O’qituvchi: Toshkent – 2022 byudjet tashkilotlarida kassa va kassa operatsiyalari hisobi reja: kirish
Byudjet tashkilotlarida kassa va kassa operatsiyalarini tashkil etishning nazariy asoslari
Download 333.31 Kb.
|
Byudjet tashkilotlarida kassa va kassa operatsiyalari hisobi
1. Byudjet tashkilotlarida kassa va kassa operatsiyalarini tashkil etishning nazariy asoslari. Byudjet tashkilotlari naqd pulsiz hisob-kitob qilish bilan birga naqd pul bilan ham ish jarayonlarini amalga oshiradilar. Naqd pulli jarayonlarga xodimlarga ish haqi berish, hisobdor shaxslarga bo’naklar, mukofotlar ajratish va boshqalar kiradi. Muassasalarda naqd pul bilan bo’ladigan jarayonlarga kassa jarayonlari deyiladi.
Byudjet tashkilotlarida kassa muomalalari hisobini tashkil etishning maqsadi - tashkilot kassasidagi pul mablag`lari harakatiga oid muomalarni o`z vaqtida birlamchi xujjatlarda rasmiylashtirish, hisob registrlarida aks ettirish va ular harakati bo`yicha hisobotlar tuzishdan iboratdir. Byudjet tashkilotlari daromadlar va xarajatlar smetalari ijrosini amalga oshirishda o’z kassasida kassadagi naqd pullar qoldig’i limitlari doirasida naqd pullarga ega bo’lishlari va me’yorlar doirasida tushumdan ularni ishlatishlari mumkin. Kassalardagi naqd pullar qoldig’i limitlari va tushumni ishlatish me’yorlarini bank muassasalari ushbu tashkilotlar rahbarlari bilan kelishgan holda belgilaydi. Naqd pullar va qimmatbaho qog`ozlarni saqlash uchun xar bir korxona, muassasa va tashkilotlarda kassa mavjuddir. Jumladan, Byudjet tashkilotlari ham kassa (g`azna) uchun maxsus jixozlangan xona yoki xonalarni ajratishi lozim. Ushbu xonalar temir eshik, temir panjaralar, ogoxlantiruvchi jixozlar, temir seyf va temir shkaflarga ega bo`lishi, pul berish tuynukchalari va xodimlar olgan pulini hisoblaydigan stol va stullar o`rnatilgan kichik xonaga ega bo`lishi lozim. Kassa jarayonlarini amalga oshirishning o’ziga xos vazifalari bor: Kassa jarayonlari va ular hisobini rasmiylashtirish respublikamiz Markaziy banki tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Byudjet tashkilotlari o’z kassalarida bank tomonidan o’rnatilgan, muassasa rahbari bilan kelishilgan limit asosida naqd pullarni saqlashlari mumkin Javobgar shaxs uchun kassa jaroyanlarini amalga oshirish jarayonida amalga oshirishi kerak bo’lgan vazifalar. Kassaga o’z vaqtida va to’liq naqd pullarni kirim qilish Kassada naqd pullarning saqlanishi ustidan doimiy va qat’iy nazorat o’rnatish . “Tashkilot o’z kassasida naqd pullarni ular qoldig’ining belgilangan limiti doirasida saqlashi va ulardan tushum hisobidan belgilangan me’yorlar chegarasida sarflashi mumkin. O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan ishlab chiqilgan me’yoriy xujjatlarni inobatga olgan holda kassalardagi naqd pul qoldig’i limitlari va tushum hisobidan foydalanish me’yorlari banklar tomonidan ushbu tashkilotlar rahbariyati bilan kelishuviga muvofiq belgilanadi. Zarurat tug’ilganda limitlar qayta ko’rilishi mumkin.” Budjet mablag’lari hisobi yuritiladigan shaxsiy hisobvaraqlari bo`yicha Budjetdan tashqari mablag’lar hisobi yuritiladigan shaxsiy hisobvaraqlari bo`yicha Download 333.31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling