4.5.Suv omborlari tubida cho'kkan loyqa oqiziqlar hajmini aniqlash.
Har qanday suv omboridan foydalanish muddati unga kelib quyelladigan loyqa oqiziqlar miqdori va hajmiga bog'liq, Yuqorida bajarilgan hisoblashlar natijanida shu narsa ma'lum bo'ldiki, Kattaqo'rg'on suv omborida 1986 yildan to shu kungacha cho'kkan loyqa oqiziqlar miqdori 28,48*10" tonnaga teng bo'lgan. Loyqa oqiziqlarning ushbu massasi qancha hajmni egallashi quyidagi ifoda bilan aniqlanadi: Vr - Weho'kma Bu yerda; Vu -suv omborda cho'kib qolgan loyqa oqiziqlar hajmi; Weho'kma -loyqa oqiziqlar massasi. Yuqoridagi (4.4) ifodadagi Va loyqa oqiziqlar zichligini ifodalaydi.Uning qlymati turli suv omborlarda turlicha bo'ladi va bu o'zgarish tog' jinslarining xususiyatlari bilan aniqlanadi [33]. Kattaqo'rg'on suv omborida loyqa oqiziqlar zichligining o'rtacha qiymati 1,38 t/m' ga teng deb oldik. Bu qiymatni 1985 yilda A.M.Nikitinning tadqiqodi natijasida aniqlangan [18]. Agar yuqorida keltirilgan qiymatlarni hisobga olib, ya'ni loyqa oqiziqlar zichligining o'rtacha qiymati 1,38 t/m' ga teng deb qabul qilsak, suv omborida cho'kib qolgan loyqa oqiziqlar hajmi quyidagiga teng
W 28,48 10°7 - 20,06-10° м bo'ladi: V Yr: 1,38 m/м?
Demak, Kattaqo'rg'on suv omboridan 1986-2010 yillar davomida foydalanish natijasida uning hajmi loyqa oqiziqlar cho'kishi hisobiga 20,06 mln m ga qisqargan. Bu raqam suv omborning to'liq hajmiga nisbatan 2,5 % ni tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |