O‘qish, yashash va transport xarajatlari uchun ajratiladigan subsidiya miqdorlari va ularni hisoblash tartibi
asbob-uskunalar yoki mehnat qurollarini xarid qilish uchun subsidiya
Download 227.97 Kb.
|
341 21.06.2022 (1)
asbob-uskunalar yoki mehnat qurollarini xarid qilish uchun subsidiya — kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash, malaka oshirish, tadbirkorlik va kasb-hunarga o‘rgatish kurslarini muvaffaqiyatli tugatib, maxsus sertifikat olgan hamda tadbirkorlik subyekti yoki o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tgan nogironligi bo‘lgan yoshlarga asbob-uskunalar va mehnat qurollarini (motokultivatorlar, o‘t o‘rish o‘roq mashinalari, perforatorlar, payvandlash apparatlari, o‘simliklarga ishlov berish qurilmalari, duradgorlik, chilangarlik, qurilish uskunalari, kompyuter jamlanmasi va boshqalar) xarid qilish uchun ajratiladigan subsidiya.
3. Ushbu Reglamentga muvofiq Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan nogironligi bo‘lgan har bir yoshga uning talabiga muvofiq bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravarigacha bo‘lgan miqdorda subsidiya ajratiladi. 4. Subsidiya har yili arizalar topshirish ketma-ketligi bo‘yicha ushbu Qaror talablariga to‘liq mos kelgan 500 nafar nogironligi bo‘lgan shaxsga ajratiladi. Joriy yilda 500 nafar talabgorga subsidiya ajratilgandan so‘ng subsidiya berish uchun ariza qabul qilish to‘xtatiladi. Subsidiya ajratilgunga qadar, biroq ketma-ketligi bo‘yicha subsidiya ajratilgan talabgorlardan keyin ariza topshirgan shaxslar keyingi yil uchun ro‘yxatga qo‘yilmaydi hamda subsidiya olish uchun kelgusi yilda yangidan murojaat qiladi. Ajratilgan subsidiyalar soni haqidagi ma’lumotlar Agentlik tomonidan yoshlarportali.uz elektron platformasiga doimiy ravishda kiritib boriladi. 5. Davlat xizmatlari markazlari va Agentlik o‘rtasidagi elektron davlat xizmatlarini ko‘rsatish doirasida axborot almashinuvi Elektron hukumatning idoralararo ma’lumotlar uzatish tarmog‘i orqali amalga oshiriladi. 2-bob. Subsidiya ajratish tartibi 6. Asbob-uskunalar yoki mehnat qurollarini xarid qilish uchun subsidiya ajratish bo‘yicha davlat xizmati mazkur Reglamentga 1-ilovaga muvofiq sxema asosida ko‘rsatiladi. Bunda bir nafar ariza beruvchiga ajratiladigan subsidiyaning miqdori bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravaridan oshmasligi lozim. 7. Ariza beruvchi subsidiya olish uchun istalgan davlat xizmatlari markaziga murojaat qiladi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (keyingi o‘rinlarda — YIDXP) davlat xizmatidan elektron tarzda foydalanish uchun ro‘yxatdan o‘tadi. Bunday murojaat ariza beruvchi tadbirkorlik subyekti yoki o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tgandan boshlab bir yuz sakson kun davomida amalga oshirilishi lozim. 8. Ariza beruvchining murojaatiga asosan davlat xizmatlari markazi xodimi ariza beruvchining nomidan, YIDXP orqali murojaat qilinganda esa — ariza beruvchi mustaqil ravishda ushbu Reglamentga 2-ilovaga muvofiq so‘rovnomani elektron tarzda to‘ldiradi va quyidagi hujjatlarni ilova qiladi: kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash, malaka oshirish, tadbirkorlik va kasb-hunarga o‘rgatish kurslarini muvaffaqiyatli tugatganligini tasdiqlovchi maxsus sertifikat (“pdf” yoki “jpg” formatda). Ariza beruvchidan ushbu bandda ko‘rsatilmagan ma’lumotlar va hujjatlarni taqdim qilishni talab qilish qat’iyan taqiqlanadi. Taqdim etilgan hujjatlardagi ma’lumotlarning to‘g‘riligi va haqqoniyligi uchun ariza beruvchi javobgar hisoblanadi. 9. Nogironligi bo‘lgan yoshlarning nogironligini tasdiqlovchi hujjatlar Agentlik tomonidan Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligining axborot tizimlari orqali elektron shaklda olinadi. 10. Ariza beruvchi o‘zi kelib murojaat etganda, davlat xizmatlari markazlari tomonidan so‘rovnoma to‘ldirilgandan so‘ng ariza beruvchi ma’lumotlarning to‘g‘riligini tekshiradi. 11. So‘rovnoma ERI yoki tegishli imzolar identifikatsiya qilishning boshqa vositalari (daktiloskopiya va boshqalar) bilan tasdiqlanishi mumkin. 12. Ariza beruvchi davlat xizmatlari markaziga kelib murojaat etgan taqdirda, uning so‘rovnomasi to‘ldirilib tasdiqlangandan so‘ng o‘n daqiqa mobaynida, YIDXP orqali murojaat etganda, avtomatik tarzda Agentlikka elektron shaklda yuboriladi. 13. Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishdan uni ko‘rsatishning har qanday bosqichida bosh tortish huquqiga ega. Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishdan bosh tortganda, uning so‘rovnomasi ko‘rilmasdan qoldiriladi. 14. Ushbu Reglamentda nazarda tutilgan davlat xizmatini ko‘rsatish bepul amalga oshiriladi. 15. Ariza Agentlik tomonidan o‘n besh ish kunida ko‘rib chiqiladi hamda quyidagi shartlar to‘liq bajarilganda, ariza beruvchi subsidiya ajratishning keyingi bosqichiga o‘tadi: ariza bilan ushbu Reglamentning 8-bandida nazarda tutilgan hujjatlar to‘liq taqdim etilganda; ariza beruvchi ruhiy kasalliklarga chalingan bemorlar ro‘yxatida, shuningdek, narkologiya dispanseri hisobida turmasa; ariza beruvchida nogironlik mavjud bo‘lsa; ariza beruvchi kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash, malaka oshirish, tadbirkorlik va kasb-hunarga o‘rgatish kurslarini muvaffaqiyatli tugatib, maxsus sertifikat olgan bo‘lsa; ariza beruvchi tadbirkorlik subyekti yoki o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tganiga bir yuz sakson kundan oshmagan bo‘lsa; ariza beruvchi muqaddam ushbu qarorga 1 va 2-ilovalarda nazarda tutilgan subsidiyalardan birini olmagan bo‘lsa. Ariza beruvchi ushbu bandda belgilangan talablarga mos kelmaganda, Agentlik tomonidan unga tegishli kamchiliklar ko‘rsatilgan holda SMS-xabarnoma yuboriladi. Ariza beruvchi SMS-xabarnomada ko‘rsatilgan kamchiliklarni bartaraf qilgan holda ushbu Reglamentda belgilangan tartibda subsidiya ajratishni so‘rab qayta murojaat qilishi mumkin. 16. Ariza beruvchi ushbu Reglamentning 15-bandida ko‘rsatilgan talablarga mos kelganda Agentlik ikki ish kunida murojaatdagi ma’lumotlarning to‘liq va asosli ekanligini tekshirish uchun ariza beruvchining yashash joyidagi mahalladagi yoshlar yetakchisiga yo‘naltiradi. 17. Mahalladagi yoshlar yetakchisi tomonidan besh ish kunida ariza beruvchining murojaati ushbu Reglamentning 15-bandida ko‘rsatilgan talablarga muvofiqligi yana bir marta o‘rganilib, unga subsidiya ajratish haqida tavsiya yoki ajratishni rad etish haqida xabarnoma tayyorlanadi hamda Agentlikning tuman (shahar) bo‘limiga elektron shaklda yuboriladi. Agar mahalladagi yoshlar yetakchisi ariza beruvchiga subsidiya ajratishni rad etish haqida asossiz ravishda xabarnoma bersa, ariza beruvchining murojaati belgilangan talablarga muvofiq bo‘lsa, Yoshlar ishlari agentligining tuman (shahar) bo‘limi uning murojaatini qanoatlantirish to‘g‘risida tavsiya berish huquqiga ega bo‘ladi. 18. So‘rov asosida Agentlik ariza beruvchiga subsidiyani to‘lashi yoki uni rad etish to‘g‘risida uch ish kunida qaror qabul qiladi, subsidiyani to‘lash to‘g‘risida qaror qabul qilinganda Agentlik asbob-uskunalar yoki mehnat qurollarini xarid qilish uchun subsidiyani tuman (shahar) bo‘limi hisobvarag‘iga o‘tkazadi va bu haqida elektron tizimga ma’lumot kiritadi hamda ariza beruvchiga SMS-xabarnoma yuboradi. 19. Agentlikning tuman (shahar) bo‘limi kelib tushgan subsidiyani besh ish kunida ariza beruvchining murojaatida ko‘rsatilgan asbob-uskunalar yoki mehnat qurolini xarid qilish uchun savdo tashkilotning hisobvarag‘iga o‘tkazib beradi. Savdo tashkilotidan asbob-uskunalar yoki mehnat qurolini ariza beruvchi mahalladagi yoshlar yetakchisi ishtirokida topshirish-qabul qilish dalolatnomasi asosida qabul qilib oladi. Bunda dalolatnoma mahalladagi yoshlar yetakchisi tomonidan tuzilib, unda ariza beruvchiga taqdim etilayotgan asbob-uskuna yoki mehnat qurolining nomi, turi, markasi, kafolat muddati, xarid qilingan narxi va vaqti ko‘rsatiladi. Sotuvchi, xaridor va mahalladagi yoshlar yetakchisi tomonidan imzolangan dalolatnoma Agentlikka topshiriladi. 3-bob. Yakunlovchi qoidalar 20. Ushbu Reglamentda belgilangan davlat xizmatini ko‘rsatishda ishtirok etuvchi davlat organlari va tashkilotlar o‘z faoliyatini amalga oshirishi natijasida olingan ariza beruvchilar haqidagi ma’lumotlarning sir saqlanishini ta’minlashi lozim. 21. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, tuman (shahar) adliya bo‘limlari ushbu Reglament talablari ijrosiga mas’ul davlat organlari va boshqa tashkilotlarning faoliyatini doimiy monitoring qilib boradi. 22. Ariza beruvchi ushbu Reglament talablari ijrosiga mas’ul davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishi mumkin. 23. Ushbu Reglament talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar. Nogironligi bo‘lgan yoshlarga asbob-uskuna va mehnat qurollarini xarid qilish uchun subsidiya ajratishning ma’muriy reglamentiga 1-ILOVA Nogironligi bo‘lgan yoshlarga asbob-uskunalar va mehnat qurollarini xarid qilish uchun subsidiya ajratish SXEMASI
Download 227.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling