O‘qituvchi faoliyatida muloqot madaniyati va psixologiyasi. Konflikt signallari mavzusida keys stadi. Keys vaziyati


Download 14.76 Kb.
Sana03.05.2023
Hajmi14.76 Kb.
#1423682
Bog'liq
3- topshiriq keys


O‘qituvchi faoliyatida muloqot madaniyati va psixologiyasi. Konflikt signallari mavzusida keys stadi.
Keys vaziyati: Nargiza maktabda ish boshlaganiga endigina 1 yil bo`lishiga qaramasdan, vaziyat taqqazosi bilan 7b sinfga sinf rahbarligiga ishga qo`yildi. Darslarning birida Nargiza darsga yuvilmagan va dazmollanmagan ko`ylakda kelgan Dostonga ko`zi tushdi. Dostonni o`rnidan turg`izib ko`ylagini kirligi, dazmollanmaganligi haqida gapirib, unga dakki bera boshladi. Doston yerga qaragan bo`yicha indamay turar, yuzlari olovday yonar va chuqur uhh tortar edi. Nargiza gapini tugatishi bilan Doston stolga zarb bilan musht urdi va shiddat bilan tashqariga chiqib ketti. Shundan so`ng ertassi kuni Doston darsga kelmadi, Nargiza Dostonning ota-onasiga tel qilib ular bilan ham bog`lana olmadi…
Keys topshirig`i:

  1. Nima deb o`ylaysiz maktab mamuriyati tajribasiz o`qituvchiga birdaniga shunday mas`uliyat yuklashi to`g`rimi?

  2. Nima deb o`ylaysiz Nargiza to`gri ish qildimi?

Keys yechimi:

  1. Yuqoridagi vaziyatda fvvalambor maktab mamuriyati mas`uliyatsizlik qildi desak o`rinli bo`ladi. Sababi 7 sinf o`quvchilari balog`at yoshidagi o`quvchilardan tashkil topishini hisobga olgan holda, bu vazifaga tajribali pedagogni jalb qilishlari lozim edi. Agar tajribasiz Nargiza nomzodi oxirgi chora bo`lgan taqdirda ham, uni avval tayyorlov bosqichidan o`tishini taminlashi yoki “ustoz-shogirt” an`anasiga muvofiq tajribali o`qituvchi pedagogga biriktirib qo`yishlari lozim edi. Balki, o`shanda Nargiza Dostonga nisbatan bunday muomila qilmagan bo`lar edi.

  2. Albatta Nargizaning qilgan ishi o‘qituvchi faoliyatida muloqot madaniyati va psixologiyasi masalalariga umuman to`g`ri kelmaydi. Bunga sabab uning tarjibasizligi deyish mumkin. Agar u tajribali pedagog bo`lib, “konflikt” va “konflikt signallari” haqida tushunchasi va amaliy bilimlari bo`lganida edi Dostonning o`zini tutishidan uning holatini ilg`agan va balki vaziyatni yengillashtira olgan bo`lar edi. Axir bekorga dono xalqimiz “-inson ko`ngli billur shishadur” deyishmaydi.

Bundan tashqari bu vaziyatda 7 sinf o`uvchilari balog`at yoshida bo`lishlari ham alohida ahamiyatlidir. Bu jihatlar to`g`risida Nargizada nazariy bilimlar bo`lishi tabiiy ammo, ularni amaliyotda ishlata olish ham shart va zarurdir.
Download 14.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling