O‘qish, yashash va transport xarajatlari uchun ajratiladigan subsidiya miqdorlari va ularni hisoblash tartibi


Download 227.97 Kb.
bet1/6
Sana04.02.2023
Hajmi227.97 Kb.
#1161407
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
341 21.06.2022 (1)




[OKOZ:

1.06.00.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urta to‘g‘risidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.09.00.00 Imtiyozlar / 06.09.01.00 Nogironlar uchun imtiyozlar]

[TSZ:

1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ijtimoiy sug‘urta, ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy himoya]

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Nogironligi bo‘lgan yoshlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ma’muriy reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Nogironligi bo‘lgan shaxslarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligiga ko‘maklashish hamda ijtimoiy faolligini yanada oshirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 21-dekabrdagi PQ-57-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Nogironligi bo‘lgan shaxslarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligiga ko‘maklashish hamda ijtimoiy faolligini yanada oshirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 21-dekabrdagi PQ-57-son qarorining 5-bandiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining Yoshlarga oid davlat siyosatini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan har yili 500 nafargacha nogironligi bo‘lgan yoshlarga bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravarigacha bo‘lgan miqdorda subsidiya ajratish belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi:
a) Nogironligi bo‘lgan yoshlarga o‘qish, yashash va transport xarajatlarini qoplash uchun subsidiya ajratishning ma’muriy reglamenti 1-ilovaga muvofiq:
o‘qish, yashash va transport xarajatlari uchun ajratiladigan subsidiya miqdorlari va ularni hisoblash tartibi;
subsidiya olish uchun topshiriladigan hujjatlar, ularni taqdim etish va ko‘rib chiqish qoidalari;
talabgorlarga qo‘yiladigan talablar va subsidiya ajratish shartlari;
subsidiyani tayinlash va to‘lash tartibi;
b) Nogironligi bo‘lgan yoshlarga asbob-uskunalar va mehnat qurollarini xarid qilish uchun subsidiya ajratishning ma’muriy reglamenti 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
asbob-uskunalar yoki mehnat qurollarini xarid qilish uchun ajratiladigan subsidiya miqdori;
subsidiya olish uchun topshiriladigan hujjatlar, ularni taqdim etish va ko‘rib chiqish qoidalari;
talabgorlarga qo‘yiladigan talablar va subsidiya ajratish shartlari;
subsidiyani tayinlash va to‘lash tartibi.
3. Belgilansinki:
har bir talabgorga ushbu qarorga 1 va 2-ilovalarda nazarda tutilgan (o‘qish, yashash va transport xarajatlarini qoplash uchun yoki asbob-uskunalar va mehnat qurollarini xarid qilish uchun) subsidiyaning faqat bir turi bir marta ajratiladi;
subsidiya olish uchun arizalar joriy yil uchun — 2022-yil 1-avgustdan, 2023-yildan boshlab har yili — 10-yanvardan qabul qilinadi.
4. O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi:
a) Adliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda elektron davlat xizmatini joriy qilish bo‘yicha texnik hujjatni ishlab chiqsin hamda kelishish va tasdiqlash uchun Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga kiritsin;
b) Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda:
subsidiya olish uchun arizalarni Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi o‘rinlarda — YIDXP) orqali yuborish bo‘yicha elektron davlat xizmatini ishga tushirsin;
manfaatdor vazirliklar va idoralarning, shu jumladan, Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining YIDXPga ulanishini hamda ularning axborot tizimlari o‘zaro integratsiya qilinishini ta’minlasin;
v) 2022-yil 1-avgustga qadar o‘z mablag‘lari hisobidan xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha yuqori ball (daraja) to‘plagan yoshlarga imtihon topshirish xarajatlarini kompensatsiya qilish haqida ariza beruvchilarning elektron reyestri axborot tizimi negizida “Yoshlar xizmatlari reyestri” axborot tizimini yaratish hamda Yoshlar ishlari agentligi tomonidan ko‘rsatiladigan barcha davlat xizmatlarini YIDXP bilan o‘zaro integratsiya qilish choralarini ko‘rsin.
5. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi elektron bazalarni integratsiya qilish ta’minlanguniga qadar kasb-hunar, axborot texnologiyalari, kompyuterda dasturlash amaliyoti, umumta’lim fanlari va xorijiy tillarni o‘rgatish uchun litsenziya va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlari bo‘lgan nodavlat ta’lim tashkilotlari reyestrini shakllantirsin va uni o‘z rasmiy veb-saytida e’lon qilish hamda doimiy ravishda yangilab borish choralarini ko‘rsin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi nogironligi bo‘lgan yoshlarni ijtimoiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash maqsadida Yoshlarga oid davlat siyosatini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan doimiy ravishda ushbu yoshlar uchun mamlakatimizdagi madaniy meros obyektlariga sayohatlar tashkil etish choralarini ko‘rsin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi direktori A.Z. Sa’dullayev zimmasiga hamda Vazirlar Mahkamasining Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va jamoat tashkilotlari masalalari kotibiyatiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2022-yil 21-iyun,
341-son
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyundagi 341-son qaroriga
1-ILOVA
Nogironligi bo‘lgan yoshlarga o‘qish, yashash va transport xarajatlarini qoplash uchun subsidiya ajratishning
MA’MURIY REGLAMENTI
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Reglament O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining (keyingi o‘rinlarda — Agentlik) Yoshlarga oid davlat siyosatini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) mablag‘lari hisobidan nogironligi bo‘lgan yoshlarga nodavlat ta’lim tashkilotlarida kasb-hunar o‘rgatish, ularda kasbiy ko‘nikmalarni shakllantirish, axborot texnologiyalari, kompyuterda dasturlash amaliyoti, umumta’lim fanlari va xorijiy tillarni o‘rgatish, zarur hollarda yashash va transport xarajatlarini qoplash uchun subsidiya ajratish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Reglamentda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:

Download 227.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling