O’qit. Y. Y. Eshniyazova Urganch davlat Universiteti Mintaqada soliq tizimi samaradorligini oshirish imkoniyatlari. Annotatsiya


Download 122.23 Kb.
bet1/4
Sana18.06.2023
Hajmi122.23 Kb.
#1597965
  1   2   3   4
Bog'liq
Y.Eshniyazova maqola


O’qit. Y.Y.Eshniyazova
Urganch davlat Universiteti
Mintaqada soliq tizimi samaradorligini oshirish imkoniyatlari.
Annotatsiya. Maqolada mintaqa soliq tizimi samaradorligini oshirish imkoniyatlari o’rganilgan. Xorazm viloyati misolida 2023 yil asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlari va budjet daromadlari tahlil qilingan. Soliq tizimi samaradorligini oshirish mexanizmlarini takomillashtirilishining hudud iqtisodiyoti rivojlanishidagi ahamiyatiga e’tibor qaratilgan.
Аннотация: В статье изучены возможности повышения эффективности налоговой системы региона. Проведен анализ основные макроэкономические показатели и доходы бюджета Хорезмской области на 2023 год. Делается акцент на важности совершенствования механизмов повышения эффективности налоговой системы в развитии экономики региона.
Annotation: This article is about possibilities of increasing the efficiency of tax system of the region. An analysis was made of the main macroeconomic indicators and budget revenues of the Khorezm region for 2023. Emphasis is placed on the importance of improving the mechanisms for increasing the efficiency of the tax system in the development of the region's economy.
Kalit so’zlar: Mintaqa, soliq tizimi, samaradorlik, soliq imtiyozlari, budjet daromadlari, prognoz.
Ключевые слова: регион, налоговая система, эффективность, налоговые льготы, доходы бюджета, прогноз.
Key words: Region, tax system, efficiency, tax benefits, budget revenues, forecast.
Tahlillarga ko’ra, davlat bajaradigan asosiy funksiyalarni moliyaviy mablag’ bilan ta’minlash maqsadida budjet daromadlarini shakllantrilishi, ikkinchi tomondan aholini ijtimoiy himoyalash hamda tadbirkorlik subyektlarini qo’llab-quvvatlash maqsadida soliq stavkalarining pasaytirilishi va turli xildagi imtiyozlarning joriy etilishi soliq tizimi samaradorligini oshirishni taqozo etadi. Davlat budjetining soliq shaklida oladigan daromadlari tarkibi mamlakat qonunchiligiga muvofiq umumdavlat soliqlari va yig’imlari, mahalliy soliqlar va yig’imlar, bojxona bojlari, boj yig’imlari va boshqa boj to’lovlari, davlat boji, penya va jarimalardan iborat.
Milliy iqtisodiyotda soliqlarning obyektiv zarurligi, asosan, ikki omil bilan baholanadi, birinchidan soliqlarning fiskal ahamiyati, ikkinchi tomondan soliqlar vositasida iqtisodiyotni tartibga solishning muhimligi, ya’ni soliqlar davlat faoliyatining barcha yo’nalishlarini mablag’ bilan ta’minlashning asosiy manbalaridan biri va davlat ustivorligini amalga oshirishning iqtisodiy vositasi hisoblanadi. Soliq tizimimni tartibga solish va mukammallashtirish moliyaviy tizimni rivojlantirishga yordam beradi. Iqtisodiyotni davlat tomonidan soliqlar orqali tartibga solish soliq solish vositasida jamiyatdagi u yoki bu jarayonlarning rivojlanishiga yoxud cheklanishiga ta’sir etuvchi usul hisoblanadi.
Ma’lumki, har yilda soliq tizimini takomillashtirish maqsadida soliq stavkalari va soliqqa oid o’zgarishlar va qo’shimchalar kiritish bo’yicha qaror qabul qilinadi. Shu jumladan, O’zbekiston Respublikasining 2023 yil soliq konsepsiyasi doirasida ham 2022 yil 30 dekabrda O’zbekiston Respublikasining “2023 yil uchun Davlat budjeti to’g’risida” O’RQ-813-son qonuni, “2023 yil O’zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o’zgartirishlar va qo’shimchalar kiritish to’g’risida”gi O’RQ-812-son qonuni hamda mazkur qonunning ijrosini ta’minlash chora-tabirlari to’g’risidagi PQ-471-sonli O’zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori qabul qilindi. Ushbu qarorlar asosida Xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashining 2023 yil 5 yanvardagi “Xorazm viloyatining 2023-yilgi mahalliy budjetni tasdiqlash to’g’risida”gi VI-57-1-12-0-K/23-son qarori imzolandi. Ushbu qaror asosida Xorazm viloyati mahalliy budjetining 2023 yilgi daromadlari va xarajatlari prognozi, ushbu davr uchun hududni rivojlantirishning asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlari prognozi va 2024-2025 yillarga maqsadli mo’ljallari belgilandi.
Qarorga ko’ra, Xorazm viloyatining yalpi hududiy mahsuloti 2023 yilda 37,8 trln so’m bo’lishi prognoz qilingan, 2024-2025 yillar uchun mo’ljal mos ravishda 42,4 trln so’m va 47,2 trln so’m, o’sish sur’atlari esa 2023 yilda 105,4 foiz, 2024 yilda 107,4 foiz va 2025 yilda 107,6 foiz bo’lishi kutilmoqda. Shundan sanoat mahsulotlarining o’sish sur’ati 2023-2025 yillarda mos ravishda 110,4 foiz, 111,0 foiz, 111,3 foiz; Qishloq, o’rmon va baliq xo’jaliklarida ishlab chiqarishning o’sish sur’ati 103,4 foiz, 103,3 foiz, 103,4 foiz; Chakana tovar aylanmasining o’sish sur’ati esa 109,0 foiz, 109,4 foiz, 109,7 foizni tashkil qilishi ko’zda tutilgan.
1-jadval

Download 122.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling