O‘qing va eslab qoling


Matnni o‘qing. Undagi asosiy g‘oyani ifodalab bering


Download 135 Kb.
bet3/5
Sana20.12.2022
Hajmi135 Kb.
#1037568
1   2   3   4   5

Matnni o‘qing. Undagi asosiy g‘oyani ifodalab bering.


Maktublarning tarixi ming yillar avvalgi davrlarga borib taqaladi. Xatlarning paydo bo‘lishi insonlar orasida axborot almashish ehtiyoji yuzaga kelishi bilan bog‘liq. Ilk maktublar asosan harbiy maqsadlarda jo‘natilib, qadimgi Assuriya, Eron va Misrda keng tarqalgan. U davrlarda piyoda yoki otliq xabarchi (chopar)lardan foydalanilgan bo‘lib, bugungi kunda ularni “kuryer” deb ataymiz. Masalan, Yunonistonda choparlar bir soatda taxminan 10 km masofani bosib o‘tishgan. Biroq, Qadimgi Rim maktublari tarixi eng mashhur va yuqori darajada tashkillashtirilgan edi. Yuliy Sezar tomonidan davlat pochtasi yaratilgan va xatlarni tashish tartibga solingan: yirik va mayda pochta


bekatlari qurilib, xat tashuvchilar ularda dam olib, otlarni almashtirish
imkoniyatidan foydalanganlar.
XVI–XVII asrlarda Yevropada haqiqiy pochta muassasalari vujudga kelgan. XIX
asrda temir yo‘llar va parovozlar paydo bo‘lgach, xatlarni tashish tezligi oshgan va uzoq mamlakatlar bilan xabarlashish imkoniyati yaratilgan.
Hozir xatlarning tarixi so‘nggi kunlarini boshidan kechirmoqda. Ko‘pchilik elektron xatlarga o‘tib olgan, uyali telefonlardan qisqa xabarlar yuborish ommalashib ketdi. Biroq elektron xat bilan qo‘lda ushlash va ko‘p yillar esdalik sifatida saqlash mumkin bo‘lgan xatlarning farqi katta. XXI sarda ham insonlar konvertdagi xatni o‘qish jarayonidagi quvonch tuyg‘ularini unutmaydilar, deb umid qilamiz.


Xizmat xatlarining matni imkon qadar qisqa bo‘lishi, shu bilan birga aniq va ravshan tushunilishi kerak. Ularning matnida ko‘chma ma’nodagi so‘z va iboralarni qo‘llamaslik tavsiya etiladi. Xizmat xatlarining asl nusxasi jo‘natilib, ikkinchi nusxasi muassasaning o‘zida saqlanadi. Da’vo xatlari uch nusxada tayyorlanib, 1-nusxasi aybdorga, 2-nusxasi da’vogarga beriladi, 3-nusxasi esa sud idoralariga topshiriladi.
Xizmat xatlarining turiga qarab ularni rasmiylashtirishda ba’zi farqlar bo‘ladi. Masalan, axborot va da’vo xatlariga ularning mazmunidan kelib chiqqan holda sarlavha qo‘yiladi. Ilova xat, iltimos xat, ba’zi kafolat xatlarining matnida adresatga uning ismi va otasining ismi bilan murojaat qilinadi. Murojaat “hurmatli”, “muhtaram” so‘zlaridan boshlanadi, “Siz” olmoshi bosh harf bilan yoziladi. Farmoyish xatlari bir necha rahbar, muassasa va bo‘linmalarga yo‘llanadi va ularning adresatlari odatda ko‘plik shaklida yoziladi.Xizmat xatlarida ularning mazmuniga ko‘ra turli jumlalar ishlatiladi. Chunonchi, ilova xatida “yo‘llaymiz”, “yo‘llanadi”, iltimos va so‘rov xatlarida “so‘raymiz”, “so‘raydi”, kafolat xatida “kafolat beradi”, “o‘z zimmasiga oladi”, tasdiq xatida “tasdiqlaymiz”, “oldik”, eslatma xatda “eslatib o‘tamiz”, “yana bir bor iltimos qilamiz” kabi so‘zlar qo‘llanadi.
Xizmat xatlari muassasa rahbari tomonidan imzolanadi. Rahbar bo‘lmagan hollarda shunday vakolatga ega bo‘lgan shaxs, ya’ni uning vazifasini bajaruvchi yoki o‘rinbosari, lavozimi aniq ko‘rsatilgan holda imzo chekadi.

    1. Download 135 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling