O’qituvchi: Toshkent – 2022 byudjet tashkilotlarida kassa va kassa operatsiyalari hisobi reja: kirish
Byudjet tashkilotlarida kassaning joylashtirilishi asoslari va kassa operatsiyalarini hisobini takomillashtirish yo’nalishlari
Download 333.31 Kb.
|
Byudjet tashkilotlarida kassa va kassa operatsiyalari hisobi
Byudjet tashkilotlarida kassaning joylashtirilishi asoslari va kassa operatsiyalarini hisobini takomillashtirish yo’nalishlari. Byudjet tashkilotlrida kassa muhim joy bo’lib hisoblanadi. Shu sababdan kassa ma’lum sabablarga javob berishi lozim. Naqd pul mablag’lari va boyliklarning ishonchli saqlanishini ta’minlash uchun kassa quyidagi talablarga javob berishi kerak:
2. Kassa xonalarini texnik jihatdan mustahkamlashga qo’yiladigan talablar: - ichki devorlar va pardevorlar mustahkamlik jihatidan har birining qalinligi 80 mm bo’lgan, o’rtasidan po’lat panjara o’tkazilgan, payvandlangan gips-beton panellarga yoki metall to’r bilan armaturalangan, qalinligi 120 mm bo’lgan g’ishtin devorga mos bo’lmog’i kerak. Ilgari qurilgan binolarda taxtalardan zich qilib qurilgan, ichkari tomonidan po’lat panjaralar bilan mustahkamlangan oddiy pardevorlar bo’lishiga yo’l qo’yiladi. - kassa darchasining o’lchami 200x300 mm dan oshmasligi kerak, tashqari tomondan esa u metall panjara bilan mustahkamlanadi. - eshik korobkasi po’lat uchburchakdan tayyorlanadi. Ilgari qurilgan binolarda po’lat uchburchaklar bilan mustahkamlangan yog’och eshik korobkalari saqlanishiga ruxsat etiladi. Barcha holatlarda ular devorga po’lat ilgaklar bilan qattiq mahkamlanadi. - tashqi kirish eshigi, deraza eshikchalari, kassa darchasi eshigi va pardevorlar 40 mm dan kam bo’lmagan qalinliqdagi taxtalardan tayyorlanadi, ular ikki tomondan ruxlangan tunuka bilan qoplanadi va tunukalarning chetlari ichkari tomonga bukiladi, bunda metall listlarining yuza tomon bilan tutashuviga yo’l qo’yilmaydi. Metall listlar perimetr va diagonallari bo’yicha qadami 60 mm ga qadar qilib uzunligi 40 mm dan kam bo’lmagan mixlar bilan, taxtalarga mixlanadi. - barcha panjaralar o’lchami ko’pi bilan 150x150 mm bo’lgan yacheykalar hosil qilgan holda diametri kamida 16 mm bo’lgan po’lat chiviqlardan tayyorlanadi va bu panjaralar gaz-elektr payvand yordamida devorga qoqilgan metall ilgaklarga kavsharlanadi. - ilgaklar diametri kamida 16 mm bo’lgan po’latdan tayyorlanadi va qurilish konstruktsiyalariga kamida 150 mm chuqurlikda qoqiladi. - panjara ramalari o’lchami 30x40 va qalinligi kamida 5 mm bo’lgan po’lat burchakdan tayyorlanadi. Ular bilan perimetr bo’yicha quyidagilar jihozlanadi: kassa darchasi, eshik korobkalari va pardevorlar, pol, shiftdagi muhandislik tarmoqlari o’tishi uchun mo’ljallangan boshqa barcha teshiklar. Muhandislik tarmoqlari o’tishi uchun mo’ljallangan teshiklarning diametri 200 mm. dan oshmasligi kerak. .Kassa punktlarini jihozlash tartibi: ish haqi va boshqa to’lovlarni kassirlardan boshqa shaxslar beradigan korxonalarda, ular kassa operatsiyalarini olib boradigan joylarda pul va boyliklarning saqlanishini ta’minlash maqsadida kassa punktlari jihozlanadi. pol va devoriy qurilish konstruktsiyalariga metall javon yoki ikki sektsiyali qutilar mahkamlangan maxsus xizmat xonasi kassa punkti deb ataladi. Ularning eshiklari ichkaridan mustahkam zulfinlar, metall zanjir va ko’rish tuynugi bilan jihozlanadi, derazalar, lyuklar, teshiklar va boshqa joylar belgilangan konstruktsiyadagi metall panjaralar bilan himoyalanadi. kassa punktlarda pul barcha kassalar uchun belgilangan talablarga muvofiq jihozlangan maxsus darcha orqaligina beriladi. ishdan tashqari vaqtda pul mablag’lari va qimmatli qog’ozlarni kassa punktlarida qoldirish qat’iyan taqiqlanadi. Ish kuni tugashiga qadar barcha pul va boyliklar yuridik shaxsning bosh markaziy kassasiga ishonchli qo’riq bilan topshirilishi kerak. Byudjet tashkilotlarida moliyaviy aktivlarni inventarlash asosan kassadagi naqd pul mablag’lari hamda pul hujjatlariga moddiy javobgar shaxslar bo’yicha o’tkaziladi. Tashkilotda inventarizatsiya o’tkazish shart bo’lgan vaziyatlar normative-huquqiy hujjatlar asosida ko’rsatilgan. moddiy javobgar shaxslar almashganda inventarizatsiya o’tkazish rejasiga asosan; yillik moliyaviy hisobotni tuzish oldidan. 1 O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning mamlakatimizni 2016 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017 yilga mo’ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisdagi ma’ruzasi. www.president.uz 2 Normativ-huquqiy ujjatlar asosida tayyorlandi. Download 333.31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling