O'qishni yaxshi ko'radiganlarga bag'ishlanadi!


-bob Qanday qilib tanangizni to'liq boshqarish mumkin?


Download 22 Kb.
bet3/4
Sana20.12.2022
Hajmi22 Kb.
#1035437
1   2   3   4
Bog'liq
umumiy

3-bob Qanday qilib tanangizni to'liq boshqarish mumkin?
Yoga yuqori qon bosimi, stress gormonlarining faolligini oshirish va bel og'rig'i kabi sog'liq muammolariga ijobiy ta'sir ko'rsatishi mumkin.
Avval siz yurak urish tezligining o'zgaruvchanligini tartibga solishingiz kerak. Buning uchun ko'plab ilovalar mavjud. Barcha yoga dasturlari nafas olish mashqlari, pranayama va turli xil meditatsiya usullarini birlashtiradi. Farqi faqat nafas olishning chuqurligi va tezligida, shuningdek, ular uchun og'iz, burun yoki tomoqni qay tarzda ishlatilishidadir. Shu tarzda siz o'z-o'ziningizni anglashni o'rganasiz. Nafas olish va nafas chiqarishga e'tibor qarating, nafas olish tezligiga e'tiborli bo'ling, ma'lum bir holatda nafasingizni hisoblang, shuningdek, yana bir boshqa holatda tananing turli qismlarida o'zingizni qanday his qilayotganingizga e'tibor qarating. Travmaga uchragan insonlar odatda tananing barcha og'riq va xotiralarni saqlab turadigan qismlari tarang holatda ekanligini sezadilar va ularni asta-sekin ongli ravishda bo'shashtiradilar. Ba'zi pozalar dastlab sizni qo'rqitishi mumkin. Bunday holda, siz o'zingizga aytishingiz kerak: "Men tananing bu qismi qanday tajribalar bilan to'la ekanligiga e'tibor beraman, keyin men ularni bo‘shashtirib boraman, istalgan vaqtda o'z pozitsiyamni o'zgartirishim mumkin". Shunday qilib, siz his-tuyg'ularingizni his qilishni va ularni nazorat qilishni o'rganasiz. Keyingi safar shunday psixologik holatga duch kelganingizda, siz qochib ketmaysiz va o'zingizni qulay his bilishni boshlaysiz.

4-bob. O'z-o'zini boshqarish
Har bir inson bir necha xil xarakterga ega bo'lishi mumkin. Dastlab siz aqlli odamdek, keyin esa yosh boladek, keyin tanqidchiga xos va ayni paytda, g'azablangan hayvon va yana turlicha xarakterga ega inson bo'lishingiz mumkin. Va siz o'zingizdagi ushbu jihatlarning har biriga e'tibor berishingiz kerak. G'azab sizni egallab olishi bilanoq, o'zingizga savol bering: "Sizdagi bu xulq-atvor o‘zingizga yoqadimi?". Shu orqali siz o'zingizga tashqi tomondan qarashingiz va har bir tomon nimani himoya qilishga urinayotganini tushunishingiz mumkin.

Masalan, g'azab bilan kurashish davomida o'zingizdan "nega bunday bo'ldi?" deb so'rang. Ehtimol, qarshi tomon sizni ma'lum bir tarzda kamsitish yoki xafa qilishning oldini olishga harakat qilmoqda. Undan to‘xtatishni so'rasangiz, g'azab o'rnini qanday tuyg'u egallashini ko'ring. Shu orqali ham siz asta-sekin o'zingiz haqingizda ko'proq va aniqroq bilib olasiz. Shuningdek, insonda o'z tizimini o'z yo'li bilan himoya qilishga harakat qiladigan "o't o'chiruvchilar" ham bor. Ba‘zi insonlar o'zlariga nisbatan tahdid his qilganda, xarid qilish, spirtli ichimliklar iste'mol qilish, kompyuter o'yinlari o'ynash, o'zlarini aldash yoki majburiy ravishda harakat qilishga moyil bo'ladilar. Bu holat inson o'zini qachon to'liq anglab, butun tizim tahdidni his qilishni to'xtatgandagina o'tib ketadi. Berkitilgan yoki eslashni xohlanmaydigan jihatlar ham bor: ular travma bilan bog'liq xotiralar, tuyg'ular, e'tiqodlar va his-tuyg'ularni saqlab turadilar va inson odatda ulardan nafratlanadi. Misol uchun, bolaligida zo'rlangan ayol bu tuyg'ular natijasida zo'rlovchining xohishini qondiradigan kichkina qiz yoki qo'rqib ketgan bola sifatida yotog‘ida yolg'iz yig'lashi mumkin. Qachonki, bu "surgun" hislar sizni qamrab olganda, siz rad etilgan, sevilmagan va tashlandiq bolaga aylanib qolasiz. Odatda, travmatizmga uchragan odamlar surgun tuyg'ularni o'zlaridan berkitishadi, lekin ayni paytda ular nafaqat xotiralar va his-tuyg'ularni, balki bolalik va hayotga muhabbat uchun mas'ul bo'lgan boshqa holatlarni ham yuzaga chiqarishmaydi. Surgun tuyg'ularni rad etib, siz o'zingizni qorong'u yoki yolg'iz hayotga mahkum qilasiz. Agar siz ilgari bolaligingizni rad qilgan bo'lsangiz va bu haqda umuman o'ylamaslikka harakat qilgan bo'lsangiz, asta-sekin bunga qarshi kurashishni boshlang. Farzandingizning o'zini va u yashirgan dahshat, hayajon, chekinish va shu kabilarga bog'liq bo'lgan tuyg'ularini kuzating. Shuningdek, bu holatda psixoterapevt shunchaki kuzatuvchi holatida qolishi, kichkina qizning so'zlarini tinglashga yordam berishi kerak. Ko'pincha bu amaliyotdan so'ng, qizlar bu tuyg'ularni rad etish o'rniga ularni himoya qila boshlaydilar, o'zlarining xotiralariga yuzlanib, ko'p yillar oldin ularda qo'rquv uyg‘otgan hodisalarni yengish uchun takrorlab ko'radilar. Shu orqali qizlar yana o'zlarining "men" larini his qilishni, o'z tanalarini nazorat qila olishni boshlaydilar.




Download 22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling