talabi aniqlanadi,
xarajatlari baholanadi,
raqobatchilar tovari va narx tahlil qilinadi,
narxni shakllantirish uslubi tanlanadi,
oxirgi natijaviy narx o’rnatiladi.
«O’rtacha xarajatlar plyus foyda» tamoyili bo’yicha narx belgilash tovarning tannarxiga muayyan ustama qo’yishdan iborat bo’lib, narx belgilashning eng oddiy usuli hisoblanadi. Ustama narx miqdori tovar turiga qarab, juda keng chegaralarda tebranib turadi. SHuningdek, tovarning ishlab chiqaruvchidan pirovard natijada iste’molchiga etib borishga qarab oxirgi narx ulgurji va chakana savdo qo’yadigan ustama narxlar yakunini ifodalaydi.
«Ko’zlangan foyda normasi» olishni ta’minlaydigan narx belgilash usulini qo’llaydigan ishlab chiqaruvchilar oldindan sarf etilgan kapital uchun muayyan qaytim foiz olishga intmiladilar. Bu usul o’rtacha solishtirma xarajatlarni hisoblashga asoslanadi.
Narxni chegaraviy xarajatlar bo’yicha belgilash usulini qo’llash bilan firma mahsulotning qo’shimcha hajmi birligini bu mahsulotni ishlab chiqarishning alohida qiymatiga sotadi, bu holda xarajatlarning faqat bir qismi koplanadi, foyda amalga oshmaydi. Narx belgilashning bu strategiyasi agar firma ishni to’xtatish xavfi ostida qolgan va foydalanadigan ishchi kuchini saqlab qolishni xohlagan sharoitlarda naf keltirishi mumkin.
Savdoda do’konlarga xaridorlarning kelishini ko’paytirish uchun sotuvchilar ayrim tovarlarni to’liq xarajatlaridan pastroq baholab, «jalb etuvchi» narxlar yaratadilar. Xaridorlar ko’payadi, ular arzon narxdagi tovarlar bilan birga bunga qo’shimcha ravishda narxi me’yorda bo’lgan tovarlarni ham xarid qiladilar.
Bozor tez o’zgarib boradi va shunga ko’ra har bir mahsulot ham o’z yashash davrini ham o’taydi. Shu vaqt davomida firmalar doimo narxlarga o’zgartirishlar kiritadi.
Yangi mahsulotga narx belgilash eng jiddiy bosqichlardan biridir. YAngi mahsulotni ishlab chiqarish bilan bog’liq xarajatlar bozordagi talab darajasi, raqiblar harakati hali etarli darajada ma’lum emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |