Iii bob. Xalqaro turizmning rivojlanish holati
Download 480.97 Kb. Pdf ko'rish
|
Xalqaro-turizm. Darslik 3-mavzu
Jadval 2. Xalqaro turizmning rivojlanish dinamikasi (1950-2006 yillar) Yillar Xalqaro keluvchi turistlar soni (mln.kishi) Keluvchi turistlardan olingan umumiy daromad (mlrd.dollar) 1950 25 2 1960 70 7 1970 160 18 1980 285 102 1990 460 265 2000 698 476 2001 689-1,3% 464 2002 703 471 2003 694 - 2004 764 633 2005 806 680 39 Буш вакт, дам олиш, хордик чикариш -; 50% Аникланмаган 8% Ишга доир сафарлар; 16% Дустлар- кариндошлар, диний ва согломлашти риш; 26% Автомибллар оркали; 43% Сув оркали; 7% Темир йуллар оркали ; 5% Хаво йуллари ; 45% 2006 820 650 Manba: Vsemirnaya turistskaya organizatsiya (YUNVTO) ©. 2006. BTT ma’lumotlariga ko‘ra eng ko‘p miqdordagi turistlarning kelishi Yevropa mamlakatlarida kuzatilmoqda (17 mln. kishidan ortiq). Osiyo va Tinch okeani mintaqasida 11 mln. kishi, Shimoliy va Janubiy Amerikada 8 mln. kishi, Afrika va Yaqin Sharq mintaqalarida har biri 3 mln. kishi kuzatildi. So‘ngi yillar (2005 y.) natijalari shuni ko‘rsatadiki, butun dunyo bo‘yicha turizmning umumiy o‘sish darajasi 5,3 % ni tashkil qildi. Turizmning dunyo bo‘yicha mintaqalarda eng yuqori o‘sish darajasi Afrika (+9%) mamlakatlarida kuzatilmoqda. Undan so‘ng Yaqin Sharq (+8%), Osiyo va Tinch okeani mintaqasi (+8%), Shimoliy va Janubiy Amerika (+ 6 %) va Yevropa (+ 4 %) mintaqasi egallaydi. Shu borada, Yaqin Sharqda turistlarning o‘rtacha yillik kelishi keyingi 5 yil ichida, eng yuqori ko‘rsatkichga erishildi. Xalqaro turizmda eng kam o‘sish esa Yevropa (2%), Shimoliy va Janubiy Amerikada boru-yo‘g‘i 1 % ga o‘sganligini kurishimiz mumkin. Keyingi besh yilda turistlarning kelib-ketishi bo‘yicha deyarli o‘sish kutilmagan mintaqa bu hamon Shimoliy Amerika (-0,3 %) bo‘lib qolmoqda. 2005-2006 yillarda ko‘pgina xalqaro turistlarning kelishida sayyohlikning bo‘sh vaqtni o‘tkazish va sayr qilish - tomosha, dam olish, ta’tilni o‘tkazish sohasi (50 %) alohida o‘rnini egallaydi, ularning umumiy soni 402 mln. kishini tashkil qiladi (2005 y.). Ishga aloqador bo‘lgan turizmning salmog‘i 16 % bo‘lib, turistlarning umumiy soni 125 mln. kishiga yetgan. Tanish-bilishlar, qarindosh-urug‘lar bilan ko‘rishish, diniy maqsadlarda (haj safarlari, ziyoratchilik h.k.) keluvchilar salmog‘i 26 % bo‘lib, ularning umumiy soni 212 mln. kishiga yetgan. Qolgan keluvchi turistlar esa o‘z maqsad va vazifalarini bayon qilishmagan. Download 480.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling