O’QITUVCHI PEDAGOGIK FAOLIYATIDA KOMMUNIKATIV QOBILIYATNING O’RNI. Reja 1.Kommunikativ qobiliyat - o’qituvchi kasbiy faoliyatida tarbiyalanuvchilar bilan pedagogik aloqa o’matishning asosiy qonuniyatlaridan biri ekanligi. 2.O’zaro fikr almashish omillari bilan bevosita bog’liq bo’lgani kommunikativ qobiliyatning yo’nalishlari. 3.O’quvchilar bilan ta’lim-tarbiyaviy jarayonda ijobiy aloqalar o’matish, ijobiy iqlim yarata olish, o’ziga ishontira olish va jalb qilish - o’qituvchi kommunikativ qobiliyatining asosiy mohiyati ekanligi. 4.Muloqot orqah ta’sir etish. Muloqotga kirishish. Aloqa o’rnatish (kommunikatsiya) tushunchasi, uning mohiyati, pedagogik ta’sir etish usullari. 5.O’qituvchi tomonidan muloqotga kirishish jarayonida qo’llaniladigan muomala uslublari. 6.Pedagogik ta’sir ko’rsatish o’qituvchining muhim kommunikativ qobiliyatlaridan biri ekanligi. 7.Ta’lim va tarbiya jarayonida o’qituvchi tomonidan pedagogik ta’sir ko’rsatishning asosiy usullari Tayanch tushunchalar: - Ekstravert-umumiy faollik, introvert-ichki olamga berilgan, shaxs perseptiv xususiyati – kuzatuvchanlik, tezis-bu isbot qilish kerak bo’lgan fikr, argument- bu tezisni isbotlashda yordam beradi.
O‘zaro fikr almashish omillari bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan kommunikativ qobiliyatning quyidagi yo‘nalishlari mavjud: - - o‘quvchilarni ishontirish;
- - o‘quvchilar ongiga ta’sir etish;
- - o‘zgalarga taqlid qilish.
Ishontirish o‘qituvchining kasb faoliyatiga taalluqli bo‘lgan murakkab faoliyatida asosiy ta’sir ko‘rsatish vositasi bo‘lib, ta’lim-tarbiya jarayonida ishlatiladigan usullardan biri hisoblanadi O‘quvchilar ongiga ta’sir O‘qituvchilarning o‘zaro suhbati va faoliyati jarayonida tarbiyalanuvchi ongiga ta’sir etishning o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, u o‘quvchilarning psixikasi va xulq-atvoriga sezilarsiz ravishda ta’sir ko‘rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |