorat.
Keng Turkiston,
Menga makon.
El qadrdon,
O’zbekiston.
III
Aytar chindan,
Baxtim sendan.
Sen doimo,
Bor bo’l, Humo!
Naqorat.
Keng Turkiston,
Menga makon.
El qadrdon,
O’zbekiston.
O’qituvchi: Aziz mehmonlar! Mana bugungi ajoyib “Sinflar aro musiqali kecha ” deb nomlangan tadbirimiz ham nihoyasiga yetdi. Xushnud kayfiyat ila barchangizga Sog’lik – omonlik tilayman. E’tiboringiz uchun rahmat.


Download 23.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling