O‘qish darslarida hikoyaviy mavzularning maqsad,vazifalari


Hikoyani izohli o‘qish darsini quyidagicha reja asosida olib boorish


Download 0.52 Mb.
bet11/11
Sana30.01.2024
Hajmi0.52 Mb.
#1817202
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
KUES ISHI O\'LMASXON

Hikoyani izohli o‘qish darsini quyidagicha reja asosida olib boorish


mumkin:



1. Hikoyani o‘qishga tayyorlash (hikoyadagi kabi odamlar hayoti va davrga


xarakteristika berish va
boshqa.).


2. Hikoyani o‘qish (bunda to ‘liq va m a ‘no jihatdan tugal
qismni o‘qituvchi yoki oldindan tayyorlangan o‘quvchi ifodali o‘qishi mumkin).


3. Lug‘at ustida ishlash.


4. Idrok etishni tekshirish (qatnashuvchilarning xatti-
harakatlari, shaxslar va voqealar o‘rtasidagi munosabatlar, badiiy vositalar yuzasidan qisqacha suhbat).


5. Hikoyani qayta o‘qish (qismlarga bo‘lib, rollarga


bo‘lib o‘quvchilarga o‘qitish).


6. Hikoyaning har bir bo‘limi (qismi) yuzasidan suhbat uyushtirish, hikoya rejasini


tuzish.


7. Reja asosida qayta hikoyalash.


8. Hikoya asosida ijodiy va mustaqil ishlar.


9. Hikoyani ifodali o‘qishga


yoki sahnalashtirishga tayyorlanish(sinfda yoki uyda).


10. Hikoyani ifodali o ‘qish va
ifodali qayta hikoyalash.



Bugun biz siz bolajonlar uchun sarkarda ham,kuchli podishoh Amir Temur haqida tayyorlangan hikoyani o‘qib eshittiramiz.Kim o‘qishni xohlaydi.


Mavzu : Amir Temur haqida hikoya. (Bo‘riboy Ahmedov)
Dars haqida qisqacha ma’lumotlar:DTS talablari asosida dars o‘tish .O‘quvchilarni
to‘g‘ri va ifodali o‘qishga o‘rgatish. Markaziy Osiyo mutafakkir va
ma’rifatparvarlarining asarlaridagi hikmat, o‘git va nasihatlarni o‘rgatib, ularga amal qilishni uqtirish; Mavzuni tushunarli qilib yoritib berish. O‘quvchilarga odob-axloq, do‘stlashish qoidalarini tushuntirish.
O‘quvchilarda Amir Temur bobomizning ibrati orqali yaxshi
xislatlarni hosil qilish. Barkamol avlodga xos odoblilik san’ati va madaniyatini o‘rgatish: o‘zbek xalqining milliy urf-odat, an’ana va qadriyatlarini amalda qo‘llash malakalarini shakllantirish.
Rivojlantiruvchi: Har bir o‘quvchining ifodali o‘qish ko‘nikmalarini va lug‘at
boyligini rivojlantirish.
O‘quv jarayoniga oid kompententsiya: TK2 o‘quv fanlarini o‘rganish va bir-biridan
farqlash; TK2 mehnatsevarlik, to‘g‘rilik, hurmat qilish kabi sifatlarga ega bo‘lish;FK1 matnlarning mazmunini qisqartirib va darslikdagi rasm va illyustratsiyalarga qarab fikrini og‘zaki bayon qila oladi

Albatta biz so‘zimiz so‘ngida shunga iqror bo‘ldik,hikoya bilan dars o‘tish juda muhimdir,bolajonlar qiziqib o‘rganishiga imkon beradi.Hikoya kichik hajmli badiiy asar bo‘lib, unda kishi hayotidagi ma’lum bir voqea, hayotning muhim tomonlari umumlashtirib tasvirlanadi. „Hikoya ko‘pincha kishi hayotida bo‘lgan bir epizodni tasvir etadi. Uning mazmuni ertakdagidan ortiqroq hayotiydir». Hikoya mazmunan boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun mos janr hisoblanadi. Kichik yoshdagi


o‘quvchilarni qahramonlam ing xatti-harakati, tashqi ko‘rinishi, portret tasviri, voqea- hodisalar haqidagi hikoyalar ko‘proq qiziqtiradi. Shuning uchun bolalami hikoya bilan tanishtirish uning sujetini tushuntirishga bog‘lab olib boriladi. Boshlang‘ich sinflarda hikoyani o‘qishga bag‘ishlangan izohli o‘qish darslarida o‘qilgan hikoya mazmunini ochish, lug‘at ustida ishlash, o‘qilgan matnni qayta hikoyalash kabilar asosiy ish turlaridan hisoblanadi. Hikoya mazmuni odatda savollar asosida tahlil qilinadi.

So‘roqlardan ikki maqsadda: hikoya mazmunini tahlil qilish hamda dalillar, mulohazalar, xulosalarni taqqoslash, voqea-hodisalar, xatti-harakat o‘rtasidagi bog‘lanishlarni aniqlash va umumlashtirish uchun foydalaniladi. Hikoyani o‘qish darsida o‘quvchilar tushunmaydigan so‘z va iboralar m a’nosini tushuntirish ham muhim, aks holda ular hikoya mazmunini tushuna olmaydilar. Hikoyani o‘qishda uning mazmunini tahlil qilish va shu asosda o‘quvchilar nutqini o‘stirish markaziy o‘rin egallaydi.


Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling