Sinfni guruhlar bilan nomlash.
1-guruh “Donolar” 2-guruh “Zukkolar”
3-guruh “Ziyraklar”
Uy vazifasini so’rash va o’tilgan mavzuni mustahkamlsh:
Uyga berilgan vazifa: o’tilganlarni takrorlash.
O’tgan mavzu yuzasidan o’quvchilar bilan “Tez javob” o’yinini o’tkazish.
Bunda har bir guruhdan o’quvchilar chiqib daraxt maketiga yaprog’iga yozilgan raqamlar asosida savollarga javob beradilar. Masalan:
“Xazonchinak” so’zining ma’nosi nima?
“Kitob mening do’stimsan” she’rining muallifi kim?
“Qizcha va qarg’alar” asarida qizcha qarg’alarga qanday yordam berdi?
“Vaqting ketdi-naqding ketdi” ertagida Foydaxo’rning asosiy shiori nima edi?
“Donishmand quyon va kichkintoy jirafa” ertagida maktabda qanday voqea sodir bo’ldi?
“Ona tilim” she’rining muallifi kim?
Savollarga to’g’ri javob bergan o’quvchilarga rag’bat kartochkalari beriladi.
Anvarjon “O’qituvchining o’gitlari” she’rini yoddan aytadi.
“Xo’roz nega uchmaydi” ertagini Muslima, Dilfuza va boshqa o’quvchilar yoddan aytadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |