O‘quvchilar she’rni mustaqil o‘qiydilar.
– She’rdagi tushunarsiz so‘z va iboralarni belgilang.
She’rda uchragan notanish so‘zlar yuzasidan lug‘at ishi o‘tkaziladi.
Lug‘at ishi:
dilband – dilni o‘ziga tortuvchi, maftun etuvchi; aziz farzand
suyuk – eng yaxshi ko‘rilgan, sevikli
iqbol – baxtli taqdir, porloq kelajak; baxt, omad
IQBOLI BUYUKSAN
Abdulla Oripov
Avvalo rahmatdir Onaga,
So'ng esa albatta Otaga.
Bizlarga eslatmish hayotni,
Unutmang hech qachon ustozni.
Sen o'zbek elining farzandi,
Istiqlol yurtining dilbandi...
Vataning g'oyatda keng erur,
Barchaga barobar, teng erur.
Mehnatda qotsa ham suyaging,
Hech yerga tegmasin kuraging.
Chiniqtir mayliga sen tanni,
Unutma va lekin Vatanni.
Bolajon, sen doim suyuksan,
Bilib qo'y, iqboli buyuksan!
Do'stlaringiz bilan baham: |