O’qituvchi: Mamadiyev N. N. «Tasdiqlayman» 3-maktab o’quv ishlari bo’yicha direktor


Dars turi: yangi bilim beruvchi. Dars o’tish metodi


Download 71.25 Kb.
bet2/5
Sana18.06.2023
Hajmi71.25 Kb.
#1565185
1   2   3   4   5
Bog'liq
5 11-dars

Dars turi: yangi bilim beruvchi.
Dars o’tish metodi: Aqliy hujum, aralash, interfaol.
Dars jihozi: tarqatma materiallar, 5-sinf darsligi, grafiklar, jadvallar.
Texnik jihozlar: kompyuter, multimedia vositalari, slaydlar, proyektor.


Darsning blok chizmasi



Dars bosqichlari

Vaqt

Usullar

1

Tashkiliy qism

3 daqiqa




2

O’tilganlarni takrorlash

7 daqiqa

Savol-javob, klasster, test

3

Yangi mavzu ustida ishlash

17 daqiqa

Ma’ruza, aqliy hujum

4

Yangi mavzuni mustahkamlash

15 daqiqa

Mashq, savollar va topshiriqlar, klasster, blits-savollar, test

5

Yangi vazifa

3 daqiqa






Dars borishi: 
I. Tashkiliy qism:
1) Salomlashish.
2) Davomatni aniqlash.
3) Sinf jurnalini to’ldirish.


II. Takrorlash.
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
1. Kompyuterning dasturiy ta’minoti haqida so‘zlab bering.
2. Kompyuter ishlashi uchun qanday ta’minotlar zarur?
3. Dastur deb nimaga aytiladi?
4. Dasturchi kasbi haqida nimalarni bilasiz?
5. Nima uchun operatsion tizim boshqarish dasturlari deyiladi?


III. Yangi mavzuni bayoni:
Ma’lumki, foydalanuvchi kompyuterda nafaqat turli hujjatlarni, shuningdek, rasm, musiqa, klip, film va taqdimotlar hamda turli o‘yin dasturlarini ham saqlab qo‘yadi. Inson xotirasidan farqli ravishda, kompyuterlar bu qadar ko‘p ma’lumotni o‘z xotirasida qanday saqlay oladi? Buncha ma’lumotni chalkashtirib yubormaydimi? Bu savolga javob topish uchun biz fayl tushunchasi bilan tanishib olishimiz kerak.
Faraz qiling, Siz kutubxonadasiz. U yerda kitoblar qanday ketma-ketlikda joylashgan? Kerakli kitobni zudlik bilan topishi uchun qanday qidiruv tizimi o‘ylab topilgan?
Birinchidan, har bir kitobga raqamlar qo‘yilgan;
Ikkinchidan, kitoblar sohasiga (fanlarga) ko‘ra alohida tokchalarga ajratilgan;
Uchinchidan, “katalog” deb nomlanuvchi qutichalar yaratilgan. Bu qutichalarda shu kitoblarning raqami va qaysi tokchada joylashgani yozib qo‘yilgan. Demak, kitoblarni tez qidirib topish uchun ularni tartiblangan holda saqlash zarur ekan. Kompyuter xotirasidagi ma’lumotlar ham tartiblangan holda saqlanadi va ular fayllar deb ataladi.

––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––
ESLAB QOLING!
Fayl — kompyuterning biror tashqi xotirasida umumiy bir nom bilan saqlangan har qanday ma’lumot.
=======================================================================



Download 71.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling