8-mavzu: mehnat va ish haqi hisobi


Download 120.36 Kb.
bet2/21
Sana10.02.2023
Hajmi120.36 Kb.
#1185310
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
11 mavzu Mehnat va ish haqqiBHA

Mehnat va ish haqi hisobi - hisob ishlarining aniq va operativ ma’lumotlar talab qiluvchi eng muhim hamda qiyin sohalaridan biridir. Unda xodimlar sonining o‘zgarish ish vaqtining sarflanishi, mehnatga haq to‘lash fondi, to‘lov turlari va xodimlar toifa bo‘yicha hamda mehnatga haq to‘lash fondidan tashqari amalga oshiriladigan boshqa to‘lovlar korxonaning har bir xodimi bilan hisob-kitoblar aks ettiriladi. Bu ma’lumotlar asosi mehnat unumdorligi mehnat resurslaridan foydalanish, xodimlar soni, ish fondining sarflanishi va boshqalar bo‘yicha reja topshiriqlarining bajarilishi ustidan nazorat ana shu ma’lumotlar asosida amalga oshiriladi.
Shu munosabat bilan korxonaning buxgalteriya xizmati oldida mehnat me’yori va unga haq to‘lashni hisobga olish, nazorat qilish vazifalari ham belgilanadiki, bu esa:

  • ishbay ishlovchilar va boshqa xodimlarning ish sifatini to‘g‘ri va o‘z vaqtida hujjatlar bilan rasmiylashtirishni, shuningdek, ish haqini hisoblash va uni belgilangan muddatlarda to‘lashni;

  • hisoblangan ish haqi summalarini va ijtimoiy sug‘urtaga ajratmalarni ishlab chiqarish xarajatlariga kiritish uchun xarajatlarning yo‘nalishlari bo‘yicha aniq taqsimlashni;

  • ish haqidan byudjetga majburiy to‘lovlarni, shuningdek qurilish tashkilotga yetkazilgan moddiy zararni ayrim tashkilotlar va jismoniy shaxslar foydasiga to‘g‘ri va o‘z vaqtida ushlab qolish va o‘tkazishni;

  • xodimlar soni va ish vaqtidan foydalanishni nazorat qilishni ta’minlashi

kerak.
Asosiy faoliyatda band bo‘lgan xodimlar tarkibiga asosiy va yordamchi
tsexlarning yordamchi ishlab chiqarishlarning, zavod laboratoriya va bo‘linmalarining, tozalash inshootlarining aloqa o‘zellarining, axborot- hisoblashish markazlarining, boshqarmalarining xodimlari kiradi.
Asosiy bo‘lmagan faoliyatda band bo‘lgan xodimlar toifasiga uy-joy va
227
kommunal xo‘jaligiga xizmat ko‘rsatish, savdodagi, tibbiyot muassasalari hamda maktabgacha tarbiya muassasalarida band bo‘lgan xodimlar kiradi.
Korxonada xodimlar bajaradigan vazifalariga ko‘ra quyidagi guruhlarga bo‘linadi:

  • ishchilar;

  • xizmatchilar.

Ishchilar tarkibiga moddiy ne’matlarni yaratish, tuzatish, yuklarni ko‘chirish, yo‘lovchilar tashish, moddiy xizmatlar ko‘rsatish bilan bevosita band bo‘lgan xodimlar kiradi.

Download 120.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling