O’qituvchi: Toshkent – 2022 byudjet tashkilotlarida kassa va kassa operatsiyalari hisobi reja: kirish


Byudjet tashkilotlarida kassa va kassa operatsiyalari hisobining amaliy jihatlari


Download 333.31 Kb.
bet4/5
Sana17.06.2023
Hajmi333.31 Kb.
#1534681
1   2   3   4   5
Bog'liq
Byudjet tashkilotlarida kassa va kassa operatsiyalari hisobi

2. Byudjet tashkilotlarida kassa va kassa operatsiyalari hisobining amaliy jihatlari. O’zbekistonda Moliya vazirligining 105-sonli buyrug’I bilan tasdiqlangan va O’zbekiston Respubliksi Adliya vazirligida 2010-yil 22-dekabrda 2169-raqam bilan ro’yxatdan o’tkazilgan ‘’ Byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi to’g’risidagi yo’riqnoma’’ ga ko’ra ish olib boriladi. Yo’riqnomaning 240-bandiga muvofiq byudjet tashkilotlarida naqd pullarni qabul qilish va to’lash hisobi ilova qilinayotgan KO-4 shakl kassa daftarida yuritiladi. Tashkilotlarning xorijiy valyutadagi naqd pul bilan operatsiyalar hisobi alohida kassa daftarida yuritiladi. Byudjet tashkilotlariga byudjetdan tashqari faoliyatdan naqd pul mablag’lrining mazkur byudjet muassasalari kassasiga tushumni hisobga olish uchun g’aznachilik shaxsiy hisobi ochilgan va byudjetdan tashqari faoliyat olib borishga kassadan naqd pullar berilgan vaziyatlarda alohida kassa daftarida yuritiladi. byudjet tashkilotlarida kassirning roziligi bilan va kassa hullatlari to’liq saqlanganligi ta’minlangan sharoitda kassa daftari ASBO dasturida avtomatlashtirilgan usul bilan yuritilishi mumkun. Bunda uning varaqlari ‘’ Kassa daftari qo’yilma varag’I ‘’ kompyuterogrammasi ko’rinishida shakllanadi. U bilan bir vaqtda ‘’ Kassirning hisoboti’’ kompyuterogrammasi shakllantiriladi. ‘’kassa daftari qo’yilma vaqrag’I ‘’ kompyuterogrammasida har oyda kassa daftrai varaqlari umumiy soni oxirisi har oy uchun avtomatik ravishda muxrlanadi, calendar yili uchun esa yillik kassa daftari varaqlari umumiy soni oxiriga muhr bosiladi.
Kassa daftarida o’chirishlar va ta’kidlanmagan tuzatishlar qilish man etiladi. Qilingan tuzatishlar tashkilot kassiri, shuningdek, bosh hisobchining yoki uning o’rnini bosuvchi shaxsning imzolari bilan tasdiqlanadi. Kassa daftaridagi yozuvlar kassir tomonidan har bir order yoki uning o’rnini bosuvchi boshqa hujjat bo’yicha pul olingan yoxud berilganidan keyin darhol amalga oshiriladi. Har kuni, ish kuni oxirida kassir kun uchun operatsiyalar yakunini hisoblaydi, kassadagi keyingi kun uchun pullar qoldig’ini chiqaradi va keyingi kuni buxgalteriyaga kassir hisoboti sifatida
k assa daftarida imzo chektirgan holda kirim va chiqim kassa hujjatlari bilan birga ikkinchi yirtma varaqni (kassa daftaridagi bir kun uchun yozuvlar ko’chirma nusxasini) topshiradi.

Byudjet tashkilotlarida kassa muomalalari hisobini xujjatlashtirishning tizimli tartibga keltirilgan ko’rinishi.2


Xususan, O’zbekiston Respublikasi Prezidentning 30.10.2018 yildagi “Tovar bozorlarida savdoni yanada erkinlashtirish va raqobatni rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Farmoniga asosan endilikda quyidagilarni nazarda tutadigan naqd pul tushumini topshirish va undan foydalanish tartibi joriy etilmoqda:
– EKIHning 20 baravaridan ortiq miqdorda kunlik o’rtacha naqd pul tushumi bo’lgan xo’jalik yurituvchi sub’ektlar uchun uni bank kassalariga inkassatsiya xizmati orqali yoki mustaqil ravishda kunlik topshirish imkoniyati;
– EKIHning 20 baravaridan kam miqdorda kunlik o’rtacha naqd pul tushumi bo’lgan xo’jalik yurituvchi sub’ektlar uchun uni bank kassalariga inkassatsiya xizmatlari orqali o’zlari belgilagan davrlarda yoki mustaqil ravishda topshirishi imkoniyati;
– muqobil inkassatsiya xizmatlarini tashkil etgan holda naqd pul tushumini faqat Markaziy bankning inkassatsiya xizmati orqali inkassatsiya qilishni bekor qilish. Byudjet tashkilotlari buxgalteriyasida kassa operatsiyalari hisobi 12 “Kassa” schyotida 120 “Milliy valyutadagi naqd pul mablag’lari” va 121 “Xorijiy valyutadagi naqd pul mablag’lari” subschyotlarida yuritilib ushbu subschyotlarda tashkilot kassasidagi naqd pul mablag’larining mavjudligi va ularning harakat ihisobga olinadi. Bu subschyotlarning debet tomonida kassaga pul mablag’larni kirimi, kredit tomonida pul mablag’larni chiqimi aks ettiriladi.

Download 333.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling