124.
Sut tarkibidagi kazein oqsili tufayli oq rangga ega. Kazein sut tarkibida bo'la turib mitsell
deb atalgan sharsimon zarrachalar hosil qiladi. Xuddi shu mitsell zarrachalari sutga oq rang baxsh
etadi.
125.
Odam umri davomida taxminan 60 tonna suv ichadi. Endi qarang, olimlarning hisob-
kitobiga ko'ra, 1 kilo kartoshka yetishtirish uchun 100 litr, 1 kilo guruch yetishtirish uchun 4000
litr, bir dona gamburgerni tayyor holatga keltirish uchun 2400 litr suv zarur bo'larkan.
126.
Bolg'abosh akulalar to'da-to'da bo'lib yashaydi. Bitta to'da 500 ta akuladan iborat bo'lib,
ular yo'lida uchragan jonzotni harakatlangan holatda yemishga aylantira boradi.
127.
Malina gullari pastga qaragan bo'ladi. Bu asalarilarga chang yig'ish uchun qulay imkoniyat
yaratadi. Bir gektar maydonda yetishtirilgan malina nektaridan 70 kilogramm asal olinadi.
128.
Jirafaning tishlari faqat pastki jag'ida joylashgan. Dunyodagi eng yirik hisoblangan ko'k
kitning esa umuman tishi bo'lmaydi.
129.
Quritilgan smorodina yaproqlari ichketarga qarshi qabul qilingan antibiotik ta'sirini ikki
hissa oshiradi.
130.
Somali aholisi hayvon, parranda go'shti, baliq va tuxumni harom hisoblaydi. Shuning
uchun yuqorida sanab o'tilgan mahsulotlarni iste'mol qilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: