O’qituvchi: S. Imomnazarov mavzu: Transport vositalarida ishlatiladigan plastik surkov moylari. O´quv moduli birliklari


Download 0.62 Mb.
bet1/3
Sana24.03.2023
Hajmi0.62 Mb.
#1293662
  1   2   3
Bog'liq
6 mavzu (4)


AVTOMOBIL yonish muhandisligi O’QITUVCHI: S.IMOMNAZAROV
Mavzu: Transport vositalarida ishlatiladigan plastik surkov moylari.
O´quv moduli birliklari:
1.Plastik surkov moylarining vazifasi va ularni sifatiga qo`yiladigan talablar.
2.Plastik surkov moylarining umumiy xususiyatlari.
3.Plastik surkov moylarining mexanik xususiyatlarini baholash usullari.
4.Surkov moylarining bug’lanuvchanligi, kalloid, mexanik va kimyoviy turg’unligi.
5. Plastik surkov moylarini markalanishi va ishlatilishi.
 
Plastik surkov moylarining vazifasi va ularni sifatiga qo`yilgan asosiy talablar
Plastik surkov moylarining asosiy vazifasi huddi suyuq moylar vazifasi kabi - detallarni yeyilishini kamaytirish, ishqalanish koeffitsientini pasaytirish va metallarni korroziyadan saqlashdan iborat. Yuqorida ta`kidlab o`tilgan birinchi ikkita vazifani yoki bu ikki vazifani birini bajara oladigan moylar antifriktsion moylar deyiladi. Metall buyumlarni korroziyadan saqlash (saqlashda tashishda va hokazo) uchun ishlab chiqariladigan moylar konservatsion (himoya) moylar deyiladi. Texnikada asosiy vazifasi detallar orasidagi tirqishlarni zichlashdan iborat bo`lgan zichlash moylaridan ham keng ko`lamda foydalanilmoqda.
O`z navbatida antifriktsion moylar indekslar bilan belgilanadigan kichik guruhlarga bo`linadi: S-umumiy ishlar uchun mo`ljallangan; O-yuqori haroratlarda ishlatiladigan (110C gacha); M-ko`p maqsadlarda ishlatiladigan (minus 30S dan 130S haroratda hamda o`ta nam sharoitda ham ishlay oladigan; J-issiqlik ta`siriga chidamli (150C va undan yuqori haroratlarga chidamli); N-sovuqqa chidamli (minus 40C dan past haroratlarga ham chidamli).

Surkov moylarining turg`unligi. Surkov moylari o`z xususiyatlarini bir qator omillar ta`sirida, birinchi navbatda haroratni keskin ortishi va moy miqdorini kamayishi ta`sirida qisman yoki butunlay yo`qotishi mumkin.
Ishlatilish sohasiga qarab surkov moylari (DAST23258-78) quyidagilarga bo`linadi: antifriktsion-mexanizmlarda ishqala-nish va yeyilishni kamaytiradigan; kontsevatsion-metall buyum-larni zanglashdan saqlaydigan; zichlagich mexanizmi va uskuna-larda tirqishlarni germetik berkitadigan; kanatlar uchun o`z navbatida antifriktsion surkov moyla­ri oddiy va yuqori haroratlar uchun umumfoydalanadigan, ko`p maqsadli, past haroratli, yuqori haroratli, sovuqqa chidamli, tarmoqli, maxsus va asboblar uchun turlarga bo’linadi.
Ishlash jarayonida surkov moylari yuqori harorat, tezliklar va yuklamalar, hamda tashqi muhitning har xil omillari (havo kislorodi, suv, korrozion-faol birikmalar, radiatsiya va boshqalar) ta`sirida bo`ladi. Bu ta`sir moyni termik parchalanish, termooksidlanish jarayonlari va polmerizatsiyaga olib keladi, bular esa ishqalanishning yuvenil sirtlarini katalitik ta`siri va ko`chirish deformatsiyasi ta`sirida jadallashadi, bularning hammasi surkov moylarining eskirishiga va ekspluatatsion xususiyatlarini yomonlashishiga olib keladi. Yana ish ja­rayonida surkov moyining moy asosini bug`lanishini, quyultirgichni me­xanik destruktsiyasi, uni ishqalanish tarmog`idan oqib chiqishi natijasida uning sarfi oshib boradi.
rasm. Penetrometr shakli

Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling