O’qish darslarida pedagogik texnologiyalarni qo’llash orqali kompetentsiyalarni shakllantirish


Badiiy asarni o’qishga tayyorgarlik


Download 23.14 Kb.
bet2/2
Sana11.01.2023
Hajmi23.14 Kb.
#1088805
1   2
Bog'liq
7.Jumanova Nafisa

Badiiy asarni o’qishga tayyorgarlik. Asarni o’qishga kirishishdan oldin o’quvchilarni badiiy asarni o’qishga tayyorlash lozim bo’ladi. Chunki o’quvchilar asar mazmunini to’g’ri idrok etishlari uchun hayot haqida ma’lum tasavvurga ega bo’lishlari zarur. Buning uchun tayyorgarlik ishlari o’tkaziladi. Asarni matnini tahlil qilishning metodik shartlaridan biri asar mazmunini uning tasviriy-ifodaviy vositalari bilan bog’liq holda qarashdir. Yana bir asosiy qoida asar ustida ishlash jarayonida ta’lim tarbiyaviy vazifalarni umumiy ravishda amalga oshirish hisoblanadi. Bu qoidalar asar ustida ishlashning asosiy yo’nalishini belgilaydi, shuningdek, matnni tahlil qilish jarayonida o’quvchilar bajaradigan topshiriqlarni va muhokama qilish uchun ularga beriladigan savollarning xarakterini aniqlab olishga yordam beradi. Har bir savol o’quvchilarni tanqidiy fikrlashga undovchi xarakterda bo’lishi talab etiladi.
Tanqidiy fikrlash – axborotlarni o’zlashtirishdan boshlanadigan va xulosa chiqarish bilan tugallanadigan murakkab o’ylash jarayoni. Biroq tanqidiy fikrlash – bilish faoliyatining yuqori darajasi sifatida o’quvchilarda matn bilan ishlash ko’nikmasini rivojlantirishga, og’zaki va yozma nutqni egallashga, mazkur matn bo’yicha kursdoshlari bilan birgalikda harakatda bo’lishiga qaratilgan pedagogik texnologiya.

  • Tanqidiy fikrlash tajribasini orttirishga vaqt va imkoniyat berish.

  • O’quvchilarga fikrlash imkoniyatini berish.

  • Turli g’oya va fikrlarni qabul qilish.

  • O’quv jarayonida o’quvchilarning faol qatnashishlariga imkon berish.

  • O’quvchilarni ularning ustidan hech kim kulmasligiga ishontirish.

  • Har bir o’quvchini u tanqidiy mulohaza yuritishga qodir ekanligiga ishontirish.

  • Tanqidiy fikrlash paydo bo’lishini qadrlash.

Tanqidiy fikrlash – o’quv auditoriyasidagi ruhiyatni o’zgartira oladigan strategiyalar majmuidir, ya’ni mashg’ulot o’qituvchi va o’quvchilarning ijodxonasiga aylanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:

  1. M.E.Jumaev, M.Yu.Yuldasheva, B.U.Mingbaeva, G.A.Mamatova “Boshlang’ich ta’limni o’qitishda zamonaviy yondashuvlar va innovatsiyalar” metodik uslubiy qo’llanma – T.: 2017 y.


1 Зуннунов А. ва бошқ. Адабиёт ўқитиш методикаси. - Т.: Ўқитувчи, 1992. 160 - бет.

Download 23.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling