O‘quv-tarbiyaviy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari: _______________________________________
Sana: Sinf:10
MAVZU: SAN’AT VA MADANIYAT (3-DARS).
(Ergashgan qo‘shma gaplarning o‘zaro va sodda gaplar bilan ma’nodoshligi)
Darsning maqsadi:
1.O‘quvchilarga ergashgan qo‘shma gaplarning o‘zaro va sodda gaplar bilan ma’nodoshligi haqida ma’lumot berish. Kundalik turmushda bu qoidalarga rioya qilishni shakllantirish.
Adabiy-nutqiy kompetensiyalar (tinglab tushunish, fikrni og‘zaki bayon qilish, o‘qish, fikrni yozma bayon qilish)ni shakllantirish. Badiiy asarni tahlil qilishni o‘rgatish.
2.O‘zbekiston va jahon san’at va madaniyati bilan tanishtirish. Inson mehnatini yengillashtiradigan fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish , mustaqil o‘rganish orqali bilimini oshirib borish; o‘zini tuta olish, to‘g‘ri so‘z bo‘lish, o‘zining xatosini tushunishni o‘rgatish, farzandlik va o‘quvchilik, fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilishga chqirish, xalqining tarixiy, ma’naviy va madaniy merosini avaylab asrash.
3.O‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqini ,o‘z fikrini turli vaziyatlarda erkin ifodalash malakasini rivojlantirish.Mustaqil ishlash ko‘nikmasini o‘stirish. Mavjud axborot manbalaridan foydalanib (internet, telefon, kompyuter, elektron pochta) ma’lumot almashish; badiiy va san’at asarlarini tushunish, ta’sirlana olish;
Darsning turi: yangi bilim va tushunchalarni shakllantiruvchi va mustahkomlovchi
Do'stlaringiz bilan baham: |