O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
“BYUDJET HISOBI VA G’AZNACHILIK” FAKULTETI
“BYUDJET HISOBI VA G’AZNACHILIK ISHI” KAFEDRASI
“I-56-2” guruh talabasi
Mirjamolova Munavvar tomonidan
“BYUDJET HISOBI” fanidan
“Byudjet tashkilotlarida kassa va kassa operatsiyalari hisobi” mavzusida
MUSTAQIL ISH
O’qituvchi: ____________________
Toshkent – 2022
BYUDJET TASHKILOTLARIDA KASSA VA KASSA OPERATSIYALARI HISOBI
REJA:
KIRISH…………………………………………………………………………..3
1. Byudjet tashkilotlarida kassa va kassa operatsiyalarini tashkil etishning nazariy asoslari………………………………………………………………….
2. Byudjet tashkilotlarida kassa va kassa operatsiyalari hisobining amaliy jihatlari………………………………………………………………………..........
3. Byudjet tashkilotlarida kassaning joylashtirilishi asoslari va kassa operatsiyalarini hisobini takomillashtirish yo’nalishlari ……………………………………………………………………………………
XULOSA………………………………………………………………………….
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI
Kirish
Mamlakatimiz iqtisodiyotining barcha sohalarida amalga oshirilayotgan
islohotlar singari byudjet ijrosi tizimida ham qator istiqbolli o‘zgarishlar amalga
oshirildi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Byudjet kodeksiga asosan Davlat
byudjeti mablag‘larini maqsadli sarflanish tizimi yo‘lga qo‘yildi. Ya’ni,
g‘aznachilik va uning hududiy bo‘linmalari orqali byudjet mablag‘lari va
byudjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha belgilangan tartibda kassa ijrosi amalga
oshirilmoqda. Bugungi kunda byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari
barcha mablag‘lari g‘aznachilikka qamrab olinib daromadlar va xarajatlar
smetalari ijrosi ta’minlanmoqda. Bu o‘z navbatida mablag‘lardan maqsadli va
samarali foydalanish, mablag‘larni iqtisod qilishga xizmat qilib byudjet
taqchiligini oldini olishni ta’minlamoqda.
Bu borada O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
rahbarligida boshlangan hamda hayotga tadbiq etilayotgan izchil islohotlar,
amaliy sa’y-harakatlar yangi taraqqiyot marralarini egallash, zamonga mos tarzda
rivojlanish, xalqimiz manfaatlarini ta’minlashga qaratilganligi bilan g’oyat
ahamiyatlidir. Xususan, davlatimiz rahbari ta’kidlab o’tganlaridek, davlat
moliyasini boshqarishda “...iqtisodiy islohotlar va ijtimoiy o’zgarishlarni
muvaffaqiyatli amalga oshirish, eng avvalo, iqtisodiy va moliyaviy organlarning
faoliyati samaradorligiga bog’liqdir”1.
Barcha sohalarda bo’lgani kabi byudjet tizimida ham islohotlar amalga
oshirilib davlat byudjeti ijrosining mustahkam va xalqaro standartlarga mos
keluvchi, milliy xususiyatlarni o’zida mujassamlashtirgan normativ-huquqiy
asoslari shakllantirildi. Xususan, 2015 yil 21 iyunda yangi tahrirda O’zbekiston
Respublikasi Adliya vazirligida 2786-son bilan ro’yxatga olingan “Yuridik
shaxslar tomonidan kassa operatsiyalarini yuritish qoidalari” amaliyotga joriy
qilindi. Hozirda byudjet tashkilotlarida ushbu qoidalar talablari asosida kassa ishlari tashkil qilinadi, kassa muomalalari ham ushbu qoidalar asosida
hujjatlashtiriladi va hisobga olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |