O‘qituvchi nutqi madaniyati kursining maqsad va vazifalari. Nutq madaniyati tarixi Reja
Download 33.08 Kb.
|
O\'NM 1-2-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- epideyktik notiqlik
Yunon notiqligining dastlabki bosqichlari va uning boshlanishi bilan bog'liq ma'lumotlar bizgacha yetib kelgan emas. Albatta, yunonlarning davlat boshliqlari chetdan bo'ladigan hujumlarga xalqni, o'z armiyasini jangga ilhomlantira oladigan sarkardalar, so'zamol kishilar, usta notiq bo'lganlari ayon. Lekin tarixchilarning asarlarida ham bu haqda guvohliklar uchraymaydi. Bu haqda ayrim ma'lumotlar uchraydigan manba Gomerning “Iliada” va “Odisseya” dostonlaridir.
Gomerning “Iliada” dostoni Ilion shahrining nomi bilan bog'liq bo'lib, yunonlar Troya shahrini Ilion deb ataganlar. Doston Troya voqealari haqidagi rivoyatlar asosida yozilgan. Asar gekzametr – uzun va qisqa bo'g'inlar almashinuviga asoslangan she'riy o'lchovda yozilgan va 24 kitobni tashkil etadi. Notiqlik sanati tarixiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, uning quyidagi turlarini ko‘rishimiz mumkin: 1.Siyosiy-ijtmoiy notiqlik (siyosiy, iqtisodiy sohadagi, sessiya, anjumandagi, diplomatik, harbiy vatanparvarlik, miting nutqi va h.) 2.Akademik notiqlik (o‘quv yurtlaridagi, ilmiy ma’ruzalar, ilmiy sharh, axborot kabi) 3.Sud notiqligi (Qoralovchi, oqlovchi, o‘z-o‘zini himoya qilish kabi). 4.Ijtimoiy-maishiy notiqlik (madhiya, yubiley yoki maqtov, t1ziya (motam),tabrik (tost,alyor) nutqi kabilar. 5.Diniy notiqlik (xutba, va’z) Yunonistonda sud jarayonida boshqa birov manfaatini ko‘zlab nutq so‘zlovchilar sinegorlar (hozirgi advokatlar) deyilgan. Logograflar ded ataluvchi toifalar esa sinegorlarning bir ko‘rinishi bo‘lib, nutq matnlarini tuzib, yozib berish bilan shug‘ullanganlar. Afina tuprog‘ida notiqlik sanatiga juda qiziqish natijasida uning yangi-yangi turlari yuzaga kela boshlagan. Ana shulardan biri epideyktik notiqlik, yani tantanali notiqlikdir. Demosfen nutqlari tili va uslubi Demosfenning tili – o'z davrining sof attika tili. U o'z nutqida arxaizmlardan foydalanmaydi, poetik so'zlarni ishlatmaydi, Fukididga o'xshab yangi so'zlar yasamaydi. Dionisiyning qayd etishicha, Demosfenning kengashga oid nutqlari, suddagi so'zlagan nutqlariga nisbatan yuqori uslubda. Ayrim shaxslar uchun tayyorlagan nutqlarida ba'zan og'zaki xalq nutqiga xos ifodalar, xalq maqollaridan foydalangan. Ayrim nutqlarida Fukidid uslubiga xos oborotlardan foydalanganligi seziladi: infinitivdan, o'rta jinsdagi sifatlardan foydalanishi kuzatiladi. Infinitivdan foydalanishi natijasida uning dastlabki nutqlarida aniqlikka putur yetgani seziladi. Ko'p o'rinlarda birgina tushuncha ifodasida sinonimlardan foydalanish hollari uchraydi: bundan maqsad esa tinglovchilarning diqqatini ayni tushunchaga qaratishdan iborat: “Mayli aytishsin va maslahatlashishsin”, “xursand bo'lmoq va shodlanmoq”, “yig'lamoq va ko'z yoshi to'kmqo”, “so'zlar va nutqlar” kabi.Isokratning ta'limotiga ko'ra, bir so'zning oxirida va ikkinchi so'zning boshlanishida ikki unlining qator kelishi nomaqbul holat sanalgan, Demosfen ham bu qoidagi o'zining dastlabki nutqlarida amal qilgan bo'lsa ham, keyingi nutqlarida bundan chekingan. Xullas, Demosfen Yunonistonning sodiq farzandi sifatida o'z xalqi va vatani taqdirini o'z taqdiridan ajratmagan inson edi. Bunga uning o'zi aytgan quyidagi so'zlari guvohdir: “Notiqda na so'z, na uning ovozidagi tovush qadrli emas, aksincha, undagi eng qimmatli narsa shuki, xalq nimagaki intilgan bo'lsa, u ham shunga intilsin, vatani kimni sevsa yoki yomon ko'rsa, u ham o'shalarni yomon ko'rsin yoki sevsin”. Download 33.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling