O’qituvchi: Toshkent – 2022 byudjet tashkilotlarida kassa va kassa operatsiyalari hisobi reja: kirish


-rasm. Byudjet tashkilotlarida kassa muomalalari va ular hisobini tashkil etishning o`ziga xos xususiyatlari


Download 333.31 Kb.
bet3/5
Sana17.06.2023
Hajmi333.31 Kb.
#1534681
1   2   3   4   5
Bog'liq
Byudjet tashkilotlarida kassa va kassa operatsiyalari hisobi

2-rasm. Byudjet tashkilotlarida kassa muomalalari va ular hisobini tashkil etishning o`ziga xos xususiyatlari2
Byudjet tashkilotlarida kassa muomalalari hisobini tashkil etishda buxgalteriya hisobi oldiga quyidagi vazifalar qo’yiladi:
- Byudjet tashkilotlarida kassa muomalalari hisobini amaldagi me’yoriyhuquqiy xujjatlarga mos ravishda tashkil etish;
- Kassa muomalalari hisobini boshlang’ich va yig’ma xujjatlar hamda hisob regstirlarida o’z vaqtida to’g’ri rasmiylashtirish;
- Byudjet va byudjetdan tashqari pul mablag’larini daromadlar va xarajatlar smetalari bo’yicha maqsadli sarflanishi va saqlanishini ta’minlash;
- Buxgalteriya schyotlarida moliyaviy aktivlar mavjudligi hamda harakatini aniq, to’liq va o’z vaqtida aks ettirish;
- Tashkilot kassasida, shaxsiy hisobvaraqlardagi pul mablag’lari, pul xujjatlari, moliyaviy qo’yilmalar butligi ustidan doimiy nazorat olib borish;
- Kassa muomalalarini hisob registrlarida o’z vaqtida aks ettirib borish;
- Kassa muomalalari hisobi bo’yicha birlamchi hujjatlar hamda hisob registrlaridagi ma`lumotlarni umumlashtirgan holda hisobot shakillantirish.
Normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan talablarga ko’ra byudjet tashkilotlarida kassa muomalalarini nazorat qilish, ya’ni doimiy ravishda inventarizatsiyadan o’tkazish tashkilot rahbari hamda buxgalteriya xizmati rahbari tomonidan bir oyda bir marotaba kamida yoki kutilmagan istalgan vaqtda ogohlantirishsiz amalga oshirilishi mumkin.
Byudjet tashkilotlarida pullardan to’g’ri va samarali foydalanish uchun normativ-huquqiy asoslari ishlab chiqildi. Bu o’z navbatida davlat pullarining samarasiz ishlatilishini va noqonuniy yo’llar bilan o’zlashtirilishini oldini oladi. Bizning yurtimizda byudjet tashkilotlariga oid qonunlar jahon standartlaridan namuna olingan holda rivojlanmoqda. Normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan talablarga ko’ra byudjet tashkilotlarida kassa muomalalarini nazorat qilish, ya’ni doimiy ravishda inventarizatsiyadan o’tkazish tashkilot rahbari hamda buxgalteriya xizmati rahbari tomonidan bir oyda bir marotaba kamida yoki kutilmagan istalgan vaqtda ogohlantirishsiz amalga oshirilishi mumkin. Byudjet tashkilotlarida kassa muomalalari hisobi va nazoratini tashkil etishning 2 xil asosi bo’lib: normativ-huquqiy va uslubiy asoslari.
Normativ- huquqiy asoslar: O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O’zbekiston Respublikasi Budjet kodeksi, “Buxgalteriya hisobi” to’g’risidagi qonun, Byudjet hisobi standartlari, Buxgalteriya hisobini bevosita va bilvosita tashkil etishni tartibga soluvchi qonunlar va qonuniy xujjatlar jumladan, (O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari), Budjet tashkilotlarida buxgalteriya
Uslubiy asoslar: “Yuridik shaxslar tomonidan kassa operatsiyalarini yuritish qoidalari”, “Byudjetdan mablag’ oluvchilarning shaxsiy hisobvaraqlarini O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G’aznachiligida va uning hududiy bo’linmalarida yuritish Qoidalari”, “Budjet tashkilotlarini mablag‘ bilan ta’minlash tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi Qaror, “O‘zbekiston Respublikasi byudjet tizizmi byudjetlarining g‘azna ijrosi qoidalari”, “Buxgаltеriya hisоbidа hujjаtlаr vа hujjаtlаr аylаnuvi to’g’risidа” gi Nizоm, O’zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobi milliy standarti 19-son BHMS, “O’zbekistоn Rеspublikаsi Dаvlаt byudjеtidа turuvchi tаshkilоtlаrning xаrаjаtlаr smеtаsi vа shtаtlаr jаdvаlini tuzish, ko’rib chiqish, tаsdiqlash vа ro’yxatdan o’tkazish tаrtibi to’g’risida”gi, “Budjеt tаshkilоtlаridа buxgаltеriya hisоbi to’g’risidа”gi yo’riqnоmа, “O’zbekistоn Rеspublikаsi Dаvlаt byudjеtidаn mаblаg’ bilаn tа’minlаnаdigаn tаshkilоtning dаvriy mоliyaviy hisоbоtlаrini tuzish tаsdiqlаsh hаmdа tаqdim qilish bo’yicha qоidаlаr” va boshqalar kiradi.
Respublikamizda byudjet tashkilotlari kassa opertasiyalarini amalga oshirishda qonun hujjatlariga tayanilgan holda amalga oshiriladi.
1.“Byudjet kodeksi” ushbu normativ hujjat davlat byudjeti ijrosini amalga oshirishda eng asosiy qonuniy xujjat hisoblanib ushbu kodeks talablari asosida byudjet ijrosiga oid boshqa huquqiy xujjatlar qabul qilnadi va amaliyotga joriy qilinadi. Ushbu kodeks davlat byudjeti ijrosi jarayonida byudjet tashkilotlarida xarajatlarni amalga oshirishni tashkil qilish, daromadlar va xarajatlarni tasniflash, daromadlar va xarajatlarni nazorat qilishda asos bo‘lib hisoblanadi.
2. O‘zbekiston Respublikasi “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi Qonuni nafaqat xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar balki, byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobini tashkil qilish va yuritishning me’yoriy-huquqiy asosi hisoblanadi. Ushbu qonun buxgalteriya hisobiga oid boshqa barcha me’yoriy-huquqiy xujjatlarni ishlab chiqishda asos hisoblanadi. Byudjet tashkilotlarida kassa muomalalari hisobini tashkil qilish va yuritish ushbu qonun talablari asosida amalga oshirilishi kerak.
3 “O‘zbekiston Respublikasi byudjet tizizmi byudjetlarining g‘azna ijrosi qoidalari” (Adliya vazirligida 2016 yil 22 dekabrda 2850-son bilan ro‘yxatga olingan). Byudjet tashkilotlarida kassa muomalalarini bo‘yicha daromadlari tushumi, ularni shaxsiy hisobraqamlarga topshirish tartibi, byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘lari bo‘yicha mexnat haqi hamda unga tenglashtirilgan to’lovlar bo’yicha xarajatlarni to‘lovini amalga oshirish tartibini belgilaydi.

Download 333.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling