236
bo‘ladi:
yanvar uchun – 168 soat; 1-chorak uchun – 494 soat; 1-yarim yillik uchun – 997 soat; 9 oy uchun – 1 508 soat; yil uchun – 2 019 soat.
Olti kunlik (40 soatli) ish haftasida ish vaqti davomiyligi quyidagicha bo‘ladi:
yanvar uchun – 167 soat; 1-chorak uchun – 492 soat; 1-yarim yillik uchun – 997 soat; 9 oy uchun – 1 508 soat; yil uchun – 2 020 soat.
Olti kunlik (36 soatli) ish haftasida ish vaqti davomiyligi quyidagicha bo‘ladi:
yanvar uchun – 150 soat; 1-chorak uchun – 442 soat; 1-yarim yillik uchun – 897 soat; 9 oy uchun – 1 357 soat; yil uchun – 1 818 soat.
Besh kunlik ish haftasida ish kunlari soni quyidagicha bo‘ladi:
yanvar uchun – 21 kun; 1-chorak uchun – 62 kun; 1-yarim yillik uchun – 125 kun; 9 oy uchun – 189 kun; yil uchun – 253 kun.
Olti kunlik ish haftasida ish kunlari soni quyidagicha bo‘ladi:
yanvar uchun – 25 kun; 1-chorak uchun – 74 kun; 1-yarim yillik uchun – 150 kun; 9 oy uchun – 227 kun; yil uchun – 304 kun.
Ayrim toifadagi xodimlar uchun ularning yoshi, sog‘lig‘i holati, mehnatning shartlari, mehnat vazifalarining o‘ziga xos xususiyatlari va o‘zga holatlarni inobatga olib, mehnat to‘g‘risidagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlar, shuningdek mehnat shartnomasi shartlariga binoan mehnatga to‘lanadigan haqni kamaytirmasdan, ish vaqtining qisqartirilgan muddati belgilanadi.
Ish vaqtining qisqartirilgan muddati quyidagilar uchun belgilanadi:
o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan xodimlar (O‘zR MK 242-modda);
I va II guruh nogironi bo‘lgan xodimlar (O‘zR MK 220-moddaning uchinchi qismi);
noqulay mehnat sharoitlaridagi ishlarda band bo‘lgan xodimlar (O‘zR MK 117-modda);
alohida tusga ega bo‘lgan ishlardagi xodimlar (O‘zR MK 118-modda);
uch yoshga to‘lmagan bolalari bor, byudjet hisobidan moliyaviy jihatdan
237
ta’minlanadigan muassasalar va tashkilotlarda ishlayotgan ayollar (O‘zR MK 228- 1-modda).
Yuqori darajadagi his-hayajon, aqliy zo‘riqish, asab tangligi bilan bog‘liq, ya’ni alohida tusga ega bo‘lgan ishlardagi ayrim toifadagi xodimlar uchun (tibbiyot xodimlari, pedagoglar va boshqalar) ish vaqtining muddati haftasiga o‘ttiz olti soatdan oshmaydigan qilib belgilanadi. Bunday xodimlar ro‘yxati va ular ish vaqtining aniq muddati O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan belgilanadi.
Xodim uchun belgilangan kundalik ish (smena) muddatidan tashqari ishlash
Do'stlaringiz bilan baham: |