O’qituvchi: S. Imomnazarov mavzu: Transport vositalarida ishlatiladigan plastik surkov moylari. O´quv moduli birliklari


Avtomobillarda ishlatiladigan plastik surkov moylarining asosiy turlari tavsifi


Download 0.62 Mb.
bet3/3
Sana24.03.2023
Hajmi0.62 Mb.
#1293662
1   2   3
Bog'liq
6 mavzu (4)

Avtomobillarda ishlatiladigan plastik surkov moylarining asosiy turlari tavsifi
Respublikamizda va xorijda ishlab chiqariladigan plastik surkov moylarining o`zaro almashinishi
Plastik surkov moylarini markalanishi va ishlatilishi
Quyultirgichlar quyidagicha ifodalanadi: A-alyuminiyli; Ka-kaltsiyli, Ba-bariyli, Li-litiyli va boshqalar, K-kompleksli sovun (Ba-bariyli, Ka-kaltsiyli va boshqalar); ikkita va undan ko`p quyultirgichli tarkibli indekslar bilan ifodalanadi: Ba-Na, Li-Ba, Si-p va boshqalar. Tavsiya etilgan harorat chegarasi o`n marta kamaytirilgan holda kasr shaklida ko`rsatiladi (masalan, 3/12-ishlatish harorati intervali-30°C dan 120°C gacha). Dispers muhit turi va qattiq qo`shimchalar tarkibida borligi rus alfavitining yozma harflari bilan belgilanadi: N-neft moyi, U-sintetik uglevodorodlar, G-grafit va boshqalar. Ikkita va undan ko`p moylar aralashmasi qo`shma indekslar bilan ifodalanadi: NK UE va boshqalar. Birinchi o`rinda dispertsion muhitga eng ko`p kontsentratsiya bilan kiradigan moy indeksi qo`yiladi. Masalan, plastik surkov moylari quyidagicha ta`riflanadi: SKa 2/8-2 surkov moyi; S-oddiy haroratlarda umumiy ishlatiladigan, Ka-kaltsiy sovuni bilan quyultirilgan, 2/8-minus 20...80°C da (moy qovushoqligi -200C da 2000 pa.s ga yaqin); dispertsion muhit indeksini quyilmaganligi surkov moyini neft moyi asosida tayyorlanganligini ko`rsatadi; 2-penetratsiyasi (25...298 ga teng).
Avtomobillarning bir qator tarmoqlari tarkibida natriyli-kaltsiyli sovun aralashmasi bo`lgan moylar yordamida moylanadi. Bu turdagi moylarning dastlabkilaridan biri 1-13 moyi bo`lib, bu moy tarkibiga asosiy quyultirgich (natriyli sovun)ga 1-2 foiz miqdorida kaltsiyli sovun aralashtiriladi (bu ikki turdagi sovun kanakunjut moyi asosida tayyorlanadi). Natijada suyuqlanilishi bo`yicha konstalin bilan bir xil, suv ta`siriga turg`unligi bo`yicha esa konstalindan yaxshi bo`lgan surkov moyi olinadi. 1-13 moyidan g`ildirak podshipniklarini va avtomobilning boshqa tarmoqlarini moylashda foydalaniladi. 1-13 moyiga bo`lgan ehtiyojning yuqoriligi va bu moyni tayyorlashda foydalaniladigan kanakunjut moyining kamyobligi sintetik kislotalar asosidagi natriyli-kaltsiyli moylarni ishlab chiqarilishiga sabab bo`ldi. Bulardan biri YaNZ-2 surkov moyi bo`lib, u qiyin suyuqlanadi va suv ta`siriga chidamsiz. Bu moy minus 300C haroratgacha g`ildirak gupchaklari, suv nasoslari podshipniklarini, kardanli vallarning oraliq tayanchlarini, ventilyator yuritmasining tayanchini va suv kirishidan zichlamalar yordamida himoyalangan boshqa podshipnikli tarmoqlarni moylash uchun ishlatiladi.
Yuqori sifatli ko`p maqsadlarda ishlatiladigan Litol-24 moyi keng tarqalgan. Uning tarkibiga steorin kislotadan tayyorlangan litiyli sovun qo`shilgan bo`lib, natijada minus 400C dan 1300C gacha haroratlarda ishlatish mumkin bo`lgan universal moy olingan. Litol-24 universal moy bo`lib, uni barcha turdagi solidollar, konstalin, 1-13, YaNZ-2, №158 lardan foydalaniladigan tarmoqlarda o`il davomida ishlatish mumkin.
Avtomobil generatorlari va statyorlari, elektr dvigatellar, kardanli birikmalar va oyna tozalagichlarning podshipniklarini uzoq muddat ishonchli ishlashini ta`minlash uchun qiyin suyuqlanadigan (tomchilab tushish harorati 1300C dan ortiq) va suv ta`siriga chidamli bo`lgan №158 moyidan foydalaniladi. №158 moyi kaliyli va litiyli sovunlar asosida tayyorlanadi va ularga ko`k rang beruvchi pigment qo`shiladi.
ETIBORINGIZ UCHUN RAXMAT
Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling