Oqdoryo tuman moliya bo’limi faoliyati jarayonining tashkil etilishi
Bo'lim maqsadi quyidagilardan iborat
Download 24.86 Kb.
|
hisobot moliya bo\'limi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Moliya-iqtisod bolimi vazifalari
Bo'lim maqsadi quyidagilardan iborat:
Filialning moliyaviy va iqtisodiy faoliyatini rejalashtirish va tashkil etish; Filialning byudjet, byudjetdan tashqari va mahsus mablag’lari bo'yicha yillik daromadlar va harajatlar smetalari loyihalarini tuzish va tasdiqlatish; Filialning buhgalteriya va boshqa tuzilmalari bilan birgalikda smeta bo'yicha harajatlarni to'g’ri va maqsadli ishlatilishini ta'minlash, mehnat resursalari hamda Filial uchun byudjetdan va byudjetdan tashqari moliyalashtirish manbalaridan ajratilgan moliyaviy mablag’larni samarali taqsimlash va boshqalar. Moliya-iqtisod bo'limi vazifalari: Filial faoliyatini rejalashtirish va moliyalashtirish tizimini takomillashtirish bo'yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish; Filial talabalari uchun stipendiyalarni, hodimlar va professor-o'qituvchilar mehnatiga haq to'lashni o'z vaqtida amalga oshirish; Tasdiqlangan daromadlar va harajatlar smetalari bo'yicha mablag’larni o'z vaqtida kelib tushishi hamda maqsadli foydalanilishi ustidan qat'iy nazorat yuritish; O'rnatilgan tartibda oylik, choraklik va yillik hisobotlarni o'z vaqtida sifatli tayyorlash hamda taqdim etib borish va boshqalar. Moliya-iqtisod bo'limi funkciyalari quyidagilardan iborat: O'zbekiston Respublikasi oliy va o'rta mahsus ta'lim vazirligiga taqdim etish uchun tarkibiy tuzilmalari murojatlari asosida Filial faoliyatini moliyalashtirish yillik daromadlar va harajatlar smetalari loyihalarini shakllantirish; Byudjet tasnifnomasi bo'yicha daromadlari va harajatlari moddalari bo'yicha Filial daromadlari va harajatlari loyihasini ishlab chiqish va tasdiqlash uchun O'zbekiston Respublikasi oliy va o'rta mahsus ta'lim vazirligiga taqdim etish; Bir talabani o'qitish uchun shartnoma qiymati miqdorini ishlab chiqish, aniqlash va kelishish hamda tasdiqlash uchun «O'zbekneftegaz» akciyadorlik jamiyatiga va O'zbekiston Respublikasi oliy va o'rta mahsus ta'lim vazirligiga taqdim etish; To'lov-shartnoma asosida o'qiyotgan talabalarni o'qitish bo'yicha kelishilgan daromadlar va harajatlar loyihasini ishlab chiqish va tasdiqlash uchun «O'zbekneftegaz» akciyadorlik jamiyatiga va O'zbekiston Respublikasi oliy va o'rta mahsus ta'lim vazirligiga taqdim etish va boshqalar. Download 24.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling