Iii bob. Xalqaro turizmning rivojlanish holati
Xalqaro ommaviy turizmning yuksalish davri
Download 480.97 Kb. Pdf ko'rish
|
Xalqaro-turizm. Darslik 3-mavzu
3.4. Xalqaro ommaviy turizmning yuksalish davri Ikkinchi jahon urushi tugagandan keyin Yevropaning ayrim mamlakatlarida, AQSH va Kanadada xalqaro turizm endi rivojlana boshladi. 1951 yilga kelib butun dunyo bo‘yicha qayd etilgan turistlarning umumiy soni urushgacha bo‘lgan darajaga yetdi va 25 mln. dan ortiq kishini tashkil qildi. Urushdan keyingi yillarda turizm sohasi ommaviy jamiyatning barcha tabaqadagi a’zolari uchun xizmat shakli bo‘lib hisoblanadi. Kuchli dam olishning rivojlanish infrastrukturasi shakllanadi. Bu davr turistik firmalarning aktiv faollashuvi ommaviy qurilish mehmonxonalari, motellar, dam olish uylari va ko‘ngil ochar joylari bilan ifodalanadi. Xalqaro miqyosda ayriboshlash keng ko‘lamda rivojlana boshladi. Turizm yakka tartibdan, uyushgan ommaviy holatga aylana boshladi. 1947 y. Parijda xalqaro turistik tashkilotlarning rasmiy Ittifoqi (MSOTO) tasdiqlandi. Uning haqiqiy a’zolari bo‘lib davlat va nodavlat tashkilotlari hisoblanadi. Ittifoq tarkibiga 116 davlat kirgan. XX asr o‘rtalari xalqaro turizmning eng yuqori darajada yuksalishi bilan harakterlanadi. 1960 yilda chetga chiquvchi turistlar soni 71 mln. kishiga yetdi. 1971 37 yilga kelib, u 168 mln. kishini tashkil qildi. Xalqaro turizm jadallik bilan rivojlanishiga birinchi o‘rinda dunyoda siyosiy vaziyatning o‘zgarishi «sovuq urush» siyosatining susayishi va rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyotining o‘sishi bilan belgilanadi. Turistlarning ijtimoiy kelib chiqish tarkibi anchagina o‘zgardi. G‘arb mamlakatlaridagi mehnatkash ommaning iqtisodiy, turmush tarzining ijobiy holga o‘zgarishi, ish haqining o‘sishi, ta’til kunlarining ko‘payishi kabilar katta ta’sir ko‘rsatdi. Xalqaro turizm rivojlanishiga fan-texnika taraqqiyotning o‘sishi, ayniqsa havo transportida reaktiv passajir samolyotlarning yaratilishi katta imkoniyatlarni tug‘dirdi. Xalqaro turizm rolining ko‘tarilishida BMT tezkorlik bilan rivojlanib borayotgani xalqaro hamkorlikning ushbu sohasiga juda katta e’tibor berdi. 1963 y. Rimda (Italiya) BMT turizm va sayohatlar bo‘yicha I konferensiya o‘tkazildi. Konferensiyada «Vaqtinchalik keluvchi», «Turist», «Ekskursant», kabi turizmda maxsus tushunchalarga aniqlik kiritish konferensiyada statistik hisobotlarni bir xil qilish va ularni tahlil qilish, turizm rivojlanishi istiqbolini belgilash, chegaralarda turistlarni chiqarish va kiritishning rasmiyatchilik tartib qoidalarini soddalashtirish ko‘rib chiqildi. Xalqaro turizm masalasi BMT – savdo va taraqqiyot konferensiyaning faoliyati BMT mintaqaviy iqtisodiy komissiyasi doirasida, asosan Yevropa iqtisodiy komissiyasiga kiritilgan. 1969 yil BMT bosh Assambliyasi rezalyutsiyasiga muvofiq nodavlat xalqaro turistik tashkilotlarning maxsus ittifoqi (MSOTO) qaytadan tashkil etilib, BTTga aylantirildi. BTT 1975 yil 2 yanvarda o‘z ustavini qabul qildi. Uning tarkibiga 51 davlat a’zo bo‘lib kiritilgan. BTT tashkilotining asosiy maqsadi - turizm sohasida davlatlarning bir-birlari bilan hamkorligini yo‘lga qo‘yilganini ta’min etish, turizm sohasida rivojlanishni rag‘batlantirish, tinchlik, taraqqiyot va inson haq-huquqlarini himoya qilish, jadal iqtisodiyot yuksalishiga o‘z hissasini qo‘shishdan iboratdir. 1980 yillardan boshlab xalqaro turizm xalqaro iqtisodiy munosabatlarning eng muhim doimiy, barqaror rivojlanib borayotgan sohasiga aylana boshladi. Turistik xizmatlar ko‘rsatish tarkibi o‘zgardi. Jahon turizmi bozori borgan sari xilma-xillasha bordi. Aholining ijtimoiy sohasida turistik mahsulotlarga bo‘lgan talabi va ehtiyoji orta bordi. Turizmning ommaviy uyushgan holdagi shakli o‘sib bordi. Turistlarga xizmat ko‘rsatish sifati (transport, joylashtirish, ovqatlantirish, dam olish, hordiq chiqarish) borgan sari rivojlanaboradi. Xilma-xil turistik mahsulotlarni taklif etuvchi maxsus turistik firmalar (tashkilotlar) soni ko‘payabordi. XX asrning so‘nggi o‘n yilida xalqaro turizm eng yuqori texnologiyalar asosida rivojlanib boroyotgan jahon turizm industriyasiga aylandi. Yirik xalqaro Transmilliy kompaniyalar (TMK), mehmonxonalar zanjiri, zamonaviy ovqatlanish korxonalari, ko‘ngil ochar ob’ektlar - bular barchasi xalqaro turizmni rivojlantirishga juda qulay shart-sharoitlarni tug‘diradi. 1990 yillar boshida Fors qo‘ltig‘idagi (Iroq-Eron urushi), O‘rta yer dengizining Shimoliy-sharqiy qismi, Shimoliy Afrikadagi harbiy mojarolar xalqaro turizm taraqqiyotiga anchagina ta’sir ko‘rsatdi. Davlatlar o‘rtasidagi urushlar, kelishmovchiliklar, munosabatlarning keskinlashuviga olib keldi. Bu borada xorijiy turistlarga xizmat ko‘rsatuvchi kompaniyalar, qisman aviakompaniyalar juda katta 38 moddiy zarar ko‘ra boshladilar. Ularning ayrimlari esa bankrot darajasiga tushib qoldilar. Umuman olganda, XX asrning 90 - yillarida xalqaro turizm biroz susayib, uning o‘sish sur’ati o‘rtacha 4 foiz atrofida kuzatiladi. Xalqaro turizmning rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillardan biri-bu xalqaro terrorizm va eksteremizm bo‘lib qolmoqda. 2001 yil 11 sentyabrda terroristik harakatlar birgina AQSH turizmga emas, balki butun jahon turizm rivojlanishiga berilgan qattiq zarba bo‘ldi. Terroristik harakatlar oqibati natijasida birgina AQShga kelib-ketuvchi turistlar soni 12,6% qisqardi. Turistlarga xizmat ko‘rsatuvchi juda ko‘pgina turistik kompaniyalar, firmalar, mehmonxonalar, aviakompaniyalar bankrotlik darajasiga tushib qoldilar. 2001 yilda xorijga chiquvchi turistlar soni 2000 yilga nisbatan birdaniga 1,3 % ga qisqardi. Ya’ni chetga chiquvchi turistlar soni 2000 yilda 698 mln. kishini tashkil qilgan bo‘lsa, 2001 yilda 689 mln. kishini tashkil qildi. So‘ngi 20 yil ichida turistlar sonining keskin kamayishi birinchi marotaba kuzatildi. BTT ma’lumotiga ko‘ra, hozirgi kunda xalqaro turizm yana o‘z mavqiyeni saqlab qolishga qodir bo‘ldi. Uning evaziga butunjahon yalpi milliy mahsulotning 6 %, xalqaro investitsiyalarning 7 %, dunyo iste’mol harajatlarining 11 % va soliqlar tushumining 5 % to‘g‘ri keladi. Hozirgi kunda G‘arbiy Yevropa va Shimoliy Amerikada ishlayotgan ishchilarning 13 tadan biri turizm industriyasida, Janubiy sharqiy Osiyo mamlakatlarida esa har bir 15 ishchidan biri turizm biznesi bilan banddir. Terrorizm, tabiiy ofatlar, inson salomatligi uchun qo‘rquv, xavf-xatarlar, jahon bozorida neft narxining keskin ko‘tarilishi, valyuta kursining o‘zgarishi, iqtisodiy inqirozlarga duch kelishi va siyosiy barqarorsizlik, ekologik vaziyatlarning keskinlashuvi va bir qator global (olamshumul) muammolarning kuchayishi xalqaro turizm industriyasiga o‘z ta’sirini ko‘rsatmay qolmadi. Shunga qaramasdan xalqaro turizm sohasi jahon iqtisodiyotida borgan sari o‘z mavqiyeni saqlab qolmoqda. Dunyo mamlakatlari o‘rtasida xalqaro turizm ommaviylashib va turistlar kelishi oshib bormoqda (jadval 2). Download 480.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling