O‘qish darslarini tashkil qilishda innovatsiyalardan foydalanish


Download 25.61 Kb.
Sana21.10.2023
Hajmi25.61 Kb.
#1714772
Bog'liq
1-amaliy inn


  1. O‘QISH DARSLARINI TASHKIL QILISHDA INNOVATSIYALARDAN FOYDALANISH.

Reja:
1. Boshlang’ich sinf o’qish darslarida pedagogik texnologiyalardan foydalnish


2. O’qish darslarida qo’llaniladigan metodlar
3. O’qish darslarida turli qiziqarli o’yinlardan foydalanish

Pedagogik texnologiya — bu ta’lim shakllarining samaradorligini oshirish vazifasini qo’yadigan texnik va shaxsiy resurslarni va ularning bog’liqligini hisobga olgan holda, o’qitish va bilimlarni o’zlashtirishning butun jarayonini yaratish, qo’llash va aniqlashning tizimli usuli. Ta’limni takomillashtirishda zamonaviy bilimlarga yo’l ochish pedagogik texnologiyalardan unumli foydalanish bugungi kunning asosiy talablaridan biridir. Mustaqil O’zbekistonimizda uzluksiz ta’lim tizimini isloh qilish uni yangi davlat ta’lim standartlari asosida o’rnatishga qaratilgan. Hozirgi kunda o’qituvchining faoliyati, uning pedagogik mahoratiga alohida e’tibor qaratilmoqda


O’quv jarayonida ishlaydigan o’qituvchilarning pedagogik tafakkurida boshlangan pedagogik texnologiya darslari protsesslarini qo’llash bo’yicha tavsiyalar o’qituvchilar uchun juda zarurdir. Bu hamkorlik asosida O`quvchilarning faolligini oshirish uchun maxsus ishlab chiqilgan: o’quvchilarga boshqalarning fikrlarini eshitish, tushunish, hurmat qilish, boshqalarning manfaatlarini hisobga olish, ularni o’rgatish, ularga ta’sir qila olish.
Tushunish, idrok etish, o’zini o’zi boshqarish, fikrni aniq, aniq va batafsil tushuntirish qobiliyatiga, interfaol o’qitish usullari, o’z-o’zini va boshqalardan foydalanish “Men” tezda rivojlanadi va ijobiy samara beradi. O’qitishda interfaol metodlardan foydalangan holda O`quvchilar o’rtasida raqobat muhiti yaratildi, bu O`quvchilarning oldinga siljishiga imkon berdi, natijada O`quvchilar birgalikda o’rganishni boshladilar. Har qanday interfaol usul O`quvchilarni to’g’ri va maqsadli ishlatganda mustaqil fikrlashga o’rgatadi. Yangi pedagogik texnologiya — bu o’qituvchi asosiy javobgar shaxs bo’lgan ta’lim tizimining ratsional usullarini ishlab chiqaradigan jarayon. Chunki uning asosiy vazifasi o’quvchilarga tezkor, aniq va tushunarli tarzda ma’lumot berishdir.
O`quvchilar yangiliklarni qabul qilishlari va ularga moyil bo’lishlariga va fe’l-atvorning xilma-xilligiga qaramay, o’qituvchi o’quvchilarni mustaqil fikrlashga, kuzatishga, xulosa chiqarishga o’rgatishi kerak. Bunda o’quvchi asosiy harakatlantiruvchi kuchdir, o’qish, o’qish, chizmalar chizish, proektsiyalarning formulalarini tushunish, bir-biri bilan do’stona munosabatda bo’lish, oldida turgan muammolarni hal qilishda bir-birlariga yordam berish ularning asosiy vazifasidir. Ta’lim tizimida ro’y berayotgan o’zgarishlar va yangilanishlar nafaqat o’quvchilarga yangi bilim, ko’nikma va malakalarni beribgina qolmay, balki yoshlarimizni jamiyat, davlat, tabiatga munosabati bilan vatanparvarlik g’oyalari ongi va qalbiga singdirishni ta’minlaydi. o’ziga va boshqa odamlarga.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi raqobatdosh kadrlar tayyorlaydigan o’qituvchiga zamonaviy talablar to’plamini belgilaydi. O’zaro bog’liq talablar to’plami tarbiyachining umumlashtirilgan modelini tavsiflaydi va unga asoslanib quyidagi asosiy talablar: o’qitish mahorati, tarbiya mahorati. Ta’lim jarayonida inson omilini ta’minlovchi shaxsiy fazilatlar — o’qituvchilarning bilimlarini ob’ektiv baholash va nazorat qilish qobiliyati.
Bu shuni anglatadiki, oldiga qo’yilgan murakkab mas’uliyatli va shoshilinch vazifalarni bajarish, shuningdek, o’quv jarayoni haqida yangi qarashlarni shakllantirish uchun o’qituvchi quyidagi fazilatlarga ga bo’lishi kerak:
Zamonaviy, ilmiy va madaniy taraqqiyot mohiyatini chuqur anglash;
Dunyo va inson to’g’risidagi bilim tizimini chuqur va keng nuqtai nazardan yangilash;
O’qitish jarayonida axborot ta’limi texnologiyalari va o’quv qo’llanmalarini qo’llash, Internet tarmog’ini tushunadigan va undan bilimlarini oshirish uchun foydalanishi.
• pedagogik mehnat samaradorligini tahlil qilish usullarini bilish va o’zini o’zi baholay bilish.
• oilaviy ta’lim va tarbiya muammolari to’g’risida tasavvurlarini rivojlantirish.
Milliy g’oya va milliy mafkura iqtisodiy islohotlarining mohiyatini tushunish uchun umumbashariy va milliy madaniyat va qadriyatlar.
• o’quv jarayonida pedagogik texnologiyalardan samarali foydalanish yo’llarini bilish.
O`quvchilarning fikrlashlari va bir-birlari bilan fikr almashishlari va do’stona muhit yaratishi uchun sharoitlar yaratish.
• Darsning samaradorligini oshirish uchun laboratoriya jihozlari va mashg’ulotlardan foydalanishni o’zlashtirish.
• texnik vositalarni va ta’lim vositalaridan foydalanish usullarini bilish, bolalarni o’zlarining izlanishlari, ijodkorligi, tashabbusi va aniq harakatlari orqali o’qitish kabi
Boshlang'ich sinflarning o’qish darslari o’z mohiyati, maqsad va vazifalariga ko’ra ta'lim tizimida alohida o’rin tutadi. Negaki uning zaminida savodxonlik va axloqiy-ta'limiy tarbiya asoslari turadi. Shuning uchun ham boshqa fanlar ta'limini o’qish ta'limisiz tasavvur qilib bo’lmaydi.
O’quvchi matnni to’g'ri, tez, tushunib o’qish, mazmunini o’zlashtirish bilan ilk bor o’qish darslarida yuzlashadi. O’qish darslari orqali o’quvchilarning Davlat ta'lim standard (DTS) talablari bo’yicha o’zlashtirishlari ko’zda tutilgan o’quv-biluv ko’nikma-malakalari hamda bilimlarni egallashlanga yo’l ochiladi. O’qish darslarida insonning, avvalo, o’zligini, qolaversa olamni anglashga bo’lgan intilishlariga turtki beriladi.
Shu maqsadda “O’qish kitobi” darsliklariga ona tabiat, atrofimizni o’rab turgan olam, Vatanimiz tarixi va bugungi qiyofasi, kattalar va bolalar hayoti, mehnatsevarlik, istiqlol va milliy-ma'naviy qadriyatlar, xalqlar do’stligi va tinchlik kabi turli mavzular bo’yicha atroflicha tushunchalar berishga mo’ljallangan badiiy, axloqiy-ta'limiy, ilmiy-ommabop asarlar kiritiladi.
Inson hayotida muhim ahamiyatga ega bo’lgan o’qish faoliyati barcha predmet darslarida amalga oshiriladi. Lekin o’qishga o’rgatish yo’l-yo’riqlarini o’qish metodikasi ishlab chiqadi. O’qish metodikasi kichik yoshdagi o’quvchilarning umum rivojlanishi, psixologiya, xususiy metodika sohasidagi yutuqlar asosida takomillashtirilib boriladi.
O’qish darslarining samaradorli gi ko’p jihatdan ta'lim metodlarining to’g'ri tanlanishiga bog'liq. Binobarin, fanning o’zi kabi o’qitish metodlari ham doimiy rivojlanishda bo’ladi. Masalan, eski maktablarda o’qish quruq yod olish metodi asosida o’rgatilgan bo’lsa, hozir izohli o’qish asosida olib boriladi. Yod olish metodida matndagi so’zlarga izoh berishga, ma'nosini tushuntirishga, o’qilganni qayta hikoyalashga, umuman olganda, o’qishning ongli bo’lishiga mutlaqo e'tibor berilmagan. Ularda ko’proq to’g'ri talaffuz, qiroat bilan o’qish, ifodali o’qish nazarda tutilgan.
Hozir maktablarda o’qish izohli o’qish metodi asosida olib borilayotgan ekan, quyidagicha savol tug'iladi: izohli o’qish nima?
Izohli o’qishga XIX asrning 60- 70-yillarida rus pedagogi K. D. Ushinskiy asos solgan, u o’qishda o’quvchilarni “ongli, tushunib, o’ylab o’qishga” o’rgatishni alohida ta'kidlaydi va uni “Izohli o’qish” deb nomlaydi.
Izohli o’qish metodiga K. D. Ushinskiy ishining davomchilari yangiliklar kiritdilar. Korf va Vaxlerev izohli o’qish o’quvchilarga real bilim berish vositasi desa, Vodovozov va Bunakov o’quvchilarga o’qish jarayonida bilim badiiy asar tahlili va asarning tarbiyaviy xarakteri bilan bog'liq holda beriladi, degan fikrni ilgari suradilar.
Professor Asqar Zunnunov o’qitishning mazmuni va usullari haqida fikr yurilib, o’quvchilarning oldin bilimlarni o’zlashtirishiga, so’ng yod olishlariga e'libor berilishi ta'lim jarayonida izohli o’qish deb nomlanganini ta'kidlaydi. Demak, izohli o’qish deb o’ylashga, his qilishga, asarni to’liq idrok qilishga, o’qilganning mazmunini o’zlashtirishga olib keladigan o’qishga aytiladi. Izohli o’qish asar mazmunini tushunishni, asardagi muhim fikrni, yozuvchi ilgari surayotgan g'oyani anglashni ta'minlaydi.
Izohli o’qish quyidagi tamoyillarga to’liq amal qilingandagina muvaffaqiyatli bo’ladi:
o’qishni hayol bilan bog'liq holda tashkil etish;
o’qishning ongli va ta'sirchan bo’lishi uchun o’quvchilarning hayotiy tajribalariga, taassurotlariga asoslanish;
o’qishni ko’rgazmali tashkil qilish, tabiatga, tarixiy joylarga ekskursiyalaruyushtirish, hayvonot olami va o’simliklar dunyosini kuzatish;
rasmlar, jadvallar, predmetlar bilan tanishtirish hamda matnni o’quvchining ifodali o’qishi tarzida olib borish.
Boshlang'ich sinf o’qish darslarida asosan she'rlar, masallar, ertaklar, hikoyalar, afsonalar, maqol va topishmoqlar, ilmiy-ommabop asarlar o’qib o’rganiladi.
Tabiiyki, ularning har biri o’ziga xos shakl, uslub va mazmunda yaratiladi. Shuning uchun ham har bir janrga mansub asarlarni o’ziga xos usulda o’qib o’rganish taqozo qilinadi.
Badiiy asarni izohli o’qishga yaqin bo`lgan metodlardan biri ijodiy o’qishdir. Atoqli melodist olim N. I. Kudryashov ijodiy o’qish metodi tarkibiga quyidagilarni kiritadi:
a) o’qilgan asardan о'quvchilarning bevosita olgan taassurotlarini chuqurlashtirish maqsadiga ega bo’lgan va ularning diqqatini matnning muhim g'oyaviy va badiiy hususiyatlari sari yo’naltiradigan suhbat uyushtirish yoki o’qilgan asardan kelib chiqadigan badiiy, axloqiy, ijtimoiy-siyosiy muammoning qo’yilishi;
b) o’qituvchining asar o’qilganidan keyin о'quvchilarning asarni tadqiq qilish jarayonida tug'ilgan badiiy kechinmalarini faollashtirish maqsadini ko’zda tutuvchi metodlari.
Ko’rinadiki, ijodiy o’qish izohli o’qishdan farqli o’laroq, to’g'ridan-to’g'ri matn mohiyalini ochishga ijodiy yondashishni taqozo etadi. Masalan, 4 -sinfda A.Oripovning “Dehqonbobo va o’n uch bolakay qissasi” asarini ijodiy o’qish metodi asosida o’rganish jarayonida matn mazmuni va shoir g'oyaviy niyatidan kelib chiqib Vatanimiz hududlaridagi aholining yashash tarzi bilan bog'liq milliy xususiyatlar haqida ham atroflicha tushuncha beriladi. 2-sinfda “O’tinchi yigit”, 3-sinfda O’tkir Hoshimovning “Xazonchinak”, 4-sinfda S. Anorboyevning “Qo’rqoq” asarlarini ham ijodiy o’qish metodi asosida o’qitish ijobiy samaralar beradi.
An’anaviy dars shaklini saqlab qolgan holda, unga turli-tuman ta’lim oluvchilar faoliyatini faollashtiradigan metodlar bilan boyitish ta’lim oluvchilarning o’zlashtirish darajasining ko’tarilishiga olib keladi. Buning uchun dars jarayoni oqilona tashkil qilinishi, ta’lim beruvchi tomonidan ta’lim oluvchilarning qiziqishini orttirib, ularning ta’lim jarayonida faolligi muttasil rag‘batlantirilib turilishi, o’quv materialini kichik-kichik bo’laklarga bo’lib, ularning mazmunini ochishda aqliy hujum, kichik guruhlarda ishlash, bahs-munozara, muammoli vaziyat, yo’naltiruvchi matn, loyiha, rolli o’yinlar kabi metodlarni qo’llash va ta’lim oluvchilarni amaliy mashqlarni mustaqil bajarishga undash talab etiladi.
Bu metodlarni interfaol yoki interaktiv metodlar deb ham atashadi. Interfaol metodlar deganda-ta’lim oluvchilarni faollashtiruvchi va mustaqil fikrlashga undovchi, ta’lim jarayonining markazida ta’lim oluvchi bo’lgan metodlar tushuniladi. Bu metodlar qo’llanilganda ta’lim beruvchi ta’lim oluvchini faol ishtirok etishga chorlaydi. Ta’lim oluvchi butun jarayon davomida ishtirok etadi. Ta’lim oluvchi markazda bo’lgan yondoshuvning foydali jihatlari quyidagilarda namoyon bo’ladi:
- ta’lim samarasi yuqoriroq bo’lgan o’qish-o’rganish;
- ta’lim oluvchining yuqori darajada rag‘batlantirilishi;
- ilgari orttirilgan bilimning ham e’tiborga olinishi;
- o’qish shiddatini ta’lim oluvchining ehtiyojiga muvofiqlashtirilishi;
- ta’lim oluvchining tashabbuskorligi va mas’uliyatining qo’llab-quvvatlanishi;
- amalda bajarish orqali o’rganilishi;
- ikki taraflama fikr-mulohazalarga sharoit yaratilishi.
Quyida boshlang‘ich sinf o’quvchilariga mo’ljallangan bir nechta o’yin namunalarini keltiramiz.
O’qituvchi kasb mahoratining shakllanishida qobiliyat muhim ahamiyatga ega. Chunki pedagogik ko’nikma negizida o’quvchi bilan amalga oshirishi lozim bo’lgan ta’lim va tarbiyaviy munosabat turadi. Ana shu munosabatning uzluksiz va barqaror tus olishi muayyan pedagogic texnologiyani keltirib chiqaradi. “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” asosida yaqin yillarda ta’limning mutlaqo yangi metidikasi ishlab chiqiladi. Bu esa yangicha pedagogic mahorat talab etadi. . Shunga ko’ra pedagogic texnologiyada o’qituvchining metodik mahorati muhim ahamiyat kasb etadi. Aniqroq qilib aytganda, yangi metodik mahorat-yangicha pedagogik texnologiya demakdir. Yangicha pedagogic texnologiyaning asosiy maqsadi va vazifasi yangi metodik mahoratni o’rganish, umumlashtirish va ommalashtirishga qaratilgan bo’ladi. Xulosa qilib aytganda bilim va qobiliyatining yuzaga chiqishi o’qituvchining ijodkorligi, yangi pedagogik texnologiyasini kasb-mahorati asosida amalgam tatbiq etishdir.
Buning uchun o’qituvchi o’z ustida ishlashi, tinimsiz izlanishi ta’limning yangi usullaridan foydalanishi, dars berish jarayonida ko’rsatmali qurollardan, texnika vositalaridan, tarqatma materiallardan, test savollaridan unumli foydalanishi kerak. Darslarni DTS lari talablari, pedagogic texnologiya usullari asosida tashkil qilib dars – sahna, dars –suhbat, dars – sayr ko’rinishida o’quvchilarga bilim berishga erishish kerak. Darslarni milliylik asosida tashkil qilish, noananaviy darslar, hamda andozasiz darslar tashkil qilish o’qituvchining qobiliyatiga va mahoratiga bog‘liq deb o’ylayman
O’qituvchining innovatsion fO’qituvchining innovatsion faoliyati turli xildagi qarashlarning to’qnashuvi va o’zaro boyitiaoliyatini samarali amalga oshirish bir qator shart-sharoitlarga bog‘liq. Unga o’qituvchining tayinli muloqoti, aks fikrlarga nisbatan beg‘araz munosabat, turli holatlarda ratsional vaziyatning tan olinishini uqtirishga tayyorligi kiradi. Buning natijasida o’qituvchi o’z bilim va ilmiy faoliyatini ta'minlaydigan keng hamrovli mavzu (motiv)ga ega bo’ladi.
O’qituvchi faoliyatida o’z-o’zini faollashtirish, o’z ijodkorligi, o’z-o’zini bilishi va yaratuvchiligi kabi mavzu (motiv)lar muhim ahamiyat kasb etadi. Bu esa o’qituvchi shaxsining kreativligini shakllantirish imkoniyatini beradi.
Yangilik kiritishning muhim sharti muloqotning yangi vaziyatini tug‘dirishdir.
Muloqotning yangi vaziyati - bu o’qituvchining o’z mustaqillik mavqeini, dunyoga, pedagogik fanga, o’ziga bo’lgan yangi munosabatni yarata olish qobiliyatidir. O’qituvchi o’z nuqtai nazarlariga o’ralashib qolmaydi, u pedagogik tajribalarning boy shakllari orqali ochilib, mukammallashib boradi. Bunday vaziyatlarda o’qituvchining fikrlash usullari, aqliy madaniyati o’zgarib boradi, hissiy tuyg‘ulari rivojlanadi.
Keyingi sharti - bu o’qituvchining madaniyat va muloqotga shayligi.
O’qituvchining innovatsion faoliyati voqelikni o’zgartirishga, uning muammolari va usularini echishni aniqlashga qaratilgandir.
O’qituvchi va talaba o’rtasidagi muloqot namunasining o’zgarishi, innovatsion faoliyat shartlaridan biridir.
Yangi munosabatlar, an'analarda bo’lganidek, qistovlar, hukmga bo’ysunish kabi unsurlardan holi bo’lishi lozim. Ular tenglarning hamkorligi, o’zaro boshqarilishi, o’zaro yordam shaklida qurilgan bo’lishi darkor. Ular munosabatlaridagi eng muhim xususiyat bu o’qituvchi va talabaning ijoddagi hamkorligidir.
Innovatsion faoliyat quyidagi asosiy funksiyalar bilan izohlanadi:
kasbiy faoliyatning ongli tahlili;
me’yorlarga nisbatan tanqidiy yondashuv;
kasbiy yangiliklarga nisbatan shaylik;
dunyoga ijodiy yaratuvchilik munosabatida bo’lish;
(o’z imkoniyatlarini ro’yobga chiqarish, o’z turmush tarzi va intilishlarini kasbiy faoliyatda mujassam qilish).
Demak, o’qituvchi yangi pedagogik texnologiyalar, nazariyalar, konseptsiyalarning muallifi, ishlab chiqaruvchisi, tadqiqotchisi, foydalanuvchisi va targ‘ibotchisi sifatida namoyon bo’ladi.
Hozirgi jamiyat, madaniyat va ta'lim taraqqiyoti sharoitida o’qituvchi innovatsiya faoliyatiga bo’lgan zaruriyat quyidagilar bilan o’lchanadi:
ijtimoiy-iqtisodiy yangilanish ta'lim tizimi, metodologiya va o’quv jarayoni texnologiyasining tubdan yangilashni talab qiladi.
bunday sharoitda o’qituvchining innovatsiya faoliyati pedagogik yangiliklarni yaratish, o’zlashtirish va foydalanishdan iborat bo’ladi;
mazmunini insonparvarlashtirish, doimo o’qitishning yangi tashkiliy shakllarini, texnologiyalarini qidirishni taqozo qiladi;
pedagogik yangilikni o’zlashtirish va uni tatbiq etishga nisbatan o’qituvchining munosabati xarakteri o’zgarishi.
O’qituvchining innovatsion faoliyati tahlili yangilik kiritishning samaradorligini belgilovchi muayyan me'yorlardan foydalanishni talab qiladi. Bunday me'yorlarga - yangilik, maqbullik (optimalnost), yuqori natijalilik, ommaviy tajribalarda innovatsiyani ijodiy qo’llash imkoniyatlari kiradi
Yangilik pedagogik yangilik me'yori sifatida o’zida taklif qilinadigan yangini, yangilik darajasi mohiyatini aks ettiradi. Pedagog olimlar yangilikning qo’llanish mashqurligi darajasi va sohasiga ko’ra farqlanadigan mutlaq, chegaralangan mutlaq, shartli, subektiv darajalarini farqlaydilar.
Download 25.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling