Matn yuzasidan savol va topshiriqlar.
Matndan qo‘shma gaplarni toping va ma’nosini tushuntiring.
2.Abu Nasr Forobiy haqida yana nimalarni bilasiz?
Adabiy o‘qish
Zulfiya
(1915-1996)
O‘zbek xalqining sevimli shoirasi, taniqli jamoat arbobi Zulfiya Isroilova 1915-yilda Toshkentda hunarmand oilasida tug‘ilgan. Shoira xotin-qizlar bilim yurtida o‘qib yurgan vaqtlaridayoq she’rlar mashq qilar edi. Uning «Hayot varaqlari» nomli birinchi she’riy to‘plami 1932-yilda nashr qilingan. Zulfiya uzoq yillar «O‘zbekiston xotin-qizlari» va keyinroq «Saodat» jurnallarida bosh muharrir bo‘lib ishlagan. Zulfiyaning ijodiy kamolotida uning hayot yo‘ldoshi, O‘zbek xalqining sevimli shoiri Hamid Olimjonning o‘rni juda katta. «Qizlar qo‘shig‘i», «Hijron kunlarida», «Men tongni kuylayman», «Yuragimga yaqin kishilar», «Kuylarim sizga», «O‘g‘lim, sira bo‘lmaydi urush» kabi she’riy to‘plamlarida Zulfiya vatanni madh etadi, fidokor kishilar haqida kuylaydi. Zulfiya tinchlik va do‘stlik haqidagi asarlari uchun Respublika davlat mukofoti, Javoharlal Neru nomidagi va «Nilufar» xalqaro mukofotlari bilan taqdirlangan. Uning she’rlari rus, ingliz, nemis, hind, arab, fors, bolgar, xitoy va boshqa tillarga tarjima qilingan. Jamoatchilik faoliyati uchun «Mehnat qahramoni» unvoni va qator orden va medallar bilan taqdirlangan. Zulfiya nomini abadiylashtirish maqsadida 1999-yilda 15 yoshdan 25 yoshgacha bo‘lgan iqtidorli qizlar uchun Zulfiya nomli Davlat mukofoti ta’sis etilgan.
D)Mustahkamlash
7-topshiriq. She’rni ifodali o‘qing va mazmunini so‘zlab bering.
Do'stlaringiz bilan baham: |