Oqimli chiziqni tashkil etish


Oqimli liniyaning asosiy parametrlarini aniqlash


Download 25.42 Kb.
bet2/2
Sana08.06.2023
Hajmi25.42 Kb.
#1463719
1   2
Bog'liq
dilshod atrabotka

Oqimli liniyaning asosiy parametrlarini aniqlash. Mahsulot chiqarish takti — muayyan nomdagi, o’lchamli hamda bajarilgan mahsulot yoki zagotovkalar vaqti-vaqti bilan chiqarib turiladigan vaqt intervali (GOST 3.1109-82). Mahsulot chiqarish takti lokomotiv ta’mirlash korxonasi barcha ishlab chiqarish bo’g’inlarini yaxlit qilib bog’lab turadigan umumiy parametr hisoblanadi.
Mahsulot chiqarishning asosiy, xususiy va guruhli taktlarini farqlaydilar.
Mahsulot chiqarishning asosiy takti mazkur korxona etakchi sexi asosiy ob’yektlarining birin-ketin mahsulot chiqarishlari orasidagi vaqt intervalini tavsiflaydi:
T=F/P,
bu yerda P – muayyan davr (yil, chorak, oy, dekada, sutka, smena) mobaynida chiqarilgan mahsulot hajmi.
Oqimli liniyaning barcha pozitsiyalari o’zaro uyg’un holda ishlashini ta’minlash uchun mahsulot chiqarish takti ishchi smenasi davomiyligiga teng yoki unga bo’linadigan bo’lib, bunda har bir ishchi o’z ish joyida umumiy ishning tugallangan qismini bajarishi lozim.
Ishlab chiqarish sikli katta qiymatga va teplovoz sexida mahsulot chiqarish kichik taktga ega bo’lganida oqim pozitsiyalari ko’p sonli bo’lib, bu to’g’ri yo’l bo’ylab siljish jarayoni sharti hamda vertikal-yopiq konveyerni qo’llash tufayli sex binosining uzunlashib ketishiga olib keladi. Bu holda mahsulot chiqarishning berilgan hajmini ta’minlash va oqimli liniyani uzunligi nisbatan qisqa joyda joylashtirish uchun parallel (bir xil) liniyalar o’rnatiladi. Bu holda
T=FKp/P,
bu yerda Kp – parallel oqimli liniyalar soni.
Xususiy takt Tch asosiy ob’yektning alohida yig’uv birliklarini chiqarayotgan oqimli liniyalar ishini tavsiflaydi:
T=F/Pr=T/r,
bu yerda r – asosiy ob’yektdagi bir nomli yig’uv birliklari soni.
Liniya korxonalari uchun yig’uv birliklarini ta’mirlashda (lokomotiv depolari) xususiy takt
Tch=F/(Po+Pl),
bu yerda Po, Pl – mahsulot ishlab chiqarilishi – mos ravishda asosiy ishlab chiqarish va liniya korxonalari uchun.
Guruhli takt Tg konstruktiv-texnologik belgilari yoki ta’mirlash turlari bo’yicha yaqin bo’lgan ob’yektlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashgan oqimli liniyalarning bir maromli ishini tavsiflaydi:
Tg=F/Ng,
bu yerda Ng – ishlab chiqarilayotgan mahsulot hajmidagi guruhlar soni. Guruhdagi ob’yektlar soni nisbati ob’yektda ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi nisbatiga muvofiq bo’lishi kerak.
Misol. Elektr mashinalarini ta’mirlashga ixtisoslashgan korxona tomonidan chiqarilgan mahsulot guruhli takti aniqlansin. Korxona TED teplovozlarining KR-1 (PKR-1=10000 dona) va KR-2 (PKR-2 = 15000 dona) sikllari bo’yicha kapital ta’mirini amalga oshiradi. Ikki smenada ishlaganda ish vaqtining yillik fondi F=4000 s.
Yechim , ya’ni guruh KR-1 bo’yicha ikki TED va uchta KR-2 dan iborat ekan.
guruh
Ishlab chiqarilgan mahsulot maromi (ritmi) — bir vaqt birligi davomida ishlab chiqarilayotgan muayyan nomdagi o’lchamli va bajarilgan mahsulot yoki zagotovkalar soni (GOST 3.1109-82):
R=F/P.
Marom (ritm) – ishlab chiqarilgan mahsulot taktiga teskari qiymat:
R=1/T.
S pozitsiyalar soni hisobi ish joylarining tegishli operatsiya bilan bandligi bo’yicha yuritiladi:
C=tsht/T
tsht T nosinxron jarayonida S qiymati kasr son bo’lishi mumkin. Uni butun songa qadar katta tomonga yaxlitlanadi. tsht > T bo’lganida ish joylari soni operatsiyalar sonidan ko’proq bo’ladi. tsht < T bo’lganida esa ish joylari soni operatsiyalar sonidan ko’p bo’lmay, alohida operatsiyalar bo’yicha ish joylarining ish bilan etarli ta’minlanmaganligi ma’lum bo’ladi.
Oqimli liniyani tashkil etish ish joylari butun liniya bo’ylab yalpi ishlab chiqarish uchun o’rtacha S 0,85 hamda seriyali ishlab chiqarish uchun S ≥ 0,75 darajada ta’minlanganida maqsadga muvofiq hisoblanadi. Ilg’or lokomotiv depolarida =0,7...0,8.
Murakkab mahsulotlarni ta’mirlash oqimli liniyalardagi pozitsiyalar soni quyidagilarga bog’liq:
• ta’mirda turib qolish vaqti;
• mahsulot ishlab chiqarish takti;
• uskuna va jihozlar bo’yicha bajarilayotgan ishlar qatorining texnologik nomuvofiqligi.
Taxminan
N=Tts/T.
Ishlab chiqarish sikli ilg’or depo va zavodlar tajribasi asosida, ya’ni imkon qadar progressiv qilib qabul qilinadi.
Pozitsiyalar soni uzil-kesil ishlab chiqarish jarayonini tashkillashtirish grafigiga binoan aniqlanadi.
Oqimli liniyani ta’mirlash fronti – unda bir vaqtning o’zida ta’mirlanayotgan ob’yektlar soni.
Download 25.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling