IV. Mustahkamlash. (6 daqiqa)
1. Ota-onalarni e'zozlashingizning sababi nimada?
2. Ota bilan Vatan tushunchalari nima uchun qiyoslanadi?
3. Shoir o'gitlari mazmunini ayting.
She’r mazmuni tahlil qilinadi.
– Bu she’r nima haqida ekan?
– She’rning asosiy mavzusi nima deb o‘ylaysiz?
– Sizningcha bu she’r kimga qarata aytilgan?
– She’r kimning nomidan aytilgan?
– Ota-onalarni e’zozlashimizning sababi nimada?
– Ona bilan Vatan tushunchalari nima uchun qiyoslanadi?
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash.
Darslik bilan ishlash.
– Kim she’rni ifodali o‘qib bera oladi? Bunda muallifning kayfiyati
va o‘zingizning hissiyotlaringizni namoyon qilishga harakat qiling.
O‘quvchilar xohishiga ko‘ra she’rni o‘qiydilar.
“O‘rnini top” o‘yini. O‘quvchilar qofiyalarni o‘z o‘rniga joylashtirishlari lozim bo‘ladi.
BUYUKSAN
– She’rdagi yangi, nutqimizda kam foydalaniladigan so’zlarga bir nechta ma’nodosh so‘zlar topishga harakat qiling.
Chiniqtir mayliga sen tanni,
BOLAJON
Unutma va lekin……………...
VATANNI
____________, sen doim suyuksan,
Bilib qo'y, iqboli ____________!
– She’rdagi o‘xshatishlarni aniqlang. Ularning vazifasi nimadan iborat?
V. Darsga yakun yasash va o‘quvchilarni baholash.
O‘quvchilar bilan savol-javob o‘tkaziladi:
1. Sizda nima ko‘proq taassurot qoldirdi?
2. Siz uchun nima yangilik bo‘ldi?
3. Qaysi topshiriqlar siz uchun qiziqarli bo‘ldi?
4. Bu darsda olgan bilimlaringiz kelgusi hayotingizda kerak bo‘ladimi?
Dars xulosalanib, faol qatnashgan o‘quvchilar baholanadi.
VI. Uyga vazifa berish. “Iqboli buyuksan” she’rini yod olish.
“Tasdiqlayman”
27-maktab direktori:
________Rapiqova Sh.Yu
“____” sentabr 2020-yil
Toshkent shahar Xalq ta`lim boshqarmasi
Mirzo Ulug’bek tuman Xalq ta’limi bo'limi tasarrufidagi
27–umumiy o’rta ta`lim maktabining boshlang’ich sinf o’qituvchisi
QOSIMOVA SURAYYO QODIROVNAning
4-“A” sinf o’qish fanidan
“IQBOLI BUYUKSAN” mavzusida yozgan
dars ishlanmasi
Do'stlaringiz bilan baham: |