O‘qituvchi
Xushchehralik va xushmuomalalik
Download 0.96 Mb.
|
O‘qituvchi
Xushchehralik va xushmuomalalikXushchehralik – biror kishi sizga iltimos bilan murojaat qilganda kayfiyatingiz yomonligini, vaqtingiz ziqligini sezdirmay, darhol chehrangizni ochib, uni iltifot bilan tinglash, kerakli javobni samimiy izhor eta bilishdir. Yoshligidan odob o‘rganmagan, xushmuomalalik, shirinso‘zlikka odatlanmagan kishilar ham, agar ko‘nglida odamiylik xislati bo‘lsa, bu kamchilikni tuzatishi mumkin. Chunki sen ham bir og‘izdan, siz ham bir og‘izdan chiqadi. Qo‘rs, jahldor insonlar johillik bilan o‘zlariga ham, o‘zgalarga ham faqat zarar keltiradilar. So‘zning inson hayotidagi o‘rni, ahamiyati beqiyosligini buyuk bobomiz Alisher Navoiyning quyidagi fikrlaridan bilish mumkin: «Insonni so‘z ayladi judo hayvondin, bilki guhari sharifroq yo‘q ondin». Shunday ekan, muomalada madaniyati, hamisha ochiq chehrali va xushmuomala bo‘lishga intiling. Bilib oling! Qo‘shma gaplar o‘zaro bog‘lovchisiz bog‘lanishi ham mumkin. Bunday gaplar o‘zaro faqat mazmun va ohang yordamida bog‘lanadi va vergul, tire, ikki nuqta kabi tinish belgilari bilan yoziladi. Ular ikki va undan ortiq gapdan tashkil topishi mumkin. Masalan: Suv keldi – nur keldi. Yaxshiga yondosh, yomondan qoch. Orzuim shu: o‘chmasin yongan chirog‘ing. Bog‘lovchisiz qo‘shma gaplar maqollar va she’rlarda ko‘p ishlatiladi. 1-mashq. Berilgan qo‘shma gaplarni qismlarga ajrating va tinish belgilarining qo‘yilishiga e’tibor qiling. 1. Jahl dushman, aql do‘st. 2. Aytganing – kumush, aytmaganing – oltin. 3. Hamma ishlaringizda to‘g‘ri bo‘ling, odamlarga muomalada xulqingiz chiroyli bo‘lsin. 4. Bilmaganini so‘rab o‘rgangan olim, orlanib so‘ramagan o‘ziga zolim. 5. Bulbul sayrar, chumchuq chaqirar, xabar berar asli zotidan. 6. Ehtimol, sizda ham shunday hollar bo‘lgandir: tun yarmiga og‘ganda uyg‘onib ketasan kishi.
Download 0.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling