Oʻqituvchi kitobi Darsning maqsadi: Dars -sinf o‘quvchikari uchun soatlik o‘quv dars sifatida ishlab chiqilgan. Bu dars orqali o‘quvchilar yo‘l harakati qoidalarini, opqib tushunish, tinglab tushunish
Download 9.71 Kb.
|
Oʻqituvchi kitobi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Asosiy qism.
- Ikkinchi dars
- Uchinchi dars Yozma topshiriq
- Toʻrtinchi dars Ogʻzaki nutqqa tayyorgarlik
Oʻqituvchi kitobi Darsning maqsadi: Dars 5-sinf o‘quvchikari uchun 4 soatlik o‘quv dars sifatida ishlab chiqilgan. Bu dars orqali o‘quvchilar yo‘l harakati qoidalarini, opqib tushunish, tinglab tushunish, va og‘zaki nutq ko‘nikmalarini hosil qiladilar va rivojlantiradilar Kirish. Dastlabki dars oʻqib tushunishga bagʻishlangan. Darsga kirish mashgʻuloti sifatida oʻqituvchi oʻquvchilar bilan salomlashadi va mavzuga kirish savollarini beradi. Mavzuga kirish savollari loyihada kiritilgan. Bu savollar oʻquvchini matnga va mavzuga tayyorlaydi. Asosiy qism. Soʻngra oʻqib tushunish uchun matn berilgan. Matn "Bolalar ensiklopediyasi"dam juzʼiy qisqartirishlar bilan kiritilgan. Matn Yer sayyorasi haqida. Matn orqali oʻquvchi Yer haqida va Beruniy haqida yangidan yangi maʼlumotlar bilan tanishadi. Matnni oʻqigach shu matn asosida berilgan savollarga javob beradilar. Savollar matnning mazmuniga qaratilgan. Rangli jadval Savollardan keyin rangli jadval keltirilgan. Jadvalda matnda qatnashgan tushunilishi qiyin boʻlgan soʻzlar ayni bir xil rangda berilgan. Bolalar uni moslashtirish asnosida oʻzlari matnni oʻqish jarayonida tushunolmagan soʻzlarining maʼnolarini bilib oladilar. Morfologiya Jadvaldan keyin grammatik qoida berilgan. Qoidada atoqli otlarga qisqacha izoh keltiriladi. Qoidadan keyin shu qoidaga taalluqli grammatik topshiriq beriladi. Grammatik mashq ham qoidani qamrab olgan, ham oʻqib tushunish uchun ajratilgan matndan foydalanilgani uchun oʻquvchilarga birmuncha qiziqarliroq boʻladi. Mazmuniy bloglarni toʻgʻri joylashtirish Keyingi topshiriq matn mazmuniga asoslangan. Matn mazmuniy bloglarga ajratilgan va har bir blogning maʼnosi bir gap bilan ifodalangan va aralashtirib qoʻyilgan. Oʻquvchilar uni topish jarayonida koʻp soʻzlarni kam soʻzlar bilan qoʻllay olishni ham oʻzlashtiradilar. Uyga berilgan vazifa ham grammatik mashqqa doir. Yaʼni oʻquvchilar sinfda oʻrganganlarini uylarida qisman takrorlaydilar. Ikkinchi dars Tinglab tushunish matni Ikkinchi dars tinglab tushunishga asoslangan. Mavzuga kirish qilish maqsadida erkin savollar berilgan. Undagi matn Quyosh sistemasidagi sayyoralar haqida. Matndan keyin yana unga taalluqli savollar berilgan. Moslashtirish testi Savollardan keyin moslashtirish testi keltiriladi. Unda oʻquvchilar tinglagan matnlari asosida olimlarni qilgan kashfiyotlari bilan moslashtirishi kerak boʻladi. Olimlar haqidagi bilimlar oʻquvchilarga keyingi darslarda ham zarur boʻladi. Shuning uchun ham bu topshiriq kiritildi. Grammatik qism Bu mavzuda oldingi darsning grammatik qoidasi davom ettirilgan. Mashq ham unchalik murakkab emas. Uyga vazifa Uyga vazifa esa oʻquvchilar uchun ajoyib bir oʻyin sifatida berilgan. Ular topishi mumkin boʻlgan ismlar: Oyxon, Sayyora, Feruza, Yulduz va shu kabilar. Uchinchi dars Yozma topshiriq Uchinchi dars jarayonida oʻquvchilar ham ijodiy matn yaratish jarayoni bilan, ham xat yozish jarayoni bilan qisqacha tanishadi. Bu ularga unchalik murakkab boʻlmaydi. Chunki har ikkala matnda nimalar yozishlari kerakligi qadamlar yordamida tushuntirilgan. Xat yozishdan oldin esa bola kichkinagina qiziqarli maʼlumot bilan tanishadi va bu uning xatga kirishish jarayoniga yordam beradi. Uyga vazifa Uyga vazifa sifatida topishmoq topish berilishining sababi shundaki, oʻquvchi endigina matn yaratishni boshlaganida uni bu vazifadan bezdirib qoʻymaslik. Toʻrtinchi dars Ogʻzaki nutqqa tayyorgarlik Va nihoyat oxirgi dars ogʻzaki nutqqa moʻljallangan. Bu darsda ham xuddi yozish jarayonida boʻlganidek ogʻzaki nutq jarayoni qadamlar vositasida tushuntirilgan. Lekin bu darsga kelib bolajonlar sayyoralar mavzusidan birmuncha siqilganlari sababli ularga har ikkala ogʻzaki nutqda ham mavzuni oʻzlari tanlash imkoniyati berildi. Olimlar haqida matn tayyorlashning qoʻshilganligi ularni mustaqil oʻzlari oʻrganib ogʻzaki nutq tayyorlashga oʻrgatadi. Va bu matnni tayyorlash uchun manbaning qayerdan olinishi mumkinligi keltirilganligi ham bolalarga katta yordam beradi. Uyga vazifa Bu dars shu mavzuning yakunlovchi darsi boʻlganligi sababli uyga vazifani tanlash imkoniyati mavjud. Bola oʻrganganlarini oʻzi xohlaganicha ifoda qila olishi mumkinligini sezsa, oʻquv faniga ham, oʻqituvchiga ham mehri oshadi, degan maʼnoda shunday vazifa topshirildi. Download 9.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling