8-mavzu: mehnat va ish haqi hisobi


Download 120.36 Kb.
bet1/21
Sana10.02.2023
Hajmi120.36 Kb.
#1185310
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
11 mavzu Mehnat va ish haqqiBHA

8-MAVZU: MEHNAT VA ISH HAQI HISOBI


Reja:
  1. Mehnat va ish haqini hisobga olishning asosiy vazifalari.


  2. Mehnatga oid munosabatlarni tartibga solish.
  3. Mehnatga haq to‘lash shakllari, tizimlari, fondi va uning tarkibi.


  4. Ish haqi va boshqa to‘lovlarni hisoblash.
  5. Jismoniy shaxslarning ish haqidan ushlanmalari hisobi.



Tayanch so‘z va iboralar: mehnat va ish haqi hisobi, mehnatni normalash, xodimlarga doir hujjatlar, ish haqini hisoblash uchun hujjatlar, mehnat shartnomasi, deponentlashtirilgan ish haqi ish haqidan ushlab qolinadigan ushlanmalar, vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik, mehnat ta’tili


8.1. Mehnat va ish haqini hisobga olishning asosiy vazifalari
Inson o‘z ehtiyojlarini qondirishi uchun moddiy ne’matlar yaratar ekan, ularni ishlab chiqarish uchun moddiy resurslardan tashqari bevosita inson o‘z mehnatini sarflaydi. Mehnat jarayonida yangi mahsulot yaratilib, inson ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiladi. Iste’molchilarning asosiy daromad manbalari ish haqi bo‘lganligi sababli, tovarlarga bo‘lgan talab va taklif, ular bahosi bevosita ish haqiga bog‘liq bo‘ladi. Korxonani ishlab chiqarish-xo‘jalik faoliyati jonli mehnatni iste’mol qilish bilan birga yuz beradi. Uning miqdori ishlagan kishi-soatlar bilan o‘lchanadi. Mehnat jarayonida har bir xodimning bajargan ishi, tayyorlagan mahsuloti, iste’molchilarga ko‘rsatgan xizmatlar uchun sarflangan mehnatiga haq to‘lash miqdorini asoslash hamda aniqlashni talab qiladigan o‘zaro munosabatlar vujudga keladi.
Xo‘jalik yuritishning bozor tizimiga o‘tish sharoitida mehnatga haq to‘lash, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va xodimlarni himoya qilish sohasidagi davlatning ko‘plab vazifalari bevosita korxonalarga berilgan. Mehnatga haq to‘lashning shakllari, tizimlari va miqdorini, mehnat natijasiga qarab rag‘batlantirishni
korxonalar mustaqil o‘zlari belgilaydi. «Ish haqi» degan tushuncha hozir
226
qonunchilik asosida ishlamagan vaqtlari uchun ham pul va natura shaklida hisoblangan ish haqining barcha turlarini o‘z ichiga oladi.

Download 120.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling