O'qituvchi o'quvchisining onasiga shikoyat qilmoqda


Download 18.92 Kb.
Sana20.12.2022
Hajmi18.92 Kb.
#1035610
Bog'liq
латифа


O'qituvchi o'quvchisining onasiga shikoyat qilmoqda:
- Kecha o'g'lingiz partaga o'xshatib pashshani rasmini chizib qo'yibdi, urib o'ldiraman deb qo'lim sinishiga ozgina qoldi.
- Bu nima bo'pti, u bita vannada u chizgan timsohni ko'rib, u chizgan eshikdan chiqib ketganman. 

Onatilidarsi.O"qituvchi:


- Bolalar "taxminimcha" va "chunki" so'zlarini qo'shib gap tuzinglar.
Aziza qo'lini ko'tardi:
- Taxminimcha yomg'ir yog'sa kerak, chunki osmon to'la bulut.
- O'tir besh.
Botir qo'lini ko'tardi:
- Buvim gazetani oldi.
O'qituvchi:
- Qani buyerda bu so'zlar.
Botir:
- Taxminimcha hojatxonaga borsa kerak, chunki u o'qishni bilmaydi.

O'qituvchi:


- Bolalar, "Oyi menda bitta" so'zlari bilan tugaydigan gap tuzinglar.
Bolalar yozib bo'lishdi.O'qituvchi so'rashni boshladi:
- Aziza yozgan gapini o'qi.
- Bu yozda biz onam bilan janubda dam oldik. Dengizda cho'mildik, muzqaymoq yedik.Men oyimni sevaman.Oyi menda bitta!
- Barakalla. Umid seni navbating.
- Men otam bilan qo'shni davlatga bordim. Judayam qiziqarli bo'ldi, lekin baribir men oyimni ko'proq yaxshi ko'raman.Oyi menda bitta!
- Barakalla. Botir sen o'qi.
- Oshxonaga kirdim. Muzlatgichni ochdim.U yerda ikki butilka piva borakan.Bittasini olibi chdim. Shu vaqtda qo'shnixonadan televizor ko'ribyotgan oyim baqirdi:
- Botya! Muzlatgichda turgan ikkita pivani obke!
Men oyimga javoban: - Oyi menda bitta!

O'qituchi o'quvchisiga tanbeh beryabdi:


- Akmal nimaga sen Azizani ahmoq deding!? Hoziroq borib afsusdaligini ayt!
- Aziza... men ahmoqligingdan afsusdaman!

Zoologiya darsi:


- Abdullayev 5 ta Afrika hayvonini ayt.
- 2 ta maymun va 3 ta fil.

Maktab sinfga yangi o'qituvchi qizni xonaga boshlab kirdi.
- Bolalar bu yangi o'qituvchingiz. Sizlarga yoqadi degan umiddaman.
Bolalardan biri: - Qomati chakkimas
Direktor (mag'rur):
- O'zim tanladim)) 

Ikki talaba talabalar uyidagi xonasida o'tirishibdi. Birida sosiska, ikkinchisida non. Bir biriga bergisi kelmabdi. Shunda birinchisi: - Qorinam ochdi, zerikdik, durak o'ynaymiz. Ikkinchisi: - Xop karta yo'gu. Shunda birinchisi: - Qo'limizda bor narsa bilan o'ynaymiz. Ikkinchisi: - Xop boshla.


Birinchisi bitta sosiska qo'yib: - Tuz!
Ikkinchisi bir bo'lag non qo'yib: - 6 kozer. Olib sosiskayaniyam, nonniyam yedi.
Shunda birinchisi o'ylab o'ylab hamma sosiskasini qo'yib: - Tuz kozer!
Ikkinchi talaba hotirjam: - Nima ham qilardim. Mayliko'tardim...
Нотаниш номердан қиз болага смс келди.
— Севганингиз борми?
— Ҳа, бор. Ким бу?
— Бу мен дадангман, уйда гаплашамиз.
5 минутдан сўнг бошқа номердан смс:
— Севганингиз борми?
— Йўқ, ким бу?
— Бу мен севганинг. Демак мендан ор қилар экансан-да.
— Йўқ, дадам синаб кўраётганди. Шунга йўқ дедим.
— Бу яна мен, даданг, уйга борай кўрасан.
***
Кечаси бир қиз арвоҳлардан қўрқиб қабристон олдидан ўтолмай турган экан, бир йигит кeлиб қолибди.
Қиз:
— Жон ака, мeни шу қабристондан ўтқазиб қўйинг, — дeбди.
Йигит: «Ҳўб бўлади», дeб қизни зeриктирмай латифалар айтиб, кулдириб ўтқазиб қўйибди.
Қиз хурсанд бўлиб «сиз ажойиб инсон экансиз», дeса.
Йигит:
— Эҳ, сиз мани тириклигимда кўрганингизда эди, — дeрмиш.
***
Бир одам адвокатга келиб, маслаҳат сўрабди:
— Дўстим мендан 500 минг қарз олган. Лекин ҳечам тан олмаяпти. Нима қилсам бўлади?
Адвокат:
— Сиз дўстингизни ёнига боринг-да, 1 миллион қарз эканини унга айтинг!
— Ахир у 1 миллион эмас, 500 минг қарз эканини айтиб тўпалон қилади-ку?!
— Ана шу гапи сизга исбот бўлади!
***
Ўлим тўшагида ётган қария набирасига васият қилибди:
— Набирагинам! Сенга битта катта ферма, учта уй, иккита далаҳовли, бешта дўконни мерос қолдираман.
Набираси шошилиб:
— Қаерда буважон, қаерда?, — деб сўраса,
— Телефонимдаги «МояФерма» ўйинида!, — дермиш қария.


Download 18.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling