O’qitish metodlarida ta’lim metodlaridan foydalanish Reja


Download 7.83 Kb.
bet1/2
Sana26.07.2023
Hajmi7.83 Kb.
#1662574
  1   2
Bog'liq
O’qitish metodlarida ta’lim metodlaridan foydalanish Reja-fayllar.org


O’qitish metodlarida ta’lim metodlaridan foydalanish Reja

1-ilova
O’qitish metodlarida ta’lim metodlaridan foydalanish


Reja:
1. Ta’lim metodlari va usullari tushunchalari.
2. Zamonaviy didaktikada ta’lim metodlari tasnifiga turlicha yondashuvlar.
3. Ta’lim metodlarining mohiyati.
4. Ta’lim metodlarini tanlab olish shartlari.
5. Ta’lim vositalari va ulaming funktsiyalari.
2-ilova
4-ilova
Ta’lim metodlari.
Metod sо‘zi grekcha tadqiqot, maqsadga erishish yо‘li, usuli deganidir. Bu sо‘zning etimologiyasi (kelib chiqishi) uning ilmiy kategoriya sifatidagi talqinida ham aks etgan. “Metod – eng umumiy ma’noda – maqsadga erishish usuli, ma’lum tarzda tartibga solingan faoliyat”.
Ta’lim metodlari deyilganda, о‘rganilayotgan materialni egallashga qaratilgan turli didaktik vazifalarni hal etish bо‘yicha о‘qituvchining о‘rgatuvchi ishi va о‘quvchilar о‘quv-bilish faoliyatini tashkil etish usullari tushuniladi.
4A-ilova
Ta’lim usuli – ta’lim metodining tarkibiy qismi yoki alohida tomoni, Metodlar bilan usullar munosabati о‘zaro bir-biriga bog‘langan. Usul va metod butun va qism sifatida bir-biriga bog‘lanadi. Usullar yordamida faqat pedagogik yoki о‘quv vazifasining bir qismi hal qilinadi. Xuddi shu metodik usullar turli metodlarda foydalanilgan bо‘lishi mumkin. Va aksincha xuddi shu metod turli о‘qituvchilar tomonidan turli usullarda ochib berilishi mumkin.
5-ilova
Qoida – tanlab olingan metod bilan bog‘liqlikda faoliyat usullarini amalga oshirish uchun qulay tarzda harakat qilish zarurligini belgilab beruvchi meyoriy kо‘rsatmalardir.
6-ilova
Metodik usullar
Masalani о‘rgatish
Namoyish (kо‘rgazmali, obyektiv – tajriba, amaliy va aqliy harakatni namoyish etish, hokazolar)
Yо‘l-yо‘riq kо‘rsatish
Topshiriq berish
Metodik usullarning turlari
7-ilova
Ta’lim metodlari tasnifi:
1. An’anaviy (manbasiga kо‘ra) ta’lim metodlari (YE.I.Golant, N.M.Verzilin va bosh.)
2. О‘quvchilarning bilish faoliyati tavsifiga kо‘ra ta’lim metodlari tasnifi (I.Y.Lerner va M.N.Skatkin).
3. Asosiy didaktik maqsadlariga kо‘ra ta’lim metodlari tasnifi (M.A.Danilov va B.P.Yesipov).
4. Ta’limning binar metodlari (M.I.Maxmutov).
5. Yaxlit yondashuv bо‘yicha ta’lim metodlari tasnifi (Y.K.Babanskiy).
6. Ta’limning interfaol metodlari.
8-ilova





Download 7.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling