O’qituvchi: S. Imomnazarov mavzu: Transport vositalarida ishlatiladigan plastik surkov moylari. O´quv moduli birliklari


Download 0.62 Mb.
bet2/3
Sana24.03.2023
Hajmi0.62 Mb.
#1293662
1   2   3
Bog'liq
6 mavzu (4)

Moy penetratsiyasi. plastik moylarning mexanik xususiyatlarini baholashda bir qator qiyinchiliklarga duch kelinadi, bulardan biri nisbatan jiddiy e`tibor berilishi lozim bo`lgan, quyultirgichlar yordamida hosil qilingan yarkibni tashqi muhit ta`siriga sezgirligidir. Bu xususiyat qattiq va suyuq moylar uchun me`yorlanishi zarur bo`lgan tavsifiy ko`rsatkichlardan biridir. Shu sababli bir qator moylash materiallarining xususiyatlari penetratsiya ko`rsatkichi bo`yicha baholanmoqda.
Moy penetratsiyasini aniqlashda standart penetrometrdan foydalaniladi (8.1-rasm). penetrometrning asosiy detali yo`naltiruvchi shtativga 4 o`rnatilgan prujinali stopor 3 yordamida tutib turiladigan shtok bilan 5 qattiq bog`lanishdagi konusdan 2 iborat.
Surkov moylarining chegarasi va qovushoqligi bo`yicha yuqorida aytilgan fikrlarga asosan ularning mexanik xususiyatiga qo`yiladigan talablarni quyidagicha ifodalash mumkin: surkov moylari ma`lum mustahkamlik chegarasiga va berilgan ish sharoiti uchun imkon qadar kamroq qovushoqlikka ega bo`lishi lozim.
rasm. Plastik surkov moyining tomchilab tushish haroratini fniqlash asbobi. 
Surkov moylarining bug`lanuvchanligi, kalloid, mexanik va kimyoviy turg`unligi
Surkov moylarining suv ta`siriga turg`unligi. Bu ko`rsatkich surkov moyining suvda erishiga qarshilik ko`rsatish xususiyatini tavsiflaydi. Suvda erimaydigan litiyli (masalan, Litol-24) va kaltsiyli sovunlar (solidollarning barcha markalari) bilan quyuqlashtirilgan antifriktsion surkov moylari nam ta`siriga chidamlidir. Uglevodorodli quyuqlashtirgichlar asosida tayyorlangan himoya surkov moylari suvda mutlaqo erimaydi. Kaltsiy-natriyli sovunlar asosida tayyorlangan antifriktsion surkov moylari, masalan, YaMZ-2 moyi, namga chidamsizligi bilan ajralib turadi. Bu moylarni namdan ishonchli himoyalangan (g`ildirak gupchaklari, ventilyator tasmalarini taranglash roliklari va hokazo) ishqalanuvchi tarmoqlarni moylashda ishlatish mumkin.
Surkov moylari tarkibidagi erkin ishqorlar va organik kislotalar, mexanik aralashmalar mikdori. Surkov moylarining korrozion aktivligini belgilovchi erkin ishqorlar moy tarkibida, massasi bo`yicha 0,1-0,2 foizdan oshmasligi kerak. Detallarning abraziv yeyilishiga sabab bo`luvchi erkin organik kislotalar va mexanik aralashmalar moy tarkibida bo`lmasligi lozim.

Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling