Iii bob. Xalqaro turizmning rivojlanish holati


Download 480.97 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/16
Sana17.06.2023
Hajmi480.97 Kb.
#1541390
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Xalqaro-turizm. Darslik 3-mavzu



29 
III Bob . XALQARO TURIZMNING RIVOJLANISH
HOLATI 
 
3. 1. Qadimgi (antik) davr turizmi 
3.2. Xalqaro turizmning boshlang‘ich davri 
3.3. Xalqaro turizmning rivojlanish davri 
3.4. Xalqaro ommaviy turizmning yuksalish davri 
3.1. Qadimgi (antik) davr turizmi 
 
Turizm yoki sayyohlikning ilk bor boshlanish davri qadim-qadimlarga borib 
taqaladi. Kishilarning bir joydan ikkinchi joyga o‘tishi yoki borishi ko‘p hollarda 
savdo-sotiq yumushlari, atrof-olamni ko‘ra-bilish istagi, hamma ishtirok etaoladigan 
o‘qish, diniy va dam olish omillari bilan bog‘langan. Qadimgi manbalarda 
yozilishicha bundan ikki ming yillar oldin (eramizga qadar) misrliklar hayotida 
sayyohlik ko‘ngil ochish va dam olishning odatdagi hodisasi bo‘lgan. 
Ma’lumotlarga ko‘ra, dunyoda eng qadimgi sayyohlik markazlaridan biri bu 
Tinch okean minatqasida joylashgan Okeaniya hududi bo‘lib hisoblanadi. U yerda 
yashovchi aholilar uncha katta bo‘lmagan oddiygina qayiqchalarda Janubiy sharqiy 
Osiyoning Mikroneziya va Markaziy (Tinch okeani) orollari, Tuamotu arxipelagi 
(orollar guruhi) ga sayohat qilishganlar. Eramizga qadar 500 yil oldin
polineziyaliklar Gavay orollari (Tinch okeani)ga 2 ming mill. masofagacha okeanda 
suzib borishganlar. Ular safar davomida quyosh, yulduzlar, bulutlar va qushlarning 
harakatidan foydalanib manzilga yetib olishganlar. Sayohat davomida ular uchun eng 
muhim muammo bu ichimlik suvi va oziq-ovqatlar hisoblangan. 
Qadimgi sayyohlikning eng rivojlangan markazlaridan biri O‘rta yer dengizi 
qirg‘oqlarida joylashgan Gresiya, Italiya, Fransiya, Ispaniya, Misr, Tunis kabi 
mamlakatlar bo‘lib hisoblanadi. Dengiz bo‘ylarida yashovchi aholilar savdo-sotiq, 
diniy safarlar, ilm olish, davolanish, yangi hududlarni kashf qilish maqsadida uzoq-
uzoq safarlarga dengiz orqali chiqishgan. Bu to‘g‘risida juda ko‘pgina ma’lumotlar 
mavjud bo‘lib ularning bir qismi hozirgi kungacha bizga yetib kelgan. Jumladan 
Gresiyada V asrda (eramizga qadar) Gerodot va IV asrda (eramizgacha) Pifey kabi 
olimlar boshqa mamlakatlarni o‘rganish uchun sayohatga borganlar.
Qadimgi grek tarixchisi Gerodot birgina Misrda bo‘lib qolmasdan, balki 
Sharqning ko‘pgina mamlakatlarida, jumladan Liviyadan tortib Vaviloniya, Assuriya, 
Kichik Osiyo, hatto Qora dengizning shimoliy sohillarida ham bo‘lishgan. U o‘zining 
sayohat taassurotlarini to‘qqiz tomlik «Tarix» nomli asarida tasvirlab bergan. 
Qadimgi Gresiyada sport o‘yinlari (Olimpiada)ning tashkil etilishi, unda 
sportchilar va sport ishqibozlarining turli mamlakatlardan kelib-ketishi sayyohlikning 
rivojlanishiga katta to‘rtki bo‘lgan.
Bundan 776 yil oldin (eramizga qadar) har yili Ellada (Gresiya)ga Olimpiada 
o‘yinlariga qatnashish va tomosha qilish maqsadida nafaqat Elladadan, hatto butun 
O‘rta Yer dengizi bo‘yi mamlakatlaridan minglab sport ishqibozlari, san’atni 
sevuvchi muxlislar yig‘ilishgan. Yirik maxsus sport inshootlarining keng ko‘lamda 
qurilishi o‘sha davrga ta’luqli xususiyatlardan biridir. Musobaqalarda turli xil sport 


30 
o‘yinlari o‘tkazilib, ishqibozlar olqishiga sazovar bo‘lingan, o‘z o‘rnida 
mehmonnovozlik yo‘lga qo‘yilgan. 
Qadimgi Xitoy ham o‘z davrida yuksak madaniyatli davlatlardan biri bo‘lgan. 
Xitoylik sayyohlar, olimlar, daryo, dengiz, tog‘lar to‘g‘risida juda ko‘plab geografik 
ma’lumotlar (qo‘lyozmalar)ni yozib qoldirgan. Xitoy elchisi Chjan San II asrda 
(eramizgacha) sayohatga chiqib juda katta amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan 
ma’lumotlarni to‘plab qoldirgan. Uning bosib o‘tgan safar yo‘llari keyinchalik Buyuk 
Ipak yo‘liga asos bo‘lgan. 
Marko Polo (1254-1323) yevropaliklardan birinchilardan bo‘lib Osiyoni 
o‘rgangan Venesialik (Italiya) sayyohdir. Uning otasi Nikkolo va amakisi Matteo 
savdo-sotiq bilan shug‘llanib, tasodifan Mo‘g‘uliston xoni Kublay (Chingizxonning 
o‘g‘li) ning qarorgohiga kelib qolishadi. Mo‘g‘ul xoni ularni o‘sha davrda Rim 
Papasiga missioner (yelib yugiruvchi) etib tayinlashni so‘raydi. 
1271 yilda Nikko va Matteo ikkinchi bor safarga chiqib, mo‘g‘ul tilini va 
mahalliy urf-odatlarni o‘rgangan Marko Poloni o‘zlari bilan birga olib ketishadi. 
Marko Polo xon iltifotiga sazovar bo‘ladi va uni o‘ziga yaqin olib mulozim etib 
tayinlaydi. Xon Marko Poloni o‘z hukmronligi ostidagi joylarda turli xil 
ma’lumotlarni to‘plashga da’vat etadi. U ana shu imkoniyatdan foydalanib mamlakat 
va xalqlar to‘g‘risida ko‘pgina ma’lumotlarni to‘playdi. 1292 yil mo‘g‘ul xoni 
uchchala sayyohlarga katta sovg‘a - salomlar berib ularni vataniga qaytaradi. 
Sayyohlar Tinch okean orqali Koxinxin, Sumatra, Seylon, Trapezud va 
Konstantinopol orqali 1295 yili Venesiyaga qaytib kelishadi va boyligi bilan yuqori 
martabaga erishadi. Keyinchalik Marko Polo u Venesiyada buyuk Kengash a’zosi 
lavozimiga ko‘tariladi. 1307 yilda esa qayta ishlangan safar ta’surotlarini bosib 
chiqaradi. U o‘z ta’surotlarida xitoyliklarning ixtirolari bilan qiziqib kompas, zabtlash 
taxtasi, veksellari bilan tanishganligini yozib qoldiradi. Marko Poloning sayohatlar 
to‘g‘risidagi birinchi kitobi 1861-1862 yillarda rus tilida bosilib chiqiladi. 
Taniqli arab sayohatchisi, olim va yozuvchi Ibn Batuta (Abu-Abdulla – 
Muhammad, ibn – Abdulla – el – Davati at-Tanji) asli Tanjeralik (Afrika) 1304 yilda 
tug‘ilib, 1368 (69) yilda vafot etgan. Birinchi bor u Afrikadagi Sahroi Kabr dashtini 
21 kunda savdo karvonlari bilan kezib o‘tadi. 1324 yilda u o‘zi tug‘ilib o‘sgan 
shahridan katta sayohatga chiqib Afrikaning shimoliy qismidagi mamlakatlarga, 
undan so‘ng Suriya, Eron, Arabiston, Anatoliya (Turkiya), Krim, Oltin O‘rda, 
Buxoro, Hindiston, Zond orollarigacha boradi va yana orqaga qaytib yo‘lda Ispaniya 
va Afrikaning ichki qismi Timbuktugacha yetib keladi. 
Ibn Batuta 29 yil davomida sayohatda bo‘lib, ko‘pgina mamlakatlar to‘g‘risida 
safar qo‘lyozmalarini yozib qoldirgan. Sayohat davomida ko‘rgan bilganlarini 
«Rixle» kabi bebaho geografik asarida yozgan. U o‘z asarida dunyo xalqlarining urf-
odatlari, turmush tarzlarini, kasb-korlarini ta’riflaydi. Ibn Batuta asari 1818 yilda 
lotin tiliga, 1829 yilda ingliz tiliga va 1841 yilda rus tiliga tarjima qilingan. 
Eramizning 
boshlanishiga 
qadar 
davlatlar 
to‘g‘risida 
geografik 
ma’lumotlarning to‘liq ta’riflanishi qadimgi Strabon (63 yil eramizga qadar – 20 yil 
yangi eramizda) va Klavdiy Ptolomey (90-168 yillar yangi erada) tomonidan bayon 
qilingan. 


31 
Qadimgi Rim imperiyasi turizm taraqqiyotiga juda katta hissa qo‘shgan 
mamlakat bo‘lib hisoblanadi. Bu yerda mustahkam imperiyaning tashkil etilishi, 
boyligi, mo‘l-ko‘lchilik, hududining kattaligi, dengiz sohilida joylashganligi kabi 
omillar turizmning rivojlanishi uchun zarurat hisoblangan. Rimliklar o‘sha davrda 
ajoyib yo‘llar tarmog‘ini qurishgan. Har kuni 100 mill masofagacha otda sayr qilish, 
ibodatxonalarni ziyorat qilish amallari bajarilgan. 
Rim imperiyasi gullab yashnagan davrda rimlik boy-badavlat kishilar 
tomonidan Gresiyaga sayohatlar uyushtirilishi o‘zlarining dunyoqarashlarini 
kengaytirish, 
bilimlarini 
oshirish 
zaruratidan 
kelib 
chiqqan. 
Keyinchalik 
fuqarolarning Gresiyaga tashrifi ko‘ngil ochar, sayr tomosha qilish harakteriga ega 
bo‘lgan. Mamlakat sayyohlarni o‘z festivllari, sport musobaqalari va boshqa xil 
o‘yin-kulgi, ko‘ngil ochar tomoshalari bilan o‘ziga jalb qila boshlagan. Boy-badavlat 
sayyohlar ko‘plab miqdorda ov qilish, dam olish, hordiq chiqarishni ko‘ngildagiday 
tashkil etishni talab qilaboshlaganlar. Ayniqsa Gresiya, Italiyaning issiq mineral 
shifobaxsh buloqlariga kelib davolanish jadallik bilan rivojlana borgan. Eramizga 
qadar I asrda Rim imperiyasi hududida shaharlarning tashqi qismida, katta karvon 
yo‘llari chetlarida, qaysikim davlat xizmatchilari va chopar (kurer)lar o‘tadigan 
joylarda bir kunlik otda yuradigan masofada joylashgan karvonsaroylar tashkil 
etilgan.
Biroq, keyinchalik Rim imperiyasining yemirilishi (eramizning I asrida) 
turizmning rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Bunga mamlakatda boy-badavlat 
sayyohatchilarning kamayishi, yo‘llarning yaroqsiz holatga kelib qolishi, bosqinchi 
to‘dalarning ko‘payishi, sayyohlar xavfsizligining ta’min etilmaganligi kabi bir qator 
omillar sabab bo‘lgan.
Aleksandr Makedonskiy (eramizgacha bo‘lgan 334 yil) hukmronligi davrida 
Turkiyadagi Efes shahri qadimgi (antik) davrda eng muhim savdo markazi va asosiy 
shaharlardan biri bo‘lib hisoblangan. Turistlar, akrobatlar, huqqavoz (jongler)lar, 
sehrgarlar, shahar ko‘chalarini to‘ldirib yurganlar. 
Yevropaliklarda sayyohlik salb yurishi harakati bilan boshlangan va ular 
muqaddas yer Iyerusalimni zabt etganlar. Yevropalik sayyohlar ritsarlar, savdogarlar 
bilan yonma-yon yurishib begona mamlakatlar boyliklarini talaganlar va 
territoriyalarni bosib olish maqsadida harakat qila boshlagan. Ular bilan birgalikda 
Sharqga tomon ruhoniylar va ziyoratchilar, son-sanoqsiz daydilar, beva-bechoralar 
ommaviy ravishda harakat qila boshlaganlar.
O‘z davrida imtiyozga ega bo‘lgan aholi vakillari shifobaxsh mineral suv 
manbalariga bora boshlaganlar. Biroq, safarning va sayohatning turli xil maqsadlariga 
qaramasdan ularning hammasi kishilar ongining ob’ektiv holatda geografik 
kengayishini ta’minlaydi. Ular tomondan dengiz, daryo, materiklar, davlatlarni aniq 
tasvirlash amalga oshirilgan. 
Qadimgi davrda turizmning rivojlanishi juda murakkab kechgan. Safar 
muddati ham o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘lgan. Kishilarning sayohatda yurish 
tezligi o‘rtacha soatiga 6 km. dan oshmagan. Bir kunlik bosib o‘tgan safarining 
umumiy masofasi esa 50-60 km atrofida bo‘lgan. Sayohatga chiqish imtiyozi va 
zarurati faqat savdogarlar, boy-badavlat kosib yoki mayda savdogarlar, dvoryanlar va 
aslzodalarga ta’luqli bo‘lgan. 


32 
Sayohatchilar safar davomida asosan ot ulovlardan (ot, tuya, eshak va 
boshqalar), qayiqlar va kemalardan foydalanishganlar. Ular sayohat davomida yakka 
holda yoki savdo karvonlariga qo‘shilib o‘z manzillariga yetib borishganlar. 
XV asr oxiri – XVII asr o‘rtalariga kelib Buyuk geografik kashfiyotlarning 
imkoniyatlari keng yaratildi.
XVI asrda juda ulkan Shimoliy Amerika quruqligi ispanlar tomonidan 
o‘rganildi. Ular kontinentni o‘rganib chiqishda asosan ot ulovlardan 
foydalanishganlar. Mamlakatlarni o‘rganib chiqishda piyoda va otda yurib, so‘ngra 
qayiqda suzib chiqqanlar. Yo‘llar qurib, ularda pochta kareta (arava) laridan 
foydalanishgan.
Russiya davlatida birinchi bor sayyohlik olamni bilish, savdo-sotiq, siyosiy va 
diniy maqsadlarni ko‘zlashdan kelib chiqqan. IX asrda rus knyajnasi Olga 
Vizantiyaga birinchi bor tashrif buyuradi. Tarixchi S.M.Solovev fikricha knyajnaning 
sayohat qilishi sabablari «dunyoning ajoyibotlarini ko‘rib qiziqish»dan iborat deb 
hisoblaydi. Russiyada ham asta-sekin haj safariga borib, ziyorat qilish rivojlana 
boshlaydi. «Horijiy» mamlakatlardagi asosiy haj safari markazlari bo‘lib Yaqin 
Sharqdagi Palastin, Iyerusalim, Afon tog‘i, rus yerlari hisoblangan – Sergiyev Posad, 
Optina sahrosi, Asosiy Sahro va boshqa ibodatxonalardir. 
1468 – 1474 yillarda tverlik savdogar Afanasiy Nikitin taniqli «Uch dengiz 
osha» sayohatini bajo keltirdi. Uning sayohatidan asosiy maqsadi russiyalik 
savdogarlar bozori doirasini kengaytirishdan iborat edi. U safar davomida Eron
Hindiston, vataniga qaytishda esa Somali, Maskat va Turkiya kabi mamlakatlarga 
borishgan. 
Turizmning rivojiga uyg‘onish davri (XV-XVI asrlarda Yevropada fan va 
san’atning taraqqiy etgan davri) ham katta ta’sir ko‘rsatadi. Unda iqtisodiyotning 
jo‘shqinlik bilan rivojlanishi, yangi tarmoqlarning paydo bo‘lishi, davlatlararo savdo-
sotiqning kengayishiga yanada imkoniyatlar tug‘diradi. 
Shu bilan birgalikda moliyaviy resurslar imtiyozlarning mavjudligi, bo‘sh 
vaqtlarning ko‘pligi, boy-badavlat kishilar sonining ko‘payishi bilan harakterlanadi. 
XVI asrga kelib Yevropa bo‘ylab sayohat qilish odat tusiga kiraboshlaydi. Bunday 
sayohatlarni uyushtirish «Yosh aristokratlarni tarbiyalash dasturi» ga kiritilib, unda 
o‘qish, bilim olish maqsadlari ko‘zda tutilgan. Bunday sayohatlarning 
yo‘nalishi 
Angliyada London shahridan boshlanib, Fransiyaning Parij shahrida, so‘ngra 
Italiyaga: Genuya, Milan, Florensiya, Rimgacha davom etgan. Orqaga qaytish yo‘li 
Shveysariya, Germaniya, Gollandiya mamlakatlari orqali o‘tilgan. Aslzoda 
(aristokrat) yoshlar sayohat davomida xo‘jalik, siyosiy aloqalarini taniqli xorijiy 
oilalar bilgan o‘rnatishga kirishadilar. Ular nafaqat bilim olish, balki dam olish, 
ko‘ngil ochish uchun ham safarlarga chiqishgan. 
Shuni qayd qilish joizki, yevropaliklarda Alp tog‘larini zabt qiluvchi, birinchi 
sayyohlar qatoriga inglizlar, undan keyin esa fransuzlar va amerikaliklar kirganlar. 
XVI asr oxirlariga kelib xorijiy mamlakatlarda dam olish va dunyoqarashlarini 
kengaytirish maqsadidagi sayyohlik safarlari Rossiyada ham rivojlana boshladi. Petr I 
hukmronlik qilgan davrda uning o‘zi bu sohada shaxsiy namuna ko‘rsatdi. U 1697-
1699 yillar davomida Buyuk Moskva elchilari tarkibida G‘arbiy Yevropa 


33 
mamlakatlariga safarga otlanadi. Safar davomida yevropaliklar hayoti, turmush – 
tarzi bilan tanishish rus madaniyatining rivojiga katta ta’sir ko‘rsatdi. 
Sayohatga chiqishda eng muhim narsalardan biri dvoryanlar uchun xorijiy 
tillardan birini albatta bilishi va gaplashaolishi zarurligidir. O‘z davrida Rossiya 
imperatori Yekaterina II mulozimlari (katta amaldorlarni kuzatib yuruvchi kishilar) 
va xorijiy elchilar hamrohligida Rossiya imperiyasining g‘arbiy qismlarini kezib 
o‘tib, Dnepr daryosi bo‘ylab suzib, Xerson va Sevostopol shaharlari bilan tanishib 
chiqadi. 

Yevropada 
Germaniya, 
Avstriya, 
Niderlandiya 
(Gollandiya) 
mamlakatlarning ko‘pgina shaharlariga sayohat qilishgan. 

Download 480.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling