O’qish 3-“B” sinf Mavzu: Hisobda adashgan bola. I qism Maqsad
Yangi mavzuni tushuntirish
Download 1.2 Mb.
|
dars ishlanma 3 sinf oqish
Yangi mavzuni tushuntirish:
O’quvchilarni yangi mavzu bilan tanishtirish. Yangi mavzu: yozuvchi Zamira Ibroximovaning “Hisobda adashgan bola” hikoyasining I qismi. Muallif haqida ma’lumot berish Adiba Zamira Ibrohimova 1953-yil 20-dekabrda Namangan shahrida tug’ilgan. U 1971-yil TOSHDU (hozirgi Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston milliy universiteti) ning filalogiya fakultetining sirtqi bo’limiga o’qishga kirgan. Zamira Ibrohimova 1980-yillardan boshlab bolalar uchun hikoya va ertaklar yoza boshladi. Bunga sabab uning sho’x va to’polonchi o’g’ilchasi bo’lgan. Hikoyani o’quvchilarga ifodali o’qib berish va mazmunini tushuntirish. Anvar uchinchi sinfda o’qiydi. Hamma o’quvchi bolalar kabi u ham a’lo baholarni juda yaxshi ko’radi, ammo – lekin ... dars tayyorlashni yoqtirmaydi. Uy vazifalarini chala-chulpa bajaradi. Mana bugun ham zo’rg’a dars tayyorlashga o’tirdi. “Matematika” kitobini ochib uyga berilgan vazifani o’qiy boshladi. Tili o’qiyapti – yu, hayoli telefon o’yinida. Masalani o’qib bo’lgach “Nimalarni yozishadi, boshni qotirib shunaqa ham masala bo’ladimi? Oshga qancha masalliq ketishini hisoblash shartmi? Bor masalliqni qozonga solib shartta – shartta qovuradi, bo’ldi – da”, - dedi o’zicha asabiylashib. Aksiga olib shu tobda uni mudroq bosib, mazza qilib uxlagisi kelardi. O’rnidan turib karavatiga cho’zildi. Yostig’i shunday yumshoq, yoqimliki, onasi allalayotganday, Anvar shirin uyquga ketganini bilmay qoldi. 2 U tush ko’ra boshladi. Tushida bo’ylari o’sib, katta yigit bo’lib qolganmish. U bir choyxonaning bosh oshpaziga shogird bo’libdi. Ertalabdan ish boshlanibdi. Bosh oshpaz unga: Bugun palov pishiramiz. Bozorga borib, oshga kerak bo’ladigan masalliqlardan olib kel. Anvarjon, yaxshilab eshitib olgin, sakkiz kilogramm guruchga teng miqdorda sabzi ol, sabzidan ikki marta kam go’sht ol, guruchdan to’rt martta kam yog’ ol, yog’dan ikki marta kam piyoz olgin ... To’xta, yaxshisi masalliqlar ro’yxatini yozib ola qol, - debdi. Yozish shart emas, hammasini tushundim, - debdi Anvar va shoshqaloqlik bilan bozorga ketibdi. Bozordan sakkiz kilogramm guruch, sakkiz dona sabzi, ikki kilogramm go’sht, to’rt litr yog’, ikki dona piyoz olib kelibdi. Bosh oshpaz Anvarning xaridini ko’rib hayron bo’lidi. Sen bola, oshpaz uchun ham hisob-kitobni bilish juda muhim ekanligini bilmas ekansanku! Senga hisobni o’rgatishga vaqtim yo’q. O’qib, bilimingni oshirib kel, - deb uni shogirdlika olmabdi. Anvar uyatdan qizarib – bo’zarib bosh oshpazning yonidan chiqib ketibdi. Hikoyani o’quvchilarga ikkita gapdan o’qitish. Lug’at ishi o’tkazish: mudroq-uyqu palov-osh xaridini-sotib olgan narsasini muhim-zarur, shart Dam olish daqiqasini o’tkazish. Bunda o’quvchilarga tinish belgilarini bosh harakati yordamida bajartirish. Matnni ro’llarga bo’lib o’qitish.
Download 1.2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling