Ishlab chiqarilgan mahsulotning o‘zaroalmashuvchanlik ko‘rsatkichi o‘zaroalmashuvchanlik koeffitsienti bilan baholanadi va bu ko‘rsatkich quyidagicha aniqlanadi:
bu yerda -mahsulotga kiruvchi o‘zaroalmashuvchan detallarni tayyorlash mehnat sarfi, soat;
-mahsulotning barcha detallarini tayyorlash mehnat sarfi, soat.
Odatda Rossiya maxsus adabiyotlarida metall qirqish sanoatida o‘zaroalmashuvchanlik qoidalaridan foydalanish 1761-yil to‘la va ma’lum vaqtdan keyin Ijevsk qurol ishlab chiqarish zavodlarida qo‘llanilgan deb ta’kidlanadi. Aslida esa o‘zaroalmashuvchanlik qonun-qoidalaridan foydalanish ko‘p ming yillik o‘tmish tarixiga ega bo‘lib, Misr piramidalari qurilishida, qadimgi Rim suv quvrlari yotqizilishida keng qurilganligi ma’lum. O‘zaro almashuvchanlikning ishlab chiqarishdagi muxim axamiyatini odamlar o‘sha qadim zamonlarda ham anglab etishgan.
O’lchash vositalari va ularning asosiy metrologik tavsiflari
O’lchash ishlari asosan o’lchash vositalari yordamida amalga oshiriladi. Qo’llanilish bo’yicha o’lchash vositalari o’lchashlar, qayta o’zgaruvchan o’lchashlar, o’lchash asboblari, o’lchash qurilmalari va o’lchash tizimlariga bo’linadi.
O’lchash bu maxsus texnik vositalar yordamida biror bir buyum yoki mahsulotlarni fizikaviy qiymat kattaliklarini aniqlashdir.
Metrologiya fani o’lchashlar o’lchash usullari va ularning birligini ta’minlash vositalari va talab etilgan aniqliklarga erishish usullarini o’rganuvchi fandir.
O’lchash usullari
Bevosita
Bilvosita
Absolyut
Nisbiy
Kontaktli
Kontaktsiz
Differen-sial
Kompleks
- Bunda o’lchanayotgan qiymat kattaligi bevosita o’lchash asbobining ko’rsatkichi bo’yicha aniqlanadi. Masalan: valning diametrini o’lchash.
Do'stlaringiz bilan baham: |