O‘qituvchi
Download 0.96 Mb.
|
O‘qituvchi
- Bu sahifa navigatsiya:
- San’at turlari
- Bilib oling!
Darsning usuli:
Darsning jihozi: darslik,tarqatmalar, rasmlar, multimediya,… Darsning borishi: A) Tashkiliy qism. Salomlashish,davomatni aniqlash,o‘quvchilarni darsga tayyorlash. “Kun yangiligi” rukni asosida suhbat B) O‘tilganlarni mustahkamlash. Uy vazifasi so‘rab baholanadi. O‘qilgan badiiy asardan parcha tahlili qilinadi. S) Yangi mavzu. San’at turlari San’at turlari nihoyatda ko‘p va xilma-xildir. Tasviriy san’at, haykaltaroshlik, me’morchilik, teatr, kino, musiqa, raqs va badiiy adabiyot uning turlarini tashkil qiladi. Ularning barchasida yuksak badiiy ta’sirchan obrazlar yaratish ko‘zda tutilgan. Ammo ular ana shu yagona maqsadga turli-tuman yo‘llar bilan erishadi. Masalan, raqs harakatlari, tana a’zolarining ifoda imkoniyatlariga tayanadi. Musiqa tovushlar uyg‘unligiga, tovushlarining hissiy ifodasiga bog‘liq. Tasviriy san’at uchun ranglarning o‘zaro mutanosibligi alohida ahamiyat kasb etadi. Fikr ifodalashda rassomga bo‘yoq va mo‘yqalam yordam beradi. Haykaltarosh esa xom material (tosh, yog‘och, metall) ga ishlov berish orqali go‘zallik yaratadi. Adabiyot esa, bu san’atlardan so‘z va ruhning beqiyos imkoniyatlari bilan farqlanadi. Lug‘at ta’sirchan – впечатлительный imkoniyat – возможность mutanosib – пропорциональный; соразмерный beqiyos – бесподобный, несравнимый fikrni ifodalamoq – выражать мысль mo‘yqalam – кисть tayanmoq – опираться ishlov bermoq – обработка
Ergashgan qo‘shma gaplar turlari o‘zaro ma’nodosh bo‘lib kelishi mumkin. Ma’nodosh gaplar nutq boyligi bo‘lib, fikrni aniq, tez va qaytariqlarsiz ifodalashga yordam beradi. Misollarni qiyoslang: Madina kasal bo‘lib qoldi, shuning uchun darsga kela olmadi. – Sabab ma’nosidagi qo‘shma gap. Madina kasal bo‘lib qoldi, oqibatda darsga kela olmadi. – Natija ma’nosidagi qo‘shma gap. 1-mashq. Fikr mazmunini qo‘shma gap tarzida davom ettiring. 1. Kishi qanchalik dono bo‘lsa, ... . 2. Inson o‘ziga qanchalik ishonsa,… . 3. Shunday kunlar bo‘ladiki, ... . 4. Kimning mehnati halol bo‘lsa, ... . 5. Shunaqa ajoyib narsaki, ... . 6. Kattalar qaysi yo‘ldan yurishsa, kichiklar ham... . 7. Shahrimizda shunday keng ko‘priklar qurildiki, ... . 8. Kim qaysi tilni puxta o‘zlashtirgan bo‘lsa, ... . 9. Kim qaysi fanlarni yaxshi bilmayotgan bo‘lsa, ... . D)Mustahkamlash Download 0.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling