O‘qitish jarayonining ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantirish funksiyalari 100-22 Guruh Talabasi Bajardi: Muxtorov G’ Tekshirdi: Alimova N
Mаzkur o‘quv fanining аsоsiy vаzifаlаri
Download 0.61 Mb.
|
педагогика
Mаzkur o‘quv fanining аsоsiy vаzifаlаri:
Xalq pedagogikasida qo’llanilgan juda xilma-xil tarbiya usullari quyidagi tarzda umumlashtirilgan. 1. Tushuntirish (maslahat berish, uzr so’rash, yaxshiliklar haqida so’zlash, o’rnak bo’lish). 2. Nasihat berish (o’git, undash, ko’ndirish, iltimos qilish, oq yo’l tilash, yaxshiliklar haqida so’zlash, rahmat aytish, duo qilish). 3. Namuna bo’lish (maslahat so’rash, o’rnak bo’lish). 4. Jazo (ta’kidlash, ta’na - gina, tanbeh berish va h.k.) Tarbiya usullarini o’rganish, tahlil qilish bu usullardan pedagogik jarayonda foydalanish ko’nikma va malakalarni egallashni osonlashtiradi. Ularni shartli ravishda quyidagi guruhlarga bo’lish mumkin: 1) ijtimoiy ongni shakllantiruvchi usullar, 2) faoliyat jarayonida ijtimoiy xulq va tajriblarni shakllantirish usullari, 3) o’z - o’zini tarbiyalash usullari, 4) rag’batlantirish usuli va jazolash usullari. Tarbiya — shaxsda muayyan jismoniy, ruhiy, axloqiy, maʼnaviy sifatlarni shakllantirishga qaratilgan amaliy pedagogik jarayon; insonning jamiyatda yashashi uchun zarur boʻlgan xususiyatlarga ega boʻlishini taʼminlash yoʻlida koʻriladigan chora tadbirlar yigindisi. tarbiya insonning insonligini taʼminlaydigan eng qad. va abadiy qadriyatdir. Tarbiyasiz alohida odam ham, kishilik jamiyati ham mavjud boʻla olmaydi. Chunki odam va jamiyatning mavjudligini taʼminlaydigan qadriyatlar Tarbiya tufayligina bir avloddan boshqasiga oʻtadi. Pedagogik adabiyotlarda "tarbiya" atamasi keng va tor maʼnolarda ishlatiladi. Keng maʼnoda Tarbiya inson shaxsini shakllantirishga, uning jamiyat ishlab chiqarish.i va ijtimoiy, madaniy, maʼrifiy hayotida faol ishtirokini taʼminlashga karatilgan barcha taʼsirlar, tadbirlar, harakatlar, intilishlar yigindisini anglatadi. Bunday tushunishda Tarbiya faqat oila, maktab, bolalar va yoshlar tashkilotlarida olib boriladigan tarbiyaviy ishlarni emas, balki butun ijtimoiy tuzum, uning yetakchi goyalari, adabiyot, sanʼat, kino, radio, televideniye va boshqalarni ham oʻz ichiga oladi. Pedagogika tarixidan ma’lumki, ta’lim tarbiyadan, tarbiya rivojlanishdan ajratib tekshirilmagan. XVIII asrning ikkinchi yarmiga kelib Rossiya pedagogikasida tarbiya masalalarini alohida ko’rish hollari uchraydi. «1806 yilda chiqarilgan Rossiya Akademiyasi lug’atida birinchi bor tarbiya so’zi pedagogik tushuncha sifatida alohida keltiriladi», deb ta’kidlaydi I.Tursunov. O’tgan mavzularda tarbiyaga berilgan ta’riflarni yodga olaylik: «Tarbiya - ma’naviy manbalar va hozirgi zamon talablari ehtiyojlarini nazarda tutgan holda o’qituvchining o’quvchi bilan aniq bir maqsadga qaratilgan o’zaro amaliy va nazariy muloqatidir». «Tarbiya - tarbiyachi xohlagan sifatlarni tarbiyalanuvchilar ongiga singdirish uchun tarbiyalanuvchining ruhiyatiga muayyan suratda va tizimli ta’sir ko’rsatish jarayonidir». Qat’iy ishonch bilan aytish lozimki, - degan edi Prezident I.Karimov O’zbekiston teleradiokompaniyasi muxbiri bilan muloqotda, - ma’naviy boylik moddiy boylikdan ming bor ustun, shu bois biz ta’lim - tarbiya masalasiga davlat siyosatining ustuvor yo’nalishi sifatida yondoshmoqdamiz. Kadrlar tayyorlash haqida qonun qabul qilingan milliy dastur ham mohiyat e’tibori bilan shu maqsadni amalga oshirishga qaratilgan. Tarbiya jarayoni deganda nimani tushunamiz? Tarbiya jarayonining mohiyati shu jarayon uchun xarakterli bo’lgan va muayyan qonuniyatlarda namoyon bo’ladigan ichki aloqa va munosabatlarni aks ettiradi. Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling