Oqdoryo tuman moliya bo’limi faoliyati jarayonining tashkil etilishi


Oqdoryo tuman moliya bo’limi faoliyati jarayonining tashkil etilishi


Download 24.86 Kb.
bet2/7
Sana01.03.2023
Hajmi24.86 Kb.
#1239364
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
hisobot moliya bo\'limi

1.Oqdoryo tuman moliya bo’limi faoliyati jarayonining tashkil etilishi
Respublika moliya organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining soliq-budjet siyosatiga qat’iy rioya etilishini ta’minlash, iqtisodiyotning real sektori tarmoqlarini hamda ijtimoiy sohani barqaror, mutanosib va jadal rivojlantirish, mahalliy budjetlarning daromad bazasini mustahkamlash, budjet mablag‘laridan samarali foydalanishga yo‘naltirilgan vazifalari, funksiyalari, ish shakllari va uslublarini qayta ko‘rib chiqish maqsadida:

  1. Quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda uning bo‘linmalari faoliyatining ustuvor vazifalari hamda yo‘nalishlari etib belgilansin:

iqtisodiy o‘sishning barqaror yuqori sur’atlarini, iqtisodiyot va ijtimoiy sohaning moliyaviy mutanosibligini ta’minlashda, davlatning ijtimoiy majburiyatlarini to‘liq va o‘z vaqtida bajarishda, yirik investitsiya loyihalarini moliyalashtirish va mamlakatning mudofaa qobiliyatini mustahkamlashda moliya organlarining rolini oshirishga yo‘naltirilgan yagona davlat soliq-budjet siyosatini amalga oshirish;
iqtisodiyot va aholiga soliq yukini kamaytirish, ishlab chiqarish samaradorligini ta’minlash, mineral-xomashyo, er-suv hamda boshqa resurslar va uskunalardan oqilona foydalanishda soliq hamda boshqa majburiy to‘lovlarning rag‘batlantiruvchi rolini kuchaytirish yo‘li bilan soliq tizimini izchil takomillashtirib borish, soliq ma’muriyatchiligi samaradorligini oshirish, soliqlar hamda boshqa majburiy to‘lovlarni hisoblash va to‘lash tartibini soddalashtirish, shuningdek, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning to‘liq yig‘ilishini ta’minlash maqsadida ularning stavkalarini optimallashtirish;
budjetlararo munosabatlarni tubdan takomillashtirish, Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining daromad bazasini barcha choralar bilan kengaytirish, viloyatlar va tumanlarni subvensiyadan chiqarib, ularning mutanosibligi va o‘zini o‘zi qoplay olishini ta’minlash, hududlar hokimliklari bilan birgalikda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahrini kompleks va intensiv rivojlantirish asosida Davlat budjetiga qo‘shimcha manbalar jalb etish yuzasidan tizimli ishlarni amalga oshirish, tabiiy va iqtisodiy salohiyatdan yanada to‘liq va samarali foydalanish, hududlar iqtisodiyotini modernizatsiyalash va diversifikatsiyalash;…

Download 24.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling